O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti a. T. Mardonova pul va banklar



Yüklə 2,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/165
tarix22.05.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#112152
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   165
pul va banklar

Y.2. Monetarizm nazariyasi 
 
Monetarizm nazariyasi xozirgi zamon nazariyalaridan biri bo‗lib 1950 yillar 
o‗rtasida paydo bo‗lgan. Bu nazariyaning yirik namoyondasi bo‗lib Chikago 
Universitetining professori, iqtisod sohasida Nobel mukofoti lauriati M.Fredman 
hisoblanadi. Bu oqim tarafdorlariga K.Brunner, A.Molser, D.Leydler, F.Keygen va 
boshqalar kiradi. 
Bu nazariya ham aslida miqdoriylik nazariyasini targ‘ib etgani holda, 
miqdoriylik nazariyasi bo‗yicha yuqorida qayd etilgan g‘oyalarga quyidagilarni 
qo‗shimcha ravishda tavsiya etadi: 
-
bank foizi darajasi; 
-
inflyasiya sur‘atlari muomiladagi pul miqdoriga ta‘sir etadi deb 
ta‘kidlashadi. 
Ularga binoan: foiz darajasi pasaysa qarzga oluvchi ko‗payadi, ishlab 
chiqarish kengayib daromadlar oshadi va u pul miqdorini oshishiga olib keladi va 
aksincha. Inflyasiya pul miqdorini to‗g‘ridan-to‗g‘ri oshiradi. 
Ularning fikricha iqtisodiyotni tartiblash uchun pul miqdorini 
o‗zgartirib uni normal holga keltirish zarur, bu ishni Markaziy bank amalga 
oshirishi kerak deydi. Ular iqtisodiyotga amaliy jihatdan yondashib pul massasini 
yiliga o‗rtacha 3 % oshirishni tavsiya etishadi. 
XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib nemis iqtisodchisi K.Keyns (1821-
1898 y.) metallik nazariyasini himoya qilib chiqib (Germaniya) uni yangi 
sharoitga mosladi. U pul sifatida faqatgina metallni emas, balki markaziy bank 
banknotalarni ham e‘tirof etdi. Keynsni fikricha pul muomilasi metall bilan 
10
Долан Э., Кэмпбелл., Кэмпбелл Р. Деньги банковское дело и денежно – кредитная политика. – 
М.: Профико, 1991. –С. Шунингдек, Харриса Л. Денежная теория. –М.: Прогресс, 1990. –С.82. 


65 
ta‘minlangan banknot (Markaziy bank tomonidan veksellarni hisobga olish yo‗li 
bilan chiqarilgan – vekselni bir turi) va metall monetarlarga asoslanishi shart. 
Bu nazariyalardan tashqari pulni metall nazariyasining mohiyati pulni 
qiymati boshqa tovarlar kabi sarflangan mehnat xarajati bilan o‗lchanadi – umumiy 
ekvivalent sifatida.
Bulardan tashqari pulni oltin tanga, quyma oltin va oltin 
deviz standartlari kabi oqimlari mavjud. 
Oltin tanga standarti (oltin monometalizmi) XVII – asrda Angliyada, XIX – 
asrda boshqa mamlakatlarda joriy etilgan. Bu metallik nazariyasining bir yo‗nalishi 
bo‗lib inflyatsiyani inkor etadi. Bu tizim birinchi jahon urushigacha hukm surdi. 
Quyma oltin standarti – 1920 yillarga to‗g‘ri kelib u oltin tangadan farq 
qilib, muomiladagi banknotalar 12-12,5 gramm oltin quymalariga almashtirilgan. 
Unga aylantirish uchun Angliyada 1700 F.Sterling, Fransiyada 215 ming frank 
talab qilingan. Bu bilan oltin muomiladan xalqaro aylanuvga chiqarildi. Ichki 
aylanishda esa bunday imkoniyatga faqatgina yirik firmalar va puldorlar ega 
bo‗ldilar. 
Oltin deviz standarti. Quyma oltin standartiga kirmagan mamlakatlar o‗z 
kredit pullarini oltin standartga kiruvchi mamlakatlarning valyutalariga 
almashtirilgan. Bu bir mamlakat valyutasini ikkinchi mamlakat valyutasiga 
bog‘liqlikni keltirib chiqarib oltin deviz nomini oldi.
Buning shartlaridan biri AQSh dollarigagina oltin bilan almashtirilishi bu 
standartdan foydalanish huquqini faqatgina chet el emission banklari uchungina 
saqlab qolingan edi. 1971 yil dekabridan AQSh dollarini oltin pariteti bekor 
qilinishi bilan u o‗z kuchini yo‗qotdi.

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə