O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti a. T. Mardonova pul va banklar



Yüklə 2,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/165
tarix22.05.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#112152
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   165
pul va banklar

M= K x R x P 
bir qismi (pul shaklida) 
Bu yerda
, K - koeffitsient yoki RP ning bir qismi (pul shakli-da), kassa 
qoldig'i.
R - ma`lum davr ichida ishlab chiqarilgan real maxsulot hajmi. Masalan, RP 
- 800 mlrd. dollar bo‗lsa, K uning 1/8 qismini tashkil qiladi. U vaqtda M q 800 
mlrd. : 8 q 100 mlrd. dollar. Demak, yaratilgan yalpi maxsulotni ko‗rsatilgan 
bahoda joylashtirish uchun RP dan 8 marta kam bo‗lgan pul massasi zarur. 
Xozirgi zamon monetarizmi. Monetarizm pul nazariyasi 50 yillar o‗rtasida 
paydo bo‗lgan. Bu oqimning ko‗zga ko‗ringan namoyondasi M. Fridman 
hisoblanadi, u Chikago universitetining professori, iqtisod sohasi bo‗yicha Nobel' 
mukofoti sohibi. Bu oqimga M. Fridmandan tashqari, K. Brunner, A. Mol'tser, D. 
Leydler, F. Keygen va boshqa iqtisodchilar kiradi.
Pul nazariyasida katta muvaffaqiyat qozongan g'oya - Fridmanning pulning 
miqdoriy nazariyasi bo‗lib, u muomaladagi pul miqdori o‗zgarishi bilan tovar 
baholari o‗zgarishi o‗rtasidagi bog'liqlikni, monetar siyosat nazariyasi, ya`ni 
jamiyatda bo‗lgan iqtisodiy tebranishlar pul massasining o‗zgarishi tufayli bo‗lishi, 
pulning iqtisodiy samaradorlikka ta`siri kabilarni yoqlab chiqadi. Hozirgi zamon 
monetarizmiga bir guruh iqtisodchilar qalamiga mansub "Pulning miqdoriy 


67 
nazariyasiga oid tadqiqotlar" (1956 yil) deb nomlangan asar bilan asos solindi. 
Uning bosh g'oyasi iqtisodiy o‗sishni bozor mexanizmi ta`minlaydi, bu 
mexanizming asosiy vositasi pul hisoblanadi degan xulosadan iborat. Monetarizm 
pulni olqishlovchi nazariyadir. Monetaristlar iqtisodiy o‗sishning eng muhim sharti 
inflyatsiyani daf etish va pulni sog'lomlashtirish, pulni xo‗jalik muomalasi 
vositasiga aylantirish, deb qaraydilar. Ularning fikricha, davlatning iqtisodiyotga 
aralashishi pul muomalasini tartibga solish bilan cheklanishi kerak.
Monetaristlar ilgaridan ma`lum bo‗lgan pulning miqdoriy nazariyasiga borib 
tutashadigan "barqaror pul" nazariyasini olg'a suradilar. Ular pul va iqtisodiy 
faollik o‗rtasida uzviy bog'lanish borligini qayd qilib, iqtisodiy krizislarning 
sababini pul muomalasidagi buzilishlardan axtardilar. Pulning etishmay qolishi 
iqtisodiy o‗sishni susaytira borib, turg'unlik holatini keltirib chiqaradi, bu esa avval 
yuzaroq tanglikka, so‗ngra esa chuqur iqtisodiy tanglikka olib keladi. Binobarin, 
iqtisodiy tsikl pul miqdoriga bog'liq, bu, o‗z navbatida, pul emitenti bo‗lgan 
Markaziy bank faoliyatiga bog'liq. Pul-kredit siyosatini o‗zgartirib tanglikdan 
chiqish va iqtisodni rivojlantirish mumkin. Monetaristlar iqtisodiyotda bosh masala 
ishlab chiqarish va pul massasining tengligi bo‗lib, shu orqali makroiqtisodiy 
muvozanat hosil etish mumkin deb hisoblaydilar.
M. Fridmen kassa qoldig'i talabi milliy daromad, depozit baho qog'ozlar, 
tovarlar bahosining o‗sishi va boshqa omillarga bog'liq ekanligini ko‗rsatadi va uni 
quyidagi formula bo‗yicha ifodalaydi.

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə