O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti a. T. Mardonova pul va banklar


YI.3.Bazaviy inflyatsiya va uning mazmun mohiyati



Yüklə 2,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/165
tarix22.05.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#112152
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   165
pul va banklar

YI.3.Bazaviy inflyatsiya va uning mazmun mohiyati
Bazaviy inflyatsiya
– bu inflyatsiyaning bir qismi bo‗lgan va o‗zida 
ma'muriy hamda mavsumiy omillarning narxlardagi ta'sirini hisobga olmagan 
holda tovar va xizmatlar narxlarining erkin o‗zgarishini (dinamikasini) aks 
ettiruvchi ko‗rsatkichdir. Ushbu ko‗rsatkich mamlakatdagi inflyatsiya darajasini 
ma'lum bir davr uchun yaqqolroq ifoda etadi. Chunki bazaviy inflyatsiya iste'mol 
savatidagi: 
-
mavsumiy; 
-
qisqa muddatlarda narx-navosi tez-tez o‗zgarib turuvchi; 
-
narx-navosi davlat tomonidan tartibga solinadigan ayrim tovar va 
xizmatlarning narxlarini inobatga olmaydi. 


76 
Masalan, meva-sabzavot tovarlari, suv, gaz, elektr-energiya kabi tovar va 
xizmat turlari. 
Ko‗p hollarda, 
bazaviy inflyatsiya deganda davlat tomonidan tartibga 
solinadigan narxlar va iqtisodiyotdagi ma'muriy choralarning ta'siridan holi, 
to‘g‘rilangan iste'mol narxlari indeksi (INI) tushuniladi. 
Quyidagi diagramma orqali inflyatsiya va uning tarkibini soddaroq 
ko‗rinishda tushuntirib o‗tamiz: 
Bozor iqtisodiyotida tovar va 
xizmatlar narxi talab va taklifdan 
kelib chiqib shakllanadi. Ammo 
shunday tovar va xizmat turlari 
mavjudki, ularning narxlari davlat 
tomonidan o‗rnatiladi va tartibga 
solinadi. Iste'mol savatidagi ayrim 
tovar va xizmatlar narxlari tartibga 
solinishi to‗g‗ridan-to‗g‗ri umumiy 
inflyatsiya darajasiga ta'sir etgani 
uchun bunday tovar va xizmatlar 
narxlaridagi o‗zgarishlar bazaviy 
inflyatsiyani 
hisoblashda 
qo‗llanilmaydi. Shu bilan, bazaviy 
inflyatsiyani hisoblash maqsadida 
iste'mol narxlari indeksiga tuzatishlar kiritiladi. 
Iste'mol narxlari indeksi – bu, biz muntazam sotib oladigan iste'mol 
savatidagi ma'lum bir tovar va xizmatlar narxining ma'lum davrga nisbatan 
o‗zgarishini ko‗rsatadi. U foizda o‗lchanadi. Markaziy bank ushbu yondashuv 
orqali narxlar o‗zgarishini (dinamikasini) inflyatsiyaga ta'sirini kuzatib boradi.
11
Nega ba'zi tovar va xizmatlar bazaviy inflyatsiyaga kiritilmaydi? Yuqorida 
ta'kidlanganidek, 
narx-navosi 
tartibga 
solinadigan, 
qisqa 
muddatlarda 
o‗zgaruvchan hamda mavsumiy tovar va xizmat narxlaridagi o‗zgarishlar bazaviy 
inflyatsiyani hisoblashda inobatga olinmaydi. Bunday tovar va xizmatlarning 
bazaviy inflyatsiyaga kiritilishi, yaqqol (sof) inflyatsiya darajasiga mutanosib 
ravishda aks etmasligi, shuningdek, pul-kredit siyosati borasida olib borilgan 
choralarning ta'sirchanligini baholashga imkon yaratmasligi mumkin. 
Aynan bu tovar va xizmatlarni bazaviy inflyatsiyadan chiqarib tashlash
narxlari shok ta'sirida o‗zgaruvchi tovar va xizmatlarning dinamikasiga 
chalg‗imasdan pul-kredit siyosati choralarini umumiy narxlarga ta'sirini ajratib 
olishda qo‗l keladi. 
Bazaviy inflyatsiyani hisoblashda bu kabi tovar va xizmatlar narxlaridagi 
o‗zgarishlarning kiritilmasligiga asosiy sabablar quyidagilar hisoblanadi: 
- tovar va xizmatlarning (uzum, shakar va shu kabilar) mavsum davomida narxi 
keskin o‗zgarishi; 
11
www.cbu.uz


77 
-tovar va xizmatlarning (masalan, import tovarlari) narx-navosi qisqa 
muddatlarda tez-tez o‗zgarib turishi iqtisodiyotda shok ta'sirga egaligi; 
-davlat tomonidan narx-navosi o‗rnatiladigan va tartibga solinadigan ayrim 
tovar va xizmatlar (masalan, bug‗doy, paxta yog‗i)ning inflyatsiya darajasiga 
to‗g‗ridan-to‗g‗ri ta'sir ko‗rsatishi. 

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə