O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti a. T. Mardonova pul va banklar


YI.4.Inflyatsiyaning ijtimoiy – iqtisodiy oqibatlari va inflyatsiyaga qarshi



Yüklə 2,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/165
tarix22.05.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#112152
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   165
pul va banklar

YI.4.Inflyatsiyaning ijtimoiy – iqtisodiy oqibatlari va inflyatsiyaga qarshi 
siyosat 
Iqtisodiyotda inflyatsiyaning vujudga kelishi mamlakatning barcha 
jabhalarida ijtimoiy – iqtisodiy jihatdan salbiy holatlarni keltirib chiqaradi. 
Iqtisodchi olimlar va mutahassislarning fikricha, mamlakatda sudraluvchan 
inflyatsiya iqtisodiyot rivojiga kuchli salbiy ta'sir ko‗rsatmaydi. Odatda 
iqtisodiyotda inflyatsiya darajasi yillik 12 – 14 foizdan ortgandan so‗ng uning 
salbiy ta'siri seziladi. Inflyatsiyaning salbiy ijtimoiy – iqtisodiy oqibatlari sifatida 
quyidagilarni ta'kidlash maqsadga muvofiq. 
1.Aholi va korxonalarning nominal daromadlari hajmi ortib borsada real 
daromadlari pasayadi. Natijada aholining turmush darajasi pasayadi, ularning yillik 
olayotgan daromadlarining real qiymati pasayib boradi. Korxonalarda xomashyo 
va ishlab chiqarish xarajatlari ortib boradi,buning natijasida ularning moliyaviy 
holati yomonlashadi. 
2.Mamlakatning boylik va daromadlari bir guruh kishilar o‗rtasida qayta 
taqsimlanadi. Kreditorlar bu borada yutadilar, debitorlar esa yutqazadilar. 
Dj.Millning fikriga ko‗ra «Barcha tovarlarning bahosi surunkali o‗sib borishi, 
boshqacha so‗z bilan aytganda pulning sotib olish qiymatining tushib ketishi, 
kimgadir iqtisodiy jihatdan keltiradigan foydasi qo‗shimcha ishlab chiqarish 
hisobidan emas, balki kimningdir hisobidan amalga oshadi». 
3.Pulning moddiy boylikka almashtirish jarayoni tezlashadi. Aholi o‗z 
ihtiyoridagi pullarga tovar, ko‗chmas mulk, qimmatbaho buyumlarni, shuningdek, 
barqaror horijiy valyutalarni sotib olishga bo‗lgan iqtisodiy qiziqish ortib boradi. 
4.Uzoq muddatli investiciyalarga yo‗naltiriladigan mablag'lar kamayib boradi 
va ohir oqibat to‗htaydi. Chunki, investitsiyalar hisobidan kelgusida olinadigan 
daromadlar o‗z qadrini yo‗qotgan pullarda olinadi. 
5.Aholining barcha shakldagi pul jamg'armalarining (omonat, naqd pul, 
obligaciya, qimmatli qog'ozlar va boshqalar) qiymati tushib kyetadi. Shuningdek, 
korxonalarning jamg'armalari, asosan amortizatsion fondlarining qiymati 
inflyatsiya ta'sirida tushib ketadi va asosiy vositalarni yangilash hamda 
rekonstruktsiya qilishga imkoniyat qolmaydi. 
6.Omonatlar bo‗yicha foizlar miqdorining tushib ketishi. Foizlar nominal 
ko‗rinishda o‗sishi mumkin, lekin real qiymati pasayib boradi. Natijada aholining 
banklardagi omonatlarining hajmi pasayib, mablag'larning bankdan tashqari 
oborotining hajmi ortib boradi. 


78 
7.Mikroiqtisodiy darajada ishlab chiqarishga bo‗lgan manfaatdorlik yo‗qoladi, 
buning natijasida korxonada yangi ilmiy texnikani joriy etish darajasi tushib 
ketadi. Ishchilarning mehnatini rag'batlantirish pasayadi. 
8.Milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonlari markazlashadi. 
Milliy valyutaning qadrini pasayishi natijasida muomalada horijiy valyutalarning 
ishtiroki ortib boradi. Mamlakat iqtisodiyotini boshqarishda qiyinchiliklar vujudga 
keladi. 
9.Iqtisodiy ma'lumotlarning haqqoniyligi, ishonchliligi, barqarorligiga shubha 
tug'iladi. Natijada aholining davlat tomonidan olib borayotgan makroiqtisodiy 
siyosati va pul – kredit tizimiga ishonchi pasayadi. 
Milliy iqtisodiyotda inflyatsiyaga qarshi siyosatni tashkil etish muhim 
ahamiyat kasb etadi. Chunki, inflyatsiya mamlakatning ijtimoiy – iqtisodiy 
siyosatini izdan chiqaradi. Ishlab chiqarishga va aholining turmush darajasiga 
salbiy ta'sir ko‗rsatadi. 
Inflyatsiyaga qarshi siyosatni amalga oshirishda, iqtisodchilarning fikricha, 
uning ikkita yo‗li mavjudligi e'tirof etiladi: 
– umumiy talabni tartibga solish; 
– umumiy taklifni tartibga solish. 
Umumiy talabni tartibga solish orqali inflyatsiyaga qarshi kurash keynschilik 
yo‗nalishi sifatida e'tirof etiladi. Ular inflyatsiyaga qarshi kurashda umumiy talabni 
tartibga solish taklifning oshishiga samarali ta'sir ko‗rsatishini ta'kidlaydi. 
Taklifning oshishiga samarali ta'sir ko‗rsatadigan asosiy omillar davlat xarajatlarini 
oshirish va imtiyozli kreditlarning miqdorini ko‗paytirishdir. Ular o‗z navbatida 
mamlakatda investitsion talabni keltirib chiqaradi, investitsion talab taklifning 
o‗sishiga olib keladi, taklifning o‗sishi esa baholarning pasayishiga, baholarning 
pasayishi inflyatsiyani oldini olish va gipyerinflyatsiyani bartaraf etish 
imkoniyatini beradi. 
Inflyatsiyaga qarshi kurashning monetaristik yo‗nalishi vakillarining diqqat 
markazida 
asosiy 
masala 
yalpi 
taklifni 
tartibga 
solishga 
qaratiladi. 
Monetaristlarning fikricha, inflyatsiyaga qarshi kurashning keynschilar tomonidan 
ilgari surilgan usuli mamlakatni inflyatsiyadan qisqa muddat ichida chiqishga 
imkoniyat beradi, lekin mamlakatda yalpi talab va yalpi taklif o‗rtasidagi 
nomutanosiblik holati saqlanib qoladi. Buning natijasida, ma'lum vaqtdan keyin, 
mamlakatda inflyatsiya jarayoni vujudga keladi. Monetaristik siyosatning 
asoschilaridan hisoblangan Milton Fridmanning fikricha – inflyatsiya – bu bevosita 
pul bilan bog'liq bo‗lgan holat bo‗lib, uning kelib chiqishini asosiy sababi 
davlatning iqtisodiyotni boshqarishga nooqilona aralashuvi natijasida vujudga 
keladi. Shuning uchun davlat byudjeti taqchilligini qo‗shimcha emissiya evaziga 
emas, balki mamlakatda yalpi taklif hajmini oshirish yo‗li bilan bartaraf etish 
lozimligini ta'kidlaydi. 
Monitaristlar kreditning foiz stavkasini oshirish, byudjet taqchilligini 
qisqartirish va soliq stavkalarini pasaytirishni ilgari suradilar. Ularning fikricha, 
buning natijasida, iste'molga bo‗lgan ehtiyoj qisqaradi, investitsiya hajmi ortadi
samarasiz xo‗jalik sub'ektlari bankrot bo‗ladi, mamlakatda kuchli raqobat muhiti 


79 
shakllanadi.Bular o‗z navbatida mamlakatda inflyatsiya darajasining tushishiga 
olib keladi. 
Xulosa qilib aytganda, inflyatsiya mamlakatdagi tovar va xizmatlar bahosi 
umumiy darajasining oshishini bildirib, uning asosiy sababi iqtisodiyotning turli 
sohalari o‗rtasida vujudga kelgan nomutanosibliklardir. Bu avvalom bor 
jamg‘arma va iste‘mol o‗rtasidagi, talab va taklif, davlatning daromadlari va 
xarajatlari o‗rtasidagi, muomaladagi pul massasi va xo‗jaliklarning naqd pulga 
bo‗lgan talabi o‗rtasidagi nomutanosibliklardan iboratdir. 

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə