O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti a. T. Mardonova pul va banklar



Yüklə 2,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/165
tarix22.05.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#112152
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   165
pul va banklar

Qayta taqsimlash
. Kredit takror ishlab chiqarish jarayonining barcha 
bosqichlariga – ta‘minot, ishlab chiqarish, taqsimlash, muomila va iste‘molga 
xizmat qiladi.
Ushbu funktsiya yordamida korxonalar, tashkilotlar, davlat va 
shaxsiy sektorning bo‗sh pul mablag‘lari va daromadlari ssuda kapitaliga 
aylantiriladi va vaqtincha foydalanishga, muayyan to‗lov asosida beriladi. Bu 
funktsiya yordamida ishlab chiqarishdagi proportsiyalar va pul kapitali harakati 
boshqarilib turiladi. Kreditning funktsiyalari ichida qayta taqsimlash funktsiyasi 
asosiy funktsiyalardan biri hisoblanadi. Kredit ushbu funktsiyasi orqali jismoniy va 
yuridik shahslarining taqsimlangan daromadlarining vaqtinchalik foydalanilmagan 
qismini tegishli fondlarga jalb qiladi. Jalb qilingan mablag'lar iqtisodiyotning 
qo‗shimcha resurslarga ehtiyoji mavjud tarmoqlariga qayta taqsimlanadi.Kredit 
ushbu funktsiyasi orqali vaqtinchalik bo‗sh pul mablag'larining sohiblariga 
qo‗shimcha daromad olish imkoniyatini yaratsa, kreditorga qo‗shimcha 
mablag'larga ehtiyoji mavjud shahslarga tegishli foizlar berish asosida daromad 
olishga, kredit oluvchilarga esa ishlab chiqarish jarayonini uzluksizligini ta'minlash 
natijasida qo‗shimcha qiymat yaratish imkoniyatini yaratadi. 
Demak, kreditning qayta taqsimlash funktsiyasi orqali ssuda kapitali 
iqtisodiyotning tarmoqlari o‗rtasida, qaytarishlik asosida joylashtiriladi, bu kredit 
munosabatlarida 
bevosita 
ishtirok 
etayotgan 
tomonlarning 
iqtisodiy 
manfaatdorligini ta'minlash bilan birga, vaqtinchalik bo‗sh pul mablag'larini 
kreditor ihtiyoriga yo‗naltirgan shahslarga tegishli daromad olishiga xizmat qiladi. 


83 
 Kreditning muomala jarayonini tezlashtirish funktsiyasi
mamlakat pul 
muomalasi, pul massasi, pulning aylanish tezligiga bevosita ta'sir qiladi. Bu 
jamiyatdagi vaqtinchalik bo‗sh pul mablag'larini tegishli fondlarga jalb etish orqali 
ularni pul aylanmasiga kiritadi. 
Ma'lumki, mamlakat pul massasining tovar massasiga nisbatning 
ta'minlanishi milliy valyutaning barqarorligi va sotib olish qobiliyatiga ijobiy ta'sir 
ko‗rsatadi. Bu jarayonda kredit mamlakat pul massasining umumiy hajmini 
oshirmagan holda iqtisodiyot tarmoqlarining qo‗shimcha mablag'larga bo‗lgan 
ehtiyojni ta'minlaydi. 
Odatda berilayotgan kreditlar asosan moliya muassasalari orqali bir 
hisobvaraqdan 
ikkinchi 
hisobvaraqlarga 
o‗tkaziladi. Bu o‗z navbatida 
muomaladagi pullarning aylanish tezligiga ijobiy ta'sir ko‗rsatadi.Kredit paydo 
bo‗lishi bilan birga, kredit pullarining oddiy shakli bo‗lgan veksellarni paydo 
bo‗lishiga sabab bo‗ldi. Albatta, veksellar xo‗jalik yurituvchi sub'ektlarning 
vaqtinchalik pul mablag'lari bilan bog'liq muammolarni hal etishda, kredit 
munosabatlari yordamida muhim moliyaviy qurol sifatida maydonga chiqadi. 

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə