O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti a. T. Mardonova pul va banklar


Kreditning pullarni muomalaga chiqarish va ularni naqdlashtirish



Yüklə 2,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/165
tarix22.05.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#112152
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   165
pul va banklar

Kreditning pullarni muomalaga chiqarish va ularni naqdlashtirish
funktsiyasi asosan Markaziy bankning qayta moliyalash siyosati orqali amalga 
oshiriladi. Ma'lumki, Markaziy bank muomaladagi pul massasini solish maqsadida 
qayta moliyalash stavkalari asosida tijorat banklariga kreditlar beradi, berilgan 
kreditlar iqtisodiyotdagi pul massasini oshirish bilan birga, Markaziy bank 
tomonidan kreditlar ko‗rinishida muomalaga chiqarilgan naqdsiz pullarni u yoki bu 
yo‗l bilan naqdlashtiradi.
Kredit pul kapitalini jamg'arish va markazlashuvini jadallashtirish 
funktsiyasi
yordamida yirik ssuda kapitalini tegishli fondlarda jamg'aradi. 
Jamg'armalar yordamida mamlakatlar, hududlar, mintaqalar, qit'alar yoki ayrim 
kompaniyalarda mablag'larning markazlashuvi ro‗y beradi. Kredit mablag'larining 
markazlashuvi hududning iqtisodiyoti va moliya – kredit tizimi rivojlangan 
joylarda yuz beradi. 
Kreditning ob’yekti
- bu (kreditor) qarz beruvchidan qarz oluvchiga 
beriladiganvaqtincha bo‗sh bo‗lgan qiymatdir. Boshqacha aytganda kredit aynan 
qaysi maqsad uchun berilsa, shu kredit obyekti hisoblanadi. Qishloq xo‗jaligida 
banklar dehqonchilik va chorvachilik harajatlari - mineral o‗g‘it, yoqilg‘i va 
moylash materiallari va boshqa xarajatlar kreditlanadi. Kredit munosabatlarining 
sub‘yektlari bo‗lib qarz beruvchi banklar, moliyaviy muassasalar va qarzdor (qarz 
oluvchi)lar hisoblanadi.
Boshqacha aytganda 
kreditlash sub’yektlari 
bo‗lib davlat korxona va 
tashkilotlari, qurilish tashkilotlari, savdo tashkilotlari, fermer xo‗jaliklari, yakka 
mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar, qo‗shma korxonalar, mikro 
firmalar, birlashmalar, tijorat banklar va boshqalar hisoblanadi. 
Yuqoridagi subyektlar kredit oluvchi sifatida faoliyat ko‗rsatsa, tijorat 
banklari yoki boshqa kredit muassasalari kredit beruvchi sub‘yekt sifatida 
namoyon bo‗ladi. 

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə