O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti a. T. Mardonova pul va banklar


Nazorat va muhokama uchun savollar



Yüklə 2,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/165
tarix22.05.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#112152
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   165
pul va banklar

Nazorat va muhokama uchun savollar: 
1.Inflyatsiya qanday hollarda yuzaga keladi? 
2.Pulning qadrsizlanishi deganda nimani tushunasiz? 
3.Inflyatsiyaning qanday turlarini bilasiz? 
4.Pul massasini boshqarish usullari? 
5.Inflyatsiyaning ichki va tashqi omillari deganda nimani tushunasiz? 
6.Inflyatsiyaning namoyon bo`lish shakllarini keltiring? 
7.Inflyatsiyani keltirib chiqaruvchi omillarni sanang? 
8.Inflyatsiyaga qarshi kurashishning qanday yo`llari mavjud? 
9.Pul muomalasini barqarorlashtirish deganda nimani tushunasiz? 
10.Pul islohotining qanday turlarini bilasiz? 
11.Inflyasiya qarshi kurash va undan chiqish choralariga nimalar kiradi? 
12.Inflyasiya iqtisodiyotga qanday ta‘sir ko‗rsatadi? 
13.Milliy valyutani barqarorlashtirish bo‗yicha O‗zbekiston Markaziy 
bankining vazifalari nimalardan iborat? 
14.Pul muomilasini barqarorlashtirishda qanday usullardan foydalaniladi? 
 
 
 
 
 


80 
YII bob. Kreditning zarurligi, mohiyati va funktsiyalari 
YII.1. Kreditning zururiyati, mohiyati va funktsiyalari 
Kreditning 
mohiyatiga 
qator 
iqtisodchi 
olimlar 
tegishli 
ta'riflarni 
shakllantirgan. Xususan, Shegorsova V.A. tahriri ostida tayyorlangan darslikda, 
―Kredit – qaytarish va to‗lov sharti bilan qarzdorga vaqtinchalik foydalanish 
maqsadida pul mablag'i yoki moddiy buyum ko‗rinishida berish jarayonida 
vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar tizimidir‖ tarzidagi ta'rifi 
shakllantirilgan. Professor O.I.Lavrushin tahriri ostida nashr etilgan darslikda 
kreditning mohiyatiga aniq ta'rif berilmagan. Biroq, ularning fikricha, kredit 
ijtimoiy munosabatlarning bir ko‗rinishi bo‗lib, iqtisodiy kategoriyadir. Shu bilan 
birga, kredit turlicha ijtimoiy munosabatlarda emas, balki iqtisodiy munosabatlarni 
aks ettiruvchi qiymatning harakati jarayonida namoyon bo‗ladi. Darslikda, 
kreditning mohiyatini aniq aks ettirish uchun uning tarkibi, harakat qilish jarayoni 
va vujudga kelish asosiga e'tibor qaratish lozimligi ta'kidlanadi. Boshqa rossiyalik 
iqtisodchi olimlar ―Pulli (tovarli) kredit to‗lov asosida amalga oshiriladigan bir 
toifadagi ekvivalentning turli vaqtdagi o‗zaro harakatining yig'indisir.‖, degan 
ta'rifni berishgan. O‗zbekistonlik iqtisodchilardan professor Sh.Abdullayeva 
tomonidan nashr ettirilgan darslikda: ―Kredit – bu vaqtincha bo‗sh turgan pul 
mablag'larini pul egasi yoki boshqalar tomonidan ma'lum muddatga, haq to‗lash 
sharti bilan qarzga olish va qaytarib berish yuzasidan kelib chiqqan iqtisodiy 
munosabatlar yig'indisidir‖ tarzidagi ta'rif berilgan. 
Kreditning mohiyatini yanada aniqroq va to‗liqroq ochib berishda uning 
sub'ektiv va ob'ektiv mohiyatiga e'tibor qaratish lozim. Kredit munosabatlarining 
vujudga kelishida, shuningdek, uning mohiyatini ochib berishda kreditning 
sub'ektiv mohiyati ham alohida o‗rin tutadi. 
Kreditning sub'ektiv mohiyati bir – biriga bog'liq bo‗lgan ―kreditor‖ va ―kredit 
oluvchi‖ning munosabatlarida namoyon bo‗ladi. ―Kreditor‖ va ―kredit oluvchi‖ 
o‗rtasida vujudga keladigan munosabatlarning asosida tovar – pul aylanmasi 
yotadi. Jamiyatda vaqtinchalik bo‗sh mablag'larning mavjudligi va tovar 
aylanmasining mavjudligi kredit va qarz oluvchining manfaatlarini bir – biriga 
to‗qnashishiga xizmat qiladi. Agar, ushbu manfaatlar bir – biriga mos kelsa ular 
o‗rtasida kredit munosabatlari vujudga keladi. 
Kreditor – kredit munosabatlarini tashkil etishda kredit beruvchi sifatida 
maydonga chiqadi. Kreditor pul mablag'larini vaqtinchalik foydalanishga beruvchi 
sub'ektlar hisoblanadi. Bunday sub'ektlar banklar, kredit uyushmalari, mikrokredit 
tashkilotlar, lombardlar, davlat va boshqa moliyaviy tashkilotlar bo‗lishi mumkin. 
Kreditor ssuda sifatida beradigan pul mablag'lari ularning o‗z mablag'lari va jalb 
qilingan mablag'lari hisobidan shakllantiriladi. Kreditor sub'ektlar ichida, banklar 
va kredit uyushmalari nafaqat o‗z mablag'lari hisobidan, balki chetdan jalb 
qilingan mablag'lar hisobidan kreditlar beradi. Mablag'larni jalb qilishning turli 
yo‗llari mavjud bo‗lib, bozor iqtisodiyoti sharoitida akciyalar va obligaciyalarni 
muomalaga chiqarish asosiy va samarali yo‗llaridan biri hisoblanadi. 


81 
Kredit oluvchi – kredit munosabatlarida kredit oluvchi sifatida ishtirok etadi. 
Kredit oluvchi sub'ektlar sifatida xo‗jalik yurituvchi sub'ektlar, aholi, davlat, 
banklar va boshqa shahslar maydonga chiqadi. Kredit munosabatlarida ishtirok 
etuvchi har ikkala tomonning iqtisodiy manfaatlari mavjud bo‗lib, ushbu 
manfaatlar o‗zaro mujassamlashganda kredit munosabatlari ro‗y beradi. 
Ma‘lumki, jamiyat faoliyatining asosini ishlab chiqarish tashkil etadi. Ishlab 
chiqarishni uzluksizligini ta‘minlashda esa kreditning o‗rni muhim hisoblanadi.
Boshqacha aytganda korxonalarning bozor iqtisodiyoti sharoitida ish 
yuritishida ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta‘minlash, korxonaning 
asosiy va aylanma fondlarining aylanishini to‗xtab qolishiga yo‗l qo‗ymaslik, 
korxonalarni moliyaviy resurslari bilan ta‘minlash, korxonalar tomonidan tovar 
maxsulotini sotganda, sotilgan tovar uchun to‗lov summmasini olish va boshqa 
obyektiv va subyektiv sabablar kreditning zarurligiga olib keladi. 
 Kredit
(lotincha – ishonish – verit, doveryatsya) deganda o‗z egalari qo‗lida 
vaqtincha bo‗sh turgan ayrim qiymat yoki pul mablag‘larining boshqalar 
tomonidan ma‘lum muddatga haq to‗lash sharti bilan qarzga olish va qaytarib 
berish yuzasidan kelib chiqadigan munosabatlar tushuniladi. 
Kredit qadimdan ma‘lum bo‗lgan. U dastlab savdoda almashuv jarayonida 
paydo bo‗lgan bo‗lib, u avval tovarlarni kreditga sotilishi bilan bog‘liq. Bunga 
sabab xaridorni tovar sotib olishga hamisha ham naqd puli bo‗lmaydi, u tovar 
sotilsa tushadi, tovar sotuvchi esa uni tushishini kutib turolmaydi (shu davrda 
tovarning qiymati tushib ketishi, sifati pasayishi mumkin.). Shu va boshqa xolatlar 
tovarlarni kreditga sotishga olib kelgan. Kredit tovar ishlab chiqarishning va tovar 
muomilasining ajralmas qismi bo‗lib hisoblanadi va uning rivojlanishi bilan 
bog‘liq. Tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan pul shaklidagi kredit paydo 
bo‗ldi. Keyinchalik kredit berish mustaqil faoliyatga aylanib, uning asosiy 
funktsiyasi bo‗lib pul egalari va unga vaqtincha muxtoj bo‗lganlar o‗rtasidagi 
vositachilikdir. Xozir bu faoliyat maxsus malaka va texnikaga ega bo‗lgan maxsus 
ixtisoslashgan muassasalar-banklar tomonidan amalga oshirilmoqda. 
Kreditning imkoniyati va zarurligi shu bilan bog‘liqki korxonalar maxsulot 
sotishda, xodimlarga mehnat haqi hisoblanganda, korxona va jismoniy shaxslar 
o‗z pullarini banklarda saqlashi va boshqa xollarda vaqtinchalik bo‗sh bo‗lgan pul 
mablag‘lari bo‗lgani xolda boshqa korxona va tashkilotlarda o‗z faoliyatlarini 
uzluksizligini ta‘minlash uchun tegishli pul mablag‘iga ehtiyoj sezadi. Bu xolat 
qishloq xo‗jalik korxonalariga ham tegishli bo‗lib, bu ishlab chiqarishni 
mavsumiyligi, maxsulot ishlab chiqarish vaqti bilan uni sotish hajmini ko‗pchilik 
maxsulotlar bo‗yicha mos kelmasligi, sotilgan maxsulotlarga pulni o‗z vaqtida 
kelib tushmasligi va boshqa xolatlar ularni kreditdan foydalanishni taqozo etadi. 

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə