O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti a. T. Mardonova pul va banklar


Ishlab chiqarish bilan bog'liq (taklif) inflyatsiya



Yüklə 2,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/165
tarix22.05.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#112152
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   165
pul va banklar

Ishlab chiqarish bilan bog'liq (taklif) inflyatsiya. 
Bu inflyatsiyaning 
sabablari quyidagilar bo`lishi mumkin: 
a) har xil jarayonlar va tarkibiy o`zgarishlar tufayli mehnat 
unumdorligining pasayishi natijasida maxsulot ishlab chiqarishga ketgan xarajatlar 


72 
oshadi. Umuman, xalq xo`jaligi bo`yicha ishlab chiqarish hajmi, binobarin, 
tovarlar bo`yicha taklif qisqaradi va tovarlar bahosi oshadi. Korxonalarning foyda 
hajmi qisqaradi. 
b) har xil yangi xizmat turlari paydo bo`ladi, kam mehnat unumdorligida 
yuqori ish haqi olishga imkoniyat tug'iladi. Natijada tovar va xizmatlarga bo`lgan 
baho oshib boradi.
v) aholini ijtimoiy jihatdan himoyalash maqsadida ish haqining oshishi, 
tovarlar bahosining oshishiga olib keladi va yana ish haqi oshadi va h.k. Bu zanjir 
uzluksiz davom qilish mumkin. 
 
Uzoq vaqt mobaynida tovar va xizmatlar narxlari barqaror bo‗lgan, 
rivojlangan mamlakatlarda inflyatsiyaning o‗rta muddatli ko‗rsatkichi 2 foiz 
atrofida, ushbu ko‗rsatkich rivojlanayotgan va bozor iqtisodiyoti shakllanayotgan 
davlatlar uchun esa nisbatan yuqoriroq, taxminan 2-6 foiz atrofida bo‗lishi maqbul 
deb topilgan. 
Bugungi kunda har qanday darajadagi inflyatsiya salbiy jihatga ega degan 
fikr ommada mavjud bo‗lib, aslini olganda inflyatsiyaning har qanday darajasi ham 
iqtisodiyot uchun zararli emas. Iqtisodiy o‗sish uchun kam foizli barqaror 
inflyatsiya bu tabiiy jarayon. 
Past darajadagi inflyatsiya iqtisodiyotda qo‗shimcha talab yaratishi orqali 
iqtisodiy o‗sishga turtki beradi. Inflyatsiyaning umuman yo‗q bo‗lishi esa 
iqtisodiyotning o‗sish sur'atini pasaytirib yuborishi mumkin. Shiddatli inflyatsiya 
kelgusida yuqori inflyatsiyaga olib kelib, iqtisodiyotni izdan chiqarishi mumkin. 
Shu nuqtai nazardan past darajadagi barqaror inflyatsiya ijobiy hisoblanadi.
Inflyatsiyada nafaqat chakana baho, balki ulgurji baho ham oshib boradi. 
G'arb mamlakatlarida inflyatsiyaning asosiy ko`rsatkichi qilib chakana baholarning 
o`zgarishi (oshishi) qabul qilingan. Agar ma`lum davrda baholar ikki marta oshsa, 
pul ham ikki marta qadrsizlangan deb hisoblanadi.
Chakana baholar o`sishini hisoblash maxsus davlat organlari tomonidan 
aniqlanadigan baholar indeksiga asoslanadi. Baholar indeksini hisoblashning 
boshlang'ich nuqtasi sifatida (yuz foiz deb) bazis yili olinadi va joriy yilda baholar 
o`zgarishi, o`rtacha yillik o`sish sur`ati hisoblanishi mumkin.
Baholar indeksi bu joriy yildagi tovarlar va xizmatlar bahosi yig'indisi, ya`ni 
tovarlar bozor savati bahosining shu tovar va xizmatlarning bazis yildagi umumiy 
bahosi, ya`ni bozor savati bahosiga nisbati sifatida aniqlanishi mumkin. 
Yuqoridagi fikrni quyidagi formula orqali ifoda qilish mumkin. 

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə