O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti a. T. Mardonova pul va banklar



Yüklə 2,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/165
tarix22.05.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#112152
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   165
pul va banklar

Joriy (2017) yilda 
baholar indeksi 

joriy (2017) yilda bozor savati 
bahosi 
х1
00 
bazis yildagi bozor savati 
bahosi (masalan 2016 yil) 
 
 
 
Baholar indeksini hisoblashda iste`mol tovarlar bahosining indeksi katta 
ahamiyatga ega. Baholar indeksi turli usullarda baholar darajasini solishtirishga 


73 
imkon beradi. Joriy yildagi baholar indeksi bazis yildagi baholar indeksiga 
nisbatan oshishi - inflyatsiya - "Baholar darajasining oshishi"dan, baholar 
indeksining kamayishi-deflyatsiya-"Baholar darajasining kamayishi"dan dalolat 
beradi. 
Iste`mol tovarlar bahosi indeksidan tashqari ba`zi guruh tovarlar va 
xizmatlar, masalan: kiyim, oyoq kiyimlar, transport, uy-joy xizmatlari va boshqalar 
bo`yicha baholar indekslarini hisoblash mumkin. 
Baholar indeksiga asoslanib, inflyatsiya sur`atlarini aniqlash mumkin. 
Buning uchun joriy yil baholar indeksidan bazis davr baholar indeksini chegirib, 
bazis davr baholar indeksiga bo`lamiz. Masalan, 2016 yilda iste`mol tovarlarning 
baho indeksi 110, 2017 yilda 140 bo`lsa, 2017 yilda inflyatsiya sur`ati quyidagicha 
aniqlanadi:
 
 
Inflyatsiya 140 - 110 
surati = ------------------- x 100 = 27,27 % 
110 
 
Demak, 2017 yilda inflyatsiyaning o`sish sur`atlari taxminan 27,3% teng 
bo`ladi.
Inflyatsiyaning o`sish sur`atlari to`g'risida gapirganda, uning rivojlanishini 
son jihatdan aniqlanishning boshqa yo`li ham mavjud. Bu usul "70 lar qoidasi" deb 
ataladi. Agar har yillik inflyatsiya darajasi ma`lum bo`lsa, baholar ikki karra 
oshishi uchun necha yil kerak ekanligini aniqlash mumkin. Buning uchun "70" ni 
har yilgi inflyatsiya darajasiga bo`lish kerak. Masalan, inflyatsiyaning har yillik 
darajasi 5% bo`lsa, baholar darajasi 14 yildan keyin ikki marta oshishi kerak. Agar 
har yillik inflyatsiya darajasi 20% bo`lsa, baholar darajasi 3 yildan keyin ikki marta 
oshishi kerak.
Shuni ta`kidlash kerakki, bu usul hamma vaqt ham, masalan, inflyatsiyaning 
o`sish sur`atlari yuqori, (har kuni, oyda o`zgarib boradigan) bo`lsa, qulay 
hisoblanmaydi. "70 lar qoidasi" aholi jamg'armalarining, real yoki milliy maxsulot 
hajmining ikki marta oshishi uchun necha yil kerak ekanligini to`g'ri aniqlab 
berishga imkon beradi. 
Pulning qadrsizlanish darajasi turli mamlakatlarda har xil bo`lishi mumkin. 
Inflyatsiya darajasi rivojlangan mamlakatlarda pastroq va tez o`tishi kuzatilsa, 
iqtisodiy jihatdan kam rivojlangan mamlakatlarda uning darajasi yuqori, surunkali 
va "davolash" ham ko`proq vaqt talab qilishi mumkin. 
Rivojlangan mamlakatlarda inflyatsiyaning sharoit va omillari har xilligini 
hisobga olib uni quyidagi guruhlarga bo`lish mumkin.
Birinchi guruhga rivojlanayotgan Lotin Amerika mamlakatlari - Argentina, 
Braziliya, Peru kabilar kiradi. Bu davlatlarda surunkali davlat byudjeti taqchilligi, 
iqtisodiy muvozanatning yo`qligi asosiy va aylanma mablag'lar qiymatining doimo 
indeksatsiya qilinishi, milliy valyuta kursining chet el valyutasiga nisbatan tushib 
borishi pul qadrsizlanishining omillari hisoblanadi. 


74 
Bu mamlakatlarda surunkali byudjet taqchilligini emissiya yo`li bilan 
moliyalashtirish natijasida yillik pul qadrsizlanishi bir necha ming foizga yetishi 
kuzatilgan. 
Argentina, Chili kabi mamlakatlarda inflyatsiya pul qadrini yemirib tashlashi 
natijasida biror tovarni sotib olish uchun bir necha million pul birligi zarur bo`lgan. 
Bu xol hisob-kitoblarni olib borishda, pul muomalasida juda katta 
qiyinchilik tug'dirgan. Bir necha marta o`tkazilgan denominatsiyalar pul 
qadrsizlanishini to`xtatishga asos bo`la olmagan. Lotin Amerikasi mamlakatlarida 
bo`lgan inflyatsiya darajasini baholar indeksidan ham ko`rish mumkin. Bu 
mamlakatlarda baholar indekslari bir necha sonlardan iborat bo`lgan.
Ikkinchi guruh mamlakatlar - Kolumbiya, Ekvador, Venesuela, Eron, Suriya 
kabi mamlakatlarda ham iqtisodiy muvozanatning yo`qligi, moliyaviy siyosatdagi 
kamchiliklar - taqchillikni moliyalashtirish, xalq xo`jaligiga ko`p kreditlar ajratish 
inflyatsiyaning mavjud bo`lishini ta`minlamoqda. Bu mamlakatlarda inflyatsiya 
shiddatli xarakterga ega bo`lib, baholarning yillik o`sishi 30-40% atro-fida, 
ba`zida undan yuqori bo`ladi. Inflyatsiya sur`atiga qarab jamg'armalar, to`lovlar 
bo`yicha indeksatsiya o`tkazib boriladi, ishsizlik oshib bormoqda. 
Uchinchi guruhga Hindiston, Indoneziya, Pokiston, Tailand, Filippin kabi 
mamlakatlar kiradi. Bu mamlakatlarda cheklangan iqtisodiy muvozanat mavjud 
bo`lib, eksportdan valyuta tushumi ancha yuqori. Yillik inflyatsiya sur`ati 5-20% 
atrofida va qisman indeksatsiya o`tkazilib turiladi.
To`rtinchi guruh davlatlar - Singapur, Malayziya, Janubiy Koreya, Bahrayn, 
Arabistonda - iqtisodiy muvozanatning mavjudligi inflyatsiya sur`atlarining 
sustligini ko`rsatadi. Bu mamlakatlardagi inflyatsiya 2-6% ni tashkil qiladi va buni 
sudraluvchi inflyatsiya deb atash mumkin. 
Bu mamlakatlarda tovarlar va xizmatlar bahosi oshishi ustidan qattiq nazorat 
olib boriladi. Ishsizlik boshqa mamlakatlarga nisbatan kam, iqtisodiyoti 
rivojlangan bozor sharoitida boshqariladi. Eksport hajmi va chet el valyutasi 
tushumining yuqoriligi, inflya-tsiyaning oldini olishda muhum ahamiyatga ega 
omil hisoblanadi.
O`zbekistondagi inflyatsiya bu mustaqillik tufayli vujudga kelgan inflyatsiya 
emas. Tarixan bu inflyatsiya sobiq SSSR da yuzaga kelgan. Bu inflyatsiyaning 
umumiy iqtisodiy sababi davlat boshqaruvida iqtisodiyotga nisbatan siyosatga ko`p 
e`tibor berilganidadir. Natijada ishlab chiqarish sur`atlari tushib ketdi. Tovar 
kamyobligi yashirin jarayon bo`lib, tovarlarni ishlab chiqarish uchun ko`p xarajat 
qilinsada (xom ashyolarning narxi yuqoriligi tufayli), tovarlar past bahoda sotilgan. 
Farq davlat byudjetidan qoplangan. 1992 yilning boshidan erkin baholarga o`tish 
natijasida (oziq-ovqat va yoqilg'i resurslardan tashqari) inflyatsiya yuzaga chiqdi 
va tez sur`atlar bilan rivojlanib ketdi.
Shu tufayli O`zbekistondagi inflyatsiya sobiq SSSR davrida yuzaga kelgan 
inflyatsiyaning qoldig'idir va uni davolash uzoq vaqt talab qiladi. 
Sobiq SSSRda, jumladan, O`zbekistonda 90 - yillardagi inflyatsiyaning asosiy 
sabablari: - iqtisodiy muvozanatning yo`qligi, ishlab chiqarish sur`atlarining tushib 
ketishi;


75 
- maxsulotlar sifatining, mehnat unumdorligining pastligi; 
- ishlab chiqarishda xarajatlar salmog'ining oshib ketishi, be-huda sarflar, 
iqtisodiy tamoyillarga rioya qilmaslik va boshqalar hisoblanadi. 
Bundan tashqari, rivojlangan bozor sharoitiga o`tmasdan turib, baholarning 
erkinlashuvi, tovar massasi ustidan ba`zi bo`limlarning yakka hukmronlik 
o`rnatishi, baholarni xohlagacha boshqarish, kredit, moliya siyosatlarini noto`g'ri 
olib borish, iqtisodiyotning "dollarlashuvi", "milliy valyuta hududi"ning 
yemirilishi, valyuta tushumlari va milliy boylikning chetga oqib ketishi va 
boshqalar inflyatsiya jarayonining yana rivojlanishiga olib kelgan. 
Inflyatsiya jamiyatning rivojlanishiga salbiy ta`sir ko`rsatadi. 
1. Mamlakat iqtisodiy ahvolini tang holga olib keladi: 
- ishlab chiqarish hajmi tushib ketadi va baholarning oshib borishi ishlab 
chiqarish istiqbollariga to`g'anoq bo`ladi; 
- kapitalning asosiy qismi ishlab chiqarishdan savdo (muomala) sohasiga, 
vositachilik sohasiga oqib o`tadi. Chunki ishlab chiqarishdan ko`ra, savdo 
sohasidagi kapital tezroq va ko`proq foyda keltiradi; 
- baholarning o`zgarib turishi olib-sotarlikni rivojlantiradi, arzon vaqtida 
olib, qimmat bo`lganda sotish jarayoni, tovar zaxiralarini yashirish jarayonlari avj 
oladi; 
- kredit berish jarayonlari cheklangan bo`ladi. Qarz oluvchilar ko`payadi-
yu, qarz beruvchilar soni qisqaradi, chunki qarz bergan yutqazishi mumkin; 
- davlatning moliya resurslari qadrsizlanadi va h.k.
2. 
Aholining kam daromad oluvchi qismining ijtimoiy ahvoli 
yomonlashadi. Ularning real daromadlari kamayadi. Nominal daromadning baholar 
o`sishidan tushishi natijasida aholining turmush darajasi pasayadi. Ayniqsa, 
nafaqa, davlat tashkilotlaridan maosh oluvchilarning ahvoli qiyinlashishi mumkin. 
Inflyatsiya aholi jamg'armalarining qadrsizlanishiga olib keladi. Inflyatsiya aholi 
ba`zi qatlamlarining (savdo-sotiq sohasida) boyishiga olib keladi.
Davlat aholining daromadlar darajasini tenglashtirish maqsadida daromad 
va soliqlarni indeksatsiya qilib boradi. 

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə