O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti a. T. Mardonova pul va banklar



Yüklə 2,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/165
tarix22.05.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#112152
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   165
pul va banklar

Ms = f (Y x X)
Bu yerda: 
Mc - rejalashtirilayotgan kassa qoldig'i, 
f - Y, X larning o‗zgaruvchan funktsiyasi, 
Y - milliy daromad, 
X - yuqorida keltirilgan jami omillar 
h, p, y, u - boshqa ta`sir etuvchi omillar.
Faqat monetarizm emas, balki boshqa nazariyalar ham pul massasi bilan 
ishlab chiqarish o‗rtasida bog'lanish mavjudligini tan oladi. Farqi shundaki
monetarizm bu bog'lanishni bosh masala deb qaraydi. Uning namoyandalari pul 
massasiga ta`sir etuvchi chora-tadbirlar davlat investitsiyasidan farqliroq darhol 
iqtisodiy vaziyatiga ta`sir etadi, deb qaraydilar. 
Monetaristlar iqtisodiyotga amaliy jihatdan yondashib, pul massasini yiliga 
o‗rtacha 3% oshirishni tavsiya etishadi.
Ammo monetaristlar keyingi paytlarda iqtisodiyotda yuz bergan 
o‗zgarishlarni inobatga olib, pul massasini doimiy ravishda va bir me`yorda olib 
borishni ma`qul deb bildilar. Bu me`yor shundayki, pul miqdorining o‗sishi 
mehnat unumdorligining o‗sishi sur`atiga nisbatan 1-2% yuqori bo‗lishi kerak. 
Buning bir me`yorda o‗sib borishi iqtisodiyotni barqarorlashtirishga va davriy 
tebranishlarni cheklashga imkon beradi. Monetaristlar tavsiyalariga binoan bir 


68 
qator mamlakatlarda qonun yo‗li bilan pul massasi aniq belgilanadi yoki yuqori
quyi chegarasi ko‗rsatiladi. Monetarizm uchun bosh masala antiinflyatsion 
siyosatni asoslashdir. Monetarizm tavsiyasiga asoslangan ba`zi mamlakatlarda pul 
miqdori ustidan qattiq nazorat o‗rnatish, inflyatsiyaning oldini olish iqtisodiy 
o‗sishga ijobiy ta`sir ko‗rsatmoqda.
Xulosa qilib aytganda, yuqorida ko‗rib o‗tilgan barcha nazariy oqimlar 
iqtisodiyotni tartiblash zaruratidan kelib chiqadi. Faqat Keynschilar asosiy 
e‘tiborni davlatning iqtisodiyotni tartiblash kuchiga qaratgan bo‗lsalar, 
monetaristlar esa iqtisodiyotning o‗z-o‗zini tartiblovchi kuchi bo‗lmish bozor 
vositalari bor, davlat esa ularga yo‗l berib, iqtisodiyotga g‘oyat kam aralashishi 
ma‘qul deydi. 

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə