O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti a. T. Mardonova pul va banklar


Y.3. Pul nazariyasining yangicha talqin qilinishi



Yüklə 2,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/165
tarix22.05.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#112152
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   165
pul va banklar

Y.3. Pul nazariyasining yangicha talqin qilinishi 
 
Zamonaviy miqdoriy nazariya qog'oz pullar muomalasiga asoslanadi. Bu 
nazariya A. Marshall, amerikalik I. Fisher, shvedlar G. Nassel' va B. Xansen, 
iqtisodchi A. Pigu, monetarist M. Fridmen tadqiqotlarida o‗z aksini topdi.
Amerikalik iqtisodchi, statistik va matematik I.Fisher (1867-1942yy) 
pulning miqdoriy nazariyasiga yangi sifat kiritdi. U pulning mehnat qiymatini rad 
etdi va pulning "sotib olish quvvati"ga asoslandi.Miqdoriy nazariyani matematik 
yo‗l bilan isbotlamoqchi bo‗lgan I. Fisher pulning "sotib olish quvvatiga" ta`sir 
etuvchi olti omilni ko‗rsatdi: 
- M-muomaladagi naqd pul massasi; 
- V-pulning aylanish tezligi; 
- R-o‗rta (tortilgan) baho; 
- Q-tovarlar miqdori; 
- MI-bank depozitlari yig'indisi; 
- VI-depozit-chek muomalasi tezligi. 
Tovarlar uchun to‗langan pul yig'indisi, tovarlar yig'indisining tovarlar 
bahosiga ko‗paytmasiga teng: 
MV = RQ


66 
Bu tenglamani Fisher "almashinuv tenglamasi" deb atadi. Yuqoridagi 
formula asosida muomaladagi pul massasini topish mumkin.
 
RQ 
M= ----------- 

Endi, Fisher nazariyasining ba`zi kamchiliklarini ko‗rib chiqsak. 
Birinchidan, u tovarlar baholari yig'indisi o‗rniga, barcha tovarlar miqdorining 
o‗rtacha tortilgan baholarini oladi. (RQ). Uning fikricha, tovarlar bozorga bahoga 
ega bo‗lmagan holda kirib keladi. Qiymat nazariyasiga ko‗ra esa, tovar bozorga 
baho bilan kiradi. Demak, bahoni tovardan ajratish mumkin emas. Ikkinchidan
Fisher uzoq vaqt oralig'idagi V va Q o‗zgaruvchilarni o‗zgarmas (bir maromli) deb 
oldi. Buning natijasida esa ikkita erksiz o‗zgaruvchi - pul miqdori va baho qoladi. 
Uchinchidan, bu ikki o‗zgaruvchilarning o‗zaro bog'liqligidan kelib chiqib, 
Fisher baholar ko‗lami natija bo‗lib, u boshqa omillar o‗zgarishiga sabab bo‗la 
olmaydi, degan bir tomonlama xulosa chiqaradi. Pulning miqdoriy nazariyalaridan 
biri Kembrij yoki kassa qoldiqlari nazariyasidir. Bu nazariyani A. Marshall, A. 
Pigu keyinchalik J. Keyns targ'ib qilgan. Bu g'oya bo‗yicha pul harakatining boshi 
bo‗lib jismoniy va huquqiy shaxslarning xo‗jalik aylanmada bo‗lgan pullar (kassa 
qoldiq pullari) hisoblanadi. Kassa qoldiqlaridan A. Pigu fikri bo‗yicha iste`mol 
fondlaridan tashqari sug'urta fondi, investitsiya bo‗yicha jamg'arma fondi tashkil 
qilinishi kerak. Pigu tenglamasi "almashuv tenglamasi"dan farq qiladi. Ya`ni unda 
yangi ko‗rsatkich "jamg'arma koeffitsienti" qo‗llanilgan bo‗lib quyidagi 
ko‗rinishda ifodalanadi. 

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə