O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti a. T. Mardonova pul va banklar


  IY.4.O‘zbekiston Respublikasining pul tizimi va uning rivojlanish tarixi



Yüklə 2,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/165
tarix22.05.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#112152
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   165
pul va banklar

 


59 
IY.4.O‘zbekiston Respublikasining pul tizimi va uning rivojlanish tarixi 
O‗zbekiston zamini va xalqi oldindan mukammal tarixga, sohalar bo‗yicha 
o‗z mustaqil tizimiga ega bo‗lgan. Shuning uchun biz qisqacha pul tizimimizning 
tarixi to‗g'risida to‗xtalmoqchimiz.
Ba`zi manbalarda keltirilishiga qaraganda, O‗rta Osiyoda birinchi pullar 
Iskandar Zulqarnayn davrida miloddan avval 261 - 250 yillarda chiqarila 
boshlangan.O‗zbekiston Respublikasi zaminida, ya`ni Buxoro davlatida birinchi 
metall pullar zarb qilingan. Metall pullar zarb qilingunga qadar Buxoro davlatida 
savdo-sotiqda pul birligi sifatida bug'doy va qog'oz material ishlatilgan.
Birinchi metall pullar Buxoro davlatida 700 yillarda zarb qilingan. Bu pullar 
kumush tangalar bo‗lib, Buxoro davlati shohi Kana Buxoro xudot tomonidan 
chiqarilgan. Tanga yuqori sifatga ega bo‗lgan toza kumushdan zarb qilingan. 
Tanga o‗rtasida shohning tasviri va uning atrofiga Qur`on oyatlaridan yozilgan. Bu 
kumush pullar "dirham" deb atalgan. Buxor xudot 40 yil davlatni boshqargandan 
keyin, taxtga xalifa Abu Bakr Siddiq o‗tirgan. Abu Bakr, keyinchalik shoh Horun 
ar-Rashid davrida Buxoro davlatida pul tizimi barqaror bo‗lib, savdo ko‗proq 
dirhamlarda olib borilgan. Bu orada Xorazm davlati ham o‗zining kumush 
tangalarini muomalaga kiritgan. Lekin aholi ko‗proq dirhamlar bilan savdo olib 
borishni afzal ko‗rgan. Dirhamlarga bo‗lgan talabning oshishi, Buxoro davlatining 
ko‗pgina boshqa mamlakatlar bilan savdo olib borishi hamda dirhamlarning juda 
yuqori proba va sifatga ega bo‗lishi asta - sekinlik bilan ularning muomaladan 
yo‗qolishiga olib kelgan.
801 yilning kuzida taxtga Gidrif kelgan va u pul tizimini barqarorlashtirish 
maqsadida muomalaga 6 turdagi oltin, kumush, teri, temir va mis, har xil metall 
qorishmasidan zarb qilingan pul birliklarini chiqargan. Bu pullar xalq orasida 
"gidrifi"lar degan nom olgan. Kumush gidrifilar dirhamlarga qaraganda sifati past 
va kumush temir qorishmasi natijasida qoramtir rangda bo‗lgan. Bu pullar aholi 
orasida muomalada yaxshi qabul qilinmagan, shuning uchun davlat oldingi pulga 
nisbatan yangi kumush gidrifining majburiy kursini belgilab qo‗ygan, ya`ni 6 
gidrifi 1 dirhamga tenglashtirilgan va asta-sekinlik bilan soliq va to‗lovlarni faqat 
gidrifida olishni joriy qilish orqali 1 gidrifini 1 dirhamga tenglashtirishga 
erishilgan. Davlat tomonidan har xil soliq va to‗lovlarni faqat gidrifida to‗lashni 
joriy qilish natijasida 822 yillarga kelib 100 kumush dirham 70 gidrifiga, 1 gidrifi 
tillo 7,5 gidrifi kumushga tenglashtirilgan. Gidrifilar Buxoroda Mahak Qasrida 
zarb qilingan. 
Shuni ta`kidlamoqchimizki, birinchi rus davlatida muomalada paydo 
bo‗lgan metall pullar dirhamlar hisoblanadi. Rus davlatida dirhamlar bir necha 
bo‗laklarga bo‗linib muomalada ishlatilgan. Topilmalar shuni ko‗rsatganki, rus 
davlatida IX-X asrda savdoda qo‗llanilgan dirhamlar 40 bo‗lakka bo‗linib, har bir 
kumush bo‗lakchasi pul birligi sifatida ishlatilgan. Keyinchalik rus davlatiga, 
Yevropa davlatlariga metall pullari kirib kelgan va faqat X asrning oxiridagina 
Kiyev knyazi Vladimir tomonidan birinchi rus tangalari "grivni" zarb qilingan.


60 
X asrning o‗rtalari (943-954 yillar)da Ismoil Somoniy davrida Buxoro 
davlati maydoni kengayib hozirgi O‗rta Osiyo davlatlarini qariyb barcha 
maydonini o‗z ichiga olgan va u uch hamda undan ortiq Yevropa mamlakati 
maydoniga teng kelgan.
Somoniylar davrida pul tizimi juda yuqori darajada rivojlangan. Muomalaga 
yana sifatli kumush tangalar - dirhamlar, oltin pullar kiritilgan. Bu pullar 
muomalada donalab va og'irligi o‗lchab, qabul qilingan. Buxoro davlati Evropa 
davlatlari bilan keng savdo-sotiq olib borishi natijasida yuqori sifatli kumush 
tangalar Yevropa va Rus davlatiga oqib o‗tgan va biz yuqorida ta`kidlaganimizdek, 
Rus davlati bu dirhamlarni bo‗laklarga bo‗lib, pul birligi sifatida muomalada 
ishlatgan.
XI asrda somoniylar davlatidan turklarning o‗rin olishi pul muomalasini 
ham o‗zgartirsada, oltin va kumush tangalar pul tizimining asosiy elementi sifatida 
saqlanib qoldi.
XII-XIII asrlarda Qoraxoniylar, Xorazmshohlar, keyinchalik Temuriylar 
davrida muomalada asosan oltin, kumush, mis tangalar ko‗plab zarb qilingan. 
Shayboniyxon davrida (1507 yilda) pul islohoti o‗tkazilib, cheklangan miqdorda 
muomalaga oltin, kumush, mis, mis va kumush qorishmasidan tanga pullar 
chiqarilgan. Oltin tangalar "tillo", kumush tanga "tanga", mis tanga "dinor" deb 
nomlangan va eng mayda tanga dinorning 1/6 qismiga teng bo‗lib "pul" deb 
nomlangan.
Temuriylar davrida "amiri" dirhamlari muomalaga chiqarilgan. Ularning 
vazni 5,7-6,0 gr. atrofida bo‗lgan va keyinchalik dirhamlarda kumush miqdorini 
kamaytirilgani uchun tangalar vazni ham kamayib borgan. 
O‗zbekiston pul tizimining yana bir muhim sanasi bu 1708-1709 yillarda 
Buxoroda o‗tkazilgan pul islohotidir. Bu islohot shoh Ubaydullaxon tomonidan 
o‗tkazilgan bo‗lib, muomalaga past sifatli tangalar chiqarilgan. Bu tangalarda 
kumush miqdori oldingi tangalarga nisbatan kam bo‗lgan va ular davlatning urush 
bilan bog'liq harbiy xarajatlarini qoplash uchun zarb qilingan. Oldingi 1 kumush 
tanganing og'irligi 1 misqolga teng bo‗lgan. Pul islohotiga asosan 1 kumush tanga 
4 ga bo‗linib, endi to‗rt kumush tanga zarb qilingan va ularni har birining vazni 1 
misqolga teng bo‗lgan. Natijada kumush tanganing sifati tushgan. Muomaladagi 
pullar "yaxshi" va "yomon" pullarga bo‗lingan. 1 misqol 24 nuxudga 
tenglashtirilgan, ya`ni 24 nuxud = 1 misqol, 1 misqol = 4,8 gr. kumushga teng 
bo‗lgan. 
Ubaydullaxon o‗tkazgan pul islohotining xususiyati shundaki, u tangadagi 
kumush miqdorini eng minimal darajagacha kamaytirgan, bunday hol ungacha va 
undan keyin amaliyotda qo‗llanilgan emas. Bu to‗g'rida quyidagi jadval 
ma`lumotlariga murojaat qilishimiz mumkin. 
Jadvaldan ko‗rinib turibdiki, tanganing kumush miqdori 90 foizdan 
Ubaydulla - Bahodirxon davrida 22,5 foizgacha tushgan, ya`ni tangalarning sifati 
tushib borgan.

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə