O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti a. T. Mardonova pul va banklar



Yüklə 2,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/165
tarix22.05.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#112152
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   165
pul va banklar

 
 


61 
Tanganing kumush miqdorining o‘zgarib borishi 
 
Yillar 
Tangadagi 
kumush miqdori - 

1

1608-1610 
90 
2

1615-1623 
80 
3

1617-1678 
70 
4

1699-1700 
35 
5

Ubaydullaxon 
davrida 
22,5 
Qariyb yuz yillardan keyin, XVIII asr o‗rtalarida Muhammad Rahimxon 
davrida tangadagi kumush miqdori 30%gacha oshirilgan. XVIII asrning oxiri XIX 
asrni boshlariga kelib, Buxoro davlati yana yuqori sifatli pul tizimiga ega bo‗lgan. 
Rossiyaning O‗rta Osiyoga yurishi natijasida, 1865 yilda Toshkent ruslar qo‗liga 
o‗tgan. Keyinchalik Buxoro davlatining O‗ra tepa, Jizzax, Samarqand
Kattaqo‗rg'on, Urgut kabi shaharlari Rossiya tasarrufiga o‗tgan. Buxoro amiri 
Rossiya bilan do‗stlik shartnomasini tuzgan va yarim mustaqil davlat bo‗lib 
o‗zining mustaqil pul tizimini saqlab qolgan hamda mustaqil pul siyosatini olib 
borgan. O‗sha davrda muomalaga oltin, kumush, mis tangalar chiqarilgan. 1 tillo 
Rossiyaning 6 rubl' 80 kopeek, 1 tanga (kumush) 15 kopeekka, 1 mis tanga - (mira) 
4 kopeekka, pul 1/4 kopeekka tenglashtirilgan. Muomalada ko‗proq kumush tanga 
ishlatilib, uning kursi 1 tangaga 12 kopeekdan 20 kopeekkacha o‗zgarib turgan. 
O‗tgan asrning 90-yillarida Rossiya Toshkent va Qo‗qonda, keyinchalik, Buxoroda 
o‗z banklarini ochgan. Muomalaga rus oltin, kumush tangalari va kredit biletlari 
kirib kelgan. Buxoroda rus oltin, kumush tangasidan ko‗ra kredit biletlari juda 
mashhur bo‗lgan. Buxoro beklariga amirga to‗laydigan soliq va boshqa to‗lov, 
in`omlarini kumush tangada karvonlarda olib kelgandan ko‗ra, kredit biletlarda 
olib kelish arzon va oson bo‗lgan. Shuning uchun kumushlar rus kredit biletlariga 
almashtirilgan. Rus banklarida kumush tangalar qaytib muomalaga chiqmagan. 
Ular Rossiyaga jo‗natilgan va Peterburgdagi zarbxonada qayta ishlatilib rus 
kumush tangasi sifatida muomalaga chiqarilgan. Buxoro tangasi 84 foizli 
probadagi kumushdan tayyorlangani uchun rus kumush tangasidan ancha sifatli 
bo‗lgan va u qayta ishlanganda bir Buxoro tangasidan bir necha rus tangasi zarb 
qilingan. Bu esa Rossiya xazinasiga juda katta foyda keltirgan. Hisob-kitoblarni 
olib borishda, tilloni rublga aylantirishda qiyinchiliklar bo‗lgani uchun Rossiya 
davlati Buxoro davlati pul tizimini Rossiyaga birlashtirish to‗g'risidagi masalani 
qo‗ygan. Rossiya Moliya vazirligi tomonidan Buxoro davlati pulining loyihasi 
ishlab chiqilgan. Unga asosan chiqariladigan pul 15 kopeekka teng bo‗lib, uning 
bir tomonida Rossiya hukumat belgisi tasviri ikkinchi tomonida Buxoro davlati 


62 
belgisi, tasviri, bo‗lishi kerak edi. Lekin Buxoro amirining xizmati tufayli bu ish 
amalga oshmasdan qolib ketgan. 1923-24 yillargacha Buxoro o‗zining pul birligini 
saqlab qolgan. Turkistonning Rossiya tomonidan istilo etilishi natijasida XX 
asrning boshlarida Turkistonda rus kredit biletlari, mahalliy veksellar, keyinchalik 
sovznaklar, "Turkbon"lar, chervonetslar muomalada bo‗lgan. 20-yillarining 
o‗rtalaridan boshlab yagona pul tizimi barpo qilinib, Sobiq SSSR hududida rubl' 
pul birligi sifatida qabul qilingan va mustaqillikacha pul muomalasi shu pul 
birligida olib borilgan.
Xulosa qilib aytganda, har bir davlatning pul tizimi ma`lum elementlardan 
tashkil topadi va qonun asosida yuqori davlat organlari orqali boshqarib boriladi. 
Alohida olingan davlatning pul tizimi o‗z xususiyatlariga ega bo‗lib, uning 
elementlari u yoki bu tomonga o‗zgarishi mumkin.
Pul 
tizimi 
ijtimoiy 
hayotning ko‗zgusi hisoblanadi, desak xato bo‗lmasa kerak. Shuning uchun 
ijtimoiy ishlab chiqarish jarayoni pul tizimini ob`ektiv talablar, ya`ni pul 
tizimining yagona bo‗lishi, pul birligi qiymatining doimiyligi va pul 
muomalasining talabga qarab o‗zgarib turishi kerakligini qo‗yadi. 

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə