O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti a. T. Mardonova pul va banklar



Yüklə 2,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/165
tarix22.05.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#112152
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   165
pul va banklar

Qog'oz – kredit pullar tizimi
. Qog'oz – kredit pullar tizimining 
evolyutsion rivojlanishi, iqtisodiyotning globallashuvi va xalqaro mehnat 
taqsimotining chuqurlashuvi sharoitida pul oborotini vaqtdan va moliyaviy 
jihatdan yanada tejamliroq bo‗lishini, shuningdek, uni samaraliroq ishlashini 
ta'minlamoqda. Agar dastlabki qog'oz pullar tahminan X asrning ohiri XI asrning 
boshlarida muomalaga chiqarila boshlangan bo‗lsa, 1930 yillarning ohiriga kelib 
ular qatorida kredit pullari to‗lov hisob –kitob va pul aylanmalarini amalga 
oshirishda ishtirok eta boshladi. Bu o‗z navbatida iqtisodiyotda pul – kredit 
siyosatini amalga oshirish va pul muomalasini tashkil etishga ijobiy ta'sir ko‗rsata 
boshladi. Iqtisodiyotning rivojlangan hozirgi davrida pulning asosiy turlari 
banklarning kredit biletlari (banknotlar), tangalar, pul cheklari, elektron–plastik 
kartochkalar, hisob raqamlarda yozuvda aks ettirilgan pullar hisoblanadi. 


50 
IY.3. Pulning turlariga umumiy tavsif 
Kishilik jamiyatida ayirboshlash munosabatlarining chuqurlashuvi, mehnat 
taqsimotining rivojlanishi pulning oddiy tovar shaklidan, hozirgi kunda hisob – 
kitoblarda qo‗llanilayotgan elektron pullar ko‗rinishi darajasigacha etib kelishiga 
sabab bo‗ldi. Albatta bu juda uzoq davrni o‗z ichiga oladi. Kishilar stixiyali tarzda 
hayot kechirgan va natural xo‗jalik tuzumi sharoitida turli buyumlar, hayvonlar, 
maxsulotlar pulning vazifasini bajargan bo‗lsa, miloddan oldingi VII – VI asrlarda 
metallar pul sifatida amal qilgan, XI va XII asrlarda qog'oz pullar, HH asrdan esa 
elektron pullar iqtisodiyotga to‗lov vositasi sifatida kirib keldi. Demak, pul 
bugungi kundagi ko‗rinishiga yetib kelguncha juda uzoq davr va ijtimoiy – 
iqtisodiy jarayonlarni bosib o‗tgan. Pulning turlarini o‗rganishda uni asl qiymatga 
ega bo‗lgan (haqiqiy) pul va asl qiymatga ega bo‗lmagan (o‗rinbosar) pul sifatida 
o‗rganish maqsadga muvofiq. Odatda haqiqiy pullar to‗lov vositasini bajarganda 
ular o‗z qiymati bo‗yicha ayirboshlash jarayonida ishtirok etgan, iqtisodiyotda pul 
massasini tartibga solish bo‗yicha muammolar mavjud bo‗lmagan. Asl qiymatga 
ega bo‗lmagan pullarning haqiqiy qiymati nominal qiymatiga nisbatan bir necha 
marta past bo‗lib, ular muomalaga chiqarilgandan keyin doimiy ravishda tartibga 
solinib turish lozim. Aks holda iqtisodiyotda pul massasi tovar massasiga nisbatan 
ortib kyetadi va qog'oz pullar o‗zining to‗lov vositasi sifatidagi qobiliyatini 
yo‗qotadi. 
Haqiqiy pullar quyidagi xossalarga ega bo‗lgan: 
– nominal qiymatning real qiymat bilan mutanosibligi; 
– qiymatning qardsizlanmasligi, ya'ni haqiqiy pullar har qanday sharoitda 
ham o‗zining dastlabki qiymatini yo‗qotmagan; 
– ularni boshqa tovarlar kabi iste'mol qilish mumkinligi. 
Biroq, natural pullarning hammasi ham yuqoridagi hossalarni uzoq muddatga 
saqlab turish imkoniyatiga ega bo‗lmagan. Masalan, bug'doy, tamaki, choy, baliq, 
jun kabilar vaqt o‗tishi bilan o‗zining dastlabki hususiyatlarini yo‗qotgan. 

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə