O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti a. T. Mardonova pul va banklar



Yüklə 2,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/165
tarix22.05.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#112152
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   165
pul va banklar

Monometallizm
pul tizimi sharoitida – bitta qimmatbaho metal (oltin va 
kumush, asosan oltin) umum ekvivalent vazifasini bajardi. Shu bilan birga, pul 
timizining monometallizm davrida muomalaga oltin tangalarga maydalanadigan 
boshqa pul belgilari (hazina biletlari, banknotlar va mayda monetalar) ham kirib 
kela boshladi. 
Xalqaro valyuta – kredit munosabatlarini amalga oshirishda XIX asrda 
to‗liq va XX asrning boshlarigacha muomalada oltin asosiy rol o‗ynadi. Oltin 
standartining rivojlangan davri 1880 – 1914 yillarga to‗g'ri keladi. Monometallizm 
o‗z navbatida oltin tanga, oltin quyma va oltin deviz standartini o‗z ichiga olar edi. 
Oltin tanga standarti
tovarlarning bahosi oltinda ifodalanadi, mamlakat 
bozorlarida oltin to‗lov vositasini bajaradi va erkin ravishda zarb etiladi. Oltin 
pulning barcha funktsiyalarini bajaradi. Oltin tanga standarti sharoitida pul tizimi 
talab va taklif asosida tartibga solinib, muomaladan ortiqcha bo‗lgan oltin tanglar 
―avtomatik ravishda‖ jamg'armaga yo‗naltirildi, muomalada qo‗shimcha to‗lov 
vositasiga ehtiyoj tug'ilganda ular jamg'armadan muomalaga qaytariladi. Oltin 
tanga standarti sharoitida mamlakatda pul tizimini tashkil etish silliq va samarali 
tarzda amalga oshirildi, biroq kishilarning tovar moddiy qiymatlarga bo‗lgan 
talabining hajmi iqtisodiyotdagi mavjud oltin zahiralari hajmidan sezilarli darajada 
ortib bordi, shuningdek, oltin tanga standarti sharoitida Markaziy banklarda 
ma'lum darajadagi oltin zahiralarini shakllantirish zaruriyatini keltirib chiqardi. 
Oltin tanga standartining asosiy hususiyatlari quyidagilardan iborat edi: 
– oltin tangalarni qat'iy o‗rnatilgan qiymatlarda erkin ravishda zarb etish; 
– o‗zining qiymatini oltinda ifoda etadigan pullarni maydalash; 
– oltinning mamlakatlar o‗rtasida erkin ayirboshlanuvi; 
– oltin pulning barcha funktsiyalarini bajarishi. 
Birinchi jahon urushi juda katta miqdordagi moliyaviy harajatlarni vujudga 
kelishiga sabab bo‗ldi, buning natijasida hukumat byudjet taqchilligini qoplash 
maqsadida muomalaga qog'oz pullarni emissiya qildi. Bu o‗z navbatida birinchi 
jahon urushida ishtirok etgan barcha mamlakatlarda (AQShdan tashqari) oltinni 
qog'oz pullarga almashtirish va horijga olib chiqib ketish qonunan ta'qiqilab 
qo‗yildi. Birinchi jahon urushidan keyin, birorta mamlakat oltin tanga standartiga 
qaytish imkoniyatini qila olmadi. 1920 yillarda qator mamlakatlarda oltin quyma 
standarti joriy etildi. 


49 

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə