O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti a. T. Mardonova pul va banklar



Yüklə 2,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/165
tarix22.05.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#112152
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   165
pul va banklar

 Pulning 
turlari
– 
mamlakatdagi 
qonuniy 
to‗lov 
vositasi 
hisoblanadi.Hozirgi paytda hech qanday mamlakatda metall pul tizimi amal 
qilmaydi.Pulning 
asosiy 
turlari 
sifatida 
kredit 
biletlari 
(banknota), 
shuningdek,davlatning xazina biletlari va tangalar to‗lov vositasini bajaradi. 
Pul birliklari va belgilarini emissiya qilish tartibi va ularning 
ta'minlanganlik asoslari
. Har bir mamlakat o‗zining milliy valyutasini emissiya 
qilish tartibi va qoidalarini mustaqil ravishda amalga oshiradi. Mamlakatda milliy 
valyutani emissiya qilish, muomalaga pullarni chiqarish va muomaladan qaytarib 
olish tartibini Markaziy bank amalga oshiradi. Muomaladagi pul birliklari 
Markaziy bankning barcha aktivlari va mamlakatdagi moddiy tovar qimmatliklar 
bilan ta'minlanadi. 
Pul muomalasini tartibga solishning usullari.
Mamlakatda pul 
muomalasini tartibga solishning asosiy maqsadi milliy valyutaning barqarorligini 
ta'minlashdan iborat bo‗lib, ushbu vazifani Markaziy bank amalga oshiradi. 
Markaziy bank pul muomalasini tartibga solishning asosiy instrumentlari sifatida 
majburiy zahiralar siyosati, qayta moliyalash siyosati, ochiq bozordagi 
operatsiyalari, depozit siyosati va valyuta siyosatini amalga oshiradi.
Mamlakatda pul oborotining tarkibi va uni tashkil etish
. Pul oboroti 
o‗z tarkibiga naqd pulli va naqd pulsiz hisob – kitoblarni oladi. Iqtisodiyotda 
amalga oshirilayotgan pul oborotining asosiy qismi naqd pulsiz hisob – kitoblar 
ulushiga to‗g'ri keladi. Pul oborotining tarkibi, tartibi va nazorati Markaziy bank 
tomonidan amalga oshiriladi.Har bir mamlakatda pul tizimining tarkibi, amal qilish 
usullari va 
tartibi davlatning tegishli qonunlari asosida o‗rnatiladi. Pul tizimining 
mustahkamligi va uning barqarorligiga quyidagi turli omillar ta'sir qiladi: 
a). Mamlakat Markaziy bankining pul – kredit siyosatini amalga 
oshirishdagi mustaqilligi. Ko‗pchilik hollarda Markaziy bank pul – kredit 
siyosatini amalga oshirishga hukumatning aralashuvi va taziyqi natijasida milliy 
valyutaning sotib olish qobiliyati zaiflashadi, mamlakat bank tizimiga aholining 
ishonchi pasayib kyetadi. Buning natijasida pul tizimi nobaraqaror bo‗lib, 


47 
Markaziy bank tomonidan olib borilayotgan pul –kredit siyosati o‗zining tegishli 
samarasini bermaydi. 
b). 
Xo‗jalik 
yurituvchi 
sub'ektlarning 
moliyaviy 
barqarorligi 
va 
raqobatbardoshligi. Mamlakatning iqtisodiy jihatdan mustahkamligi va ishlab 
chiqarilayotgan tovarlar va ko‗rsatilayotgan xizmatlarning raqobatbardoshligi pul 
tizimining barqarorligini ta'minlashga bevosita xizmat qiladi. Chunki bozor 
munosabatlarining chuqurlashuvi mamlakatlar o‗rtasida iqtisodiy integratsiyani 
rivojlanishiga va iqtisodiyotning globallashuviga olib keladi. Ushbu sharoitda olib 
borilayotgan makro va mikroiqtisodiy siyosat tegishli samarani bermasa, 
mamlakatda importuning hajmi eksportga nisbatan ortib ketishi kuzatiladi. Bu esa 
o‗z navbatida pul tizimining barqarorligiga salbiy ta'sir ko‗rsatadi. 

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə