O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti k. Z. Xomitov


Reversiyaning joriy qiymatini hisoblash (diskontlash)



Yüklə 5,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə117/298
tarix16.06.2022
ölçüsü5,91 Mb.
#89585
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   298
Кучмас МКБ Дарслик pdf

Reversiyaning joriy qiymatini hisoblash (diskontlash) 
Birlik (reversiya)ning joriy qiymati – bu birlikning to‗plangan 
summasiga teskari miqdordir. Joriy qiymat – bu foizning ma‘lum 
samarali qo‗yilmasi bo‗yicha diskontlashda vaqt davrlarining bir 
nechasidan so‗ng olinishi kerak bo‗lgan bir so‗mning qiymati. Ya‘ni 
foizning bo‗lingan samarali qo‗yilmasiga teskari bo‗lgan amaldir. 
Murakkab foizlarning ortishiga teskari bo‗lgan amal, ya‘ni kelgusi 
qiymatning hozirgi (joriy) qiymatga keltirilishi diskontlash deb ataladi. 
n
i
FV
PV
)
1
(


, FV=1 bo‗lganda
n
i
PV
)
1
(
1


,
bunda: i – diskont (foiz qo‗yilmasi); 
n – davrlar soni (odatda yillar); 
n
i
)
1
(
1

- n – yilning diskont ko‗paytuvchisi. 
Annuitetning joriy qiymati 
Annuitet – bu teng to‗lovlar seriyasi bo‗lib, ularning birinchisi 
hozirgi vaqtdan boshlab, bir davrdan o‗tib amalga oshiriladi. 
Kelgusi to‗lovlar seriyasining hozirgi (joriy) qiymatini har bir 
to‗lovni alohida baholash orqali ko‗rsatish mumkin. Masalan, agar har 
bir kirim reversiya sifatida baholansa, 5 yil davomida, har yilning 
oxirida 100 so‗m olish huquqi hal etilishi mumkin. Diskontning 8% 
miqdorida birinchi kirimning qiymati 100*0,9259 = 92,59 so‗mga, 
ikkinchisiniki 100*0,8573 = 85,73 so‗mga, uchinchisiniki 100*0,7938 = 


232 
79,38 
so‗mga, to‗rtinchisiniki 100*0,7350 = 73,50 so‗mga, 
beshinchisiniki 100*0,6806 = 68,06 so‗mga teng bo‗ladi. Butun besh 
yillik annuitetning joriy qiymati 92,59+85,73+79,38+73,50+68,06 = 
399,26 so‗mni tashkil etadi. 
Birlikning joriy qiymati va annuitetning joriy qiymati nisbati 
(qo‗yilmasi 8%) 

Yüklə 5,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə