O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti k. Z. Xomitov


Pullarning vaqt mobaynida noteng qiymati



Yüklə 5,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə115/298
tarix16.06.2022
ölçüsü5,91 Mb.
#89585
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   298
Кучмас МКБ Дарслик pdf

Pullarning vaqt mobaynida noteng qiymati 
Sarmoyadorning eng qadrli zaxiralaridan biri – bu vaqt. 
Yo‗qotilgan vaqtni qaytarib bo‗lmaydi. Benjamin Franklin shunday 
derdi: ―Vaqt – bu pul‖. Noto‗g‗ri ishlatilgan vaqt pullarni yo‗qotishni 
anglatadi. Moliyaviy ishlarda vaqt omilini hisobga olish zaruriyati 
moliyalashtirish jarayonining mohiyati bilan aniqlanadi va vaqtning turli 
pallalariga tegishli pullarning noteng qiymati tamoyili ko‗rinishida 
ifodalanadi. Hatto inflatsiya va tavakkal e‘tiborga olinmasa ham, bugun 
olingan mablag‗ ertangisiga teng kelmaydi, uning xarid qilish qobiliyati 
kamroq bo‗ladi. 
Pullarning xarid qilish qobiliyatini saqlab qolish yoki hatto ularni 
ko‗paytirishning yagona yo‗li – ularni ishga solish, sarmoyani ishlashga 
majbur etishdan iborat. 
Investitsion daromadni olish vaqti manfaatlar yoki kun, oy, kvartal, 
yilga teng davrlar bilan aniqlanadi. Davr qanchalik qisqaroq yoki foiz 
qancha yuqoriroq bo‗lsa, investitsiyalar shunchalik afzalroq bo‗ladi. 
Investitsiyalar daromadining qo‗yilmasi mablag‗lar tavakkaliga 
judayam bog‗liqdir. Biz tavakkal deganda investitsiyalar va ulardan 
kelgan 
daromad 
bilan 
bog‗liq bo‗lgan o‗zgaruvchanlik va 
noma‘lumlikni tushunamiz. Axir, daromad ko‗proq yoki kamroq bo‗lishi 
mumkin. Tavakkal qanchalik katta bo‗lsa, daromad miqdori ham shunga 
yarasha ko‗proq bo‗ladi. Investitsiyalar uchun daromad qo‗yilmasi sof 
daromad va qo‗yilgan sarmoya o‗rtasidagi foiziy munosabatni aks 
ettiradi. 
Qo‗yilma ijobiy yoki salbiy bo‗lishi mumkin. 
Daromadning ijobiy qo‗yilmasida pul mablag‗larining tushishi 
ularning ketishidan oshadi. Foizlar qo‗yilmasi bir xil boshlang‗ich 
mablag‗ uchun butun investitsiyalar muddati davomida (oddiy foizli pul 
miqdorlari) yoki o‗tgan davrlar uchun hisoblab ustiga qo‗shilgan 
foizlarga ega mablag‗ uchun qo‗llanilishi mumkin (murakkab foizli pul 
miqdorlari) [ 26,28,,29,32,53,54,56,57]. 
Investitsiyalarning boshlang‗ich summasi odatda joriy qiymat deb 
ataladi va RV bilan belgilanadi. 


230 
Orttirilgan summa – muddat oxiriga hisoblab ustiga qo‗shilgan 
foizlar bilan birgalikdagi boshlang‗ich yoki joriy qiymat – kelgusi 
qiymat deb ataladi va FV kabi belgilanadi. 
To‗plangan (orttirilgan) summa boshlang‗ich summani ortishining 
ko‗paytuvchisiga ko‗paytirish orqali aniqlanadi va u to‗plangan summa 
boshlang‗ichidan necha marta kattaroq ekanligini ko‗rsatadi. 
Foizlar ustiga qo‗shib hisoblanganda negiziy pul miqdori uchun 
joriy va kelgusi qiymat qabul qilinadi. Foizlarga ko‗ra aniqlanuvchi 
summalar negiz qiymatlariga qo‗shilishi yoki ulardan ayirilishi mumkin. 

Yüklə 5,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə