O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti k. Z. Xomitov



Yüklə 5,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə111/298
tarix16.06.2022
ölçüsü5,91 Mb.
#89585
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   298
Кучмас МКБ Дарслик pdf

Tiklash usuli
 
Tiklash usuli deganda binoning aniq nusxadagi qurilishining joriy 
baholardagi qiymati tushuniladi. Unda xuddi shunday materiallardan
qurilish me‘yorlaridan foydalaniladi, sifati, nuqsonlar ham o‗xshash 
bo‗ladi. Tiklash usuli quyidagi savolga javob olish imkonini beradi: 
hozir mavjud bo‗lgan obyektni tiklash uchun va shunga o‗xshash 
mavjud obyektda o‗xshash natijaga erishish uchun qancha mablag‗ 
lozim? 
Bu 
usul 
smeta 
hujjatlaridagi 
summani, 
indeksatsiya 
koeffitsiyentiga ko‗paytirish yo‗li bilan obyekt qiymatini aniqlashni o‗z 
ichiga oladi. 
Bozorni tahlil qilish hamda baholash obyektini tadqiq etish 
natijasida baholovchi tomonidan olingan barcha ma‘lumotlarni chuqur 
tahlil etish asosida bozor narxini xarajat yondashuvi orqali aniqlash 
bo‗yicha bir qator izchil qadamlar qo‗yiladi: 
1.
Yerdan samaraliroq foydalanish uchun uning qulay va bo‗sh 


223 
yerdek qiymatini aniqlash. 
2.
Haqiqiy baholash sanasiga obyekt binolari va inshootlarining 
qayta tiklash yoki o‗rindoshlik qiymatlarini aniqlash. 
3.
Qurilish tugallanganidan so‗ng, avvaliga bo‗sh inshoot va yangi 
obyektni bandligi va qulayligi jihatidan bozor darajasiga mos keltirishga 
ketgan davrda bo‗lgan bilvosita xarajatlarni aniqlash. 
4.
Mazkur loyiha uchun to‗g‗ri keladigan tadbirkorlik daromadini 
baholash. 
5.
Obyekt binolari va inshootlarining umumiy to‗plangan 
yemirilish qiymatini aniqlash. 
6.
Baholash 
obyekti 
binolari 
va 
inshootlarining 
umumiy 
yemirilishini hisobga olgan holda qayta tiklash yoki o‗rindoshlik 
qiymatlarini aniqlash. 
7.
Ko‗chmas mulkga to‗liq egalik qilish huquqi bilan bozor 
qiymatini aniqlash. 

Yüklə 5,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə