O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti k. Z. Xomitov



Yüklə 5,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/298
tarix16.06.2022
ölçüsü5,91 Mb.
#89585
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   298
Кучмас МКБ Дарслик pdf

 
2
O‗zbekiston Respublikasi Qonuni «Davlat statistikasi to‘gʻrisida » 2 sеntyabr 1993 y.
 
3
BHMS N5 «Asosiy vositalar» N114 09.10.2003 y.dan O‗zbekiston Respublikasi Moliya vaziri buyrugʻiga asosan 
tasdiqlangan va N1299 20.01.2004 y.dan Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olingan.
 


214 
joylar, transport vositalari, ko‗p yillik ekinlar, qoramol va h.k.lar kiradi. 
Vaqtinchalik inshootlar, moslama va qurilmalar asosiy fondlar 
bo‗lib hisoblanmaydi, ularning qurilishiga sarflanuvchi xarajatlar kapital 
qo‗yilmalar tarkibiga kiruvchi qurilish-montaj ishlari tannarxiga 
kiritiladi. Bu tasnif asosiy fondlarning deyarli barcha shakldagi 
obyektlarini ta‘riflaydi. 
8.1.1-rasm.
 Asosiy fondlar va ularning tasniflanishi. 
Binolar 
(turar joydan tashqari). Binolar tarkibiga ishlab chiqarish 
jarayoni uchun sharoit yaratish, ijtimoiy-madaniy xizmat ko„rsatish, 


215 
moddiy boyliklarni saqlash uchun xizmat qiluvchi qurilish-arxitektura 
obyektlari kiradi. Binoning asosiy konstruksiyaviy qismiga poydevor, yuk 
ko„taruvchi va to„siq konstruksiyalar, hamda tom kiradi. 
Agar binolar bir-
biriga tutashib, umumiy devorga ega bo‗lsayu, ammo har biri mustaqil 
konstruktiv yaxlitlikni tashkil qilsa, ular alohida obyekt deb hisoblanadi. 
Xo‗jalik ahamiyatga ega bino tashqarisidagi qo‗shimcha qurilishlar, alohida 
turuvchi qozonxona binolari, hamda hovlidagi qurilishlar (omborxonalar, 
garajlar, to‗siqlar, devorlar, quduqlar va h.k.) mustaqil obyekt bo‗lib 
hisoblanadi. Qo‗llanilishi binonikidan o‗zgacha bo‗lgan qo‗shimcha qurilgan 
xonalar shu binoning tarkibiga kiradi. 
Binolar qurilishidan maqsadga ko‗ra: magazinlar, oshxonalar, 
sartaroshxonalar, atelyelar, ijara punktlari, maktabgacha taʼlim muassasalari, 
aloqa bo‗limlari, banklar va boshqa tashkilotlar uchun mo‗ljallangan bo‗lishi 
mumkin. 
Binolar tarkibiga ekspluatatsiya uchun zarur ichki kommunikatsiyalar: 
isitish tizimi uskunalari bilan (qozonxona bilan); ichki suv va gaz quvurlari 
tizimi, kanalizatsiya barcha qurilmalari bilan; yoritish armaturalari bilan ichki 
elektr uzatish va yoritish tizimi; ichki telefon va signalizatsiya tizimi; umumiy 
sanitariya ahamiyatiga molik shamollatish qurilmalari; yuk ko‗targichlar va 
liftlar. Bino bilan bir vaqtda qurilgan yirik hajmli uskunalar poydevorlari 
binoning tarkibiga kiradi. Bunday obyektlarga ―ixtisoslashgan binolar‖ deb 
aytiladi. Ishlab chiqarish (ustaxonalar, qozonxonalar, oshxonalar, hammom va 
h.k.) va noishlab chiqarish (turar joy, tibbiy, maishiy, ma‘muriy va h.k.) 
maqsadlariga mo‗ljallangan harakatlanuvchi uychalar (g‗ildirakli vagoncha) 
ham bino deb yuritiladi. Asosiy vazifasi ishlab chiqarish (laboratoriyalar, 
agregatlar, ofislar va h.k.) bo‗lgan ixtisoslashgan va qayta jihozlangan temir 
yo‗l vagonlari, avtomobillar, avto va traktor pritseplari tegishli vazifani 
bajaruvchi qo‗zg‗aluvchan obyekt bo‗lib hisoblanib, binolar qatoriga kiritiladi. 
Turar joy. 
Bunga doimiy yashash uchun mo‗ljallangan binolar, 
qo‗zgʻaluvchan uylar, suzuvchi uylar, turar-joy sifatida qo‗llaniluvchi 
boshqa binolar, hamda asosan turar-joy uchun ixtisoslashtirilgan tarixiy 
obidalar kiradi. 
Inshootlar. 
Bularga texnik vazifalarni bajarishga (shaxtalar, 
tonnellar, neft quvurlari, yo‗llar, plotinalar, estakadalar va h.k.) yoki 


216 
aholiga 
xizmat 
ko‗rsatishga 
(stadionlar, 
basseynlar, 
shahar 
obodonlashtirish inshootlari va h.k.) mo‗ljallangan muhandislik-qurilish 
obyektlari kiradi. Misol uchun, oqova-chiqindi tozalash inshootlarning 
qayta tiklash qiymatini aniqlashda binoning o‗zidan tashqari obyekt 
tarkibiga nasos uskunalari, tindirish bunkerlari, kirtindirgichlar, filtrlar, 
nostandart hamda elektrtexnik jihozlar va boshqalar kiritiladi. 
Ko‗chmas mulk obyektlari sifatida inshootlarni shaharsozlik (yer 
usti va osti inshootlari), energo ta‘minlovchi (neft bazalari, issiqlik 
elektrstansiyalari), infratuzilmaviy (transport va terminal inshootlar), 
sanoat (metall erituvchi domna va marten pechlari, konveyrlar, shaxtalar 
va boshqalar), ekologik (chiqindilar utilizatsiyasi zavodlari va tozalash 
inshootlari) hamda harbiy-sanoat 
majmuasiga ixtisoslashtirilgan 
inshootlar kabi guruhlarga ajratgan holda tasniflash mumkin. 

Yüklə 5,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə