O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti k. Z. Xomitov


  8-bob. KO„CHMAS MULK QIYMATI UNING TURLARI



Yüklə 5,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə106/298
tarix16.06.2022
ölçüsü5,91 Mb.
#89585
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   298
Кучмас МКБ Дарслик pdf

 


213 
8-bob. KO„CHMAS MULK QIYMATI UNING TURLARI 
XUSUSIYATLARI BO„YICHA BAHOLASH 
 
8.1. Moddiy obyektlarni ko„chmas mulklar tarkibiga kiritilishi 
 
Mustaqillikka erishilgunga qadar (O‗zbekistonda O‗zbekiston 
Respublikasi FK birinchi qismini amaliyotga joriy etilgunga qadar)
1
Sobiq ittifoq respublikalari hududlarida iqtisodiy nazariya va xo‗jalik 
amaliyotida ko‗chmas mulk obyekti degan ibora o‗rniga asosiy fondlar 
iborasi qo‗llanilar edi. Asosiy fondlarga ishlab chiqarish va noishlab 
chiqarish (binolar, inshootlar, turar joylar, mashinalar, mol-hol, asbob-
uskunalar, ko‗p yillik ekinlar va h.k.)ga tegishli jismlar kiritilgan bo‗lib, 
ular o‗z tabiiy hollarida xalq xo‗jaligida bir necha yil xizmat 
ko‗rsatadilar va butun xizmat muddati mobaynida o‗z iste‘mol 
shakllarini yo‗qotmaydilar. Asosiy fondlar (mashina va uskunalarsiz) - 
qo‗zg‗almas mulkning bir qismi bo‗lib, ularning tarkibida yer hisobga 
olinmaganligi bois, bu ibora nisbatan tor ma‘noni kasb etadi. Yerning 
tovar-pul munosabatlaridan chetlashtirilishi ―ko‗chmas mulk obyekti‖ 
iborasining ―asosiy fondlar‖ iborasi shaklining o‗zgarishiga olib keldi. 
O‗zbekiston Respublikasi ―Davlat statistikasi haqida‖
2
va 
O‗zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobining milliy standarti 
(BHMS) N5 ―Asosiy vositalar‖
3
qonunlariga asosan O‗zbekistonda 
asosiy fondlarning yangi klassifikatori (AFAK) ishga solingan. Bu 
klassifikator barcha mulk turlariga mansub tashkilotlar, korxonalar 
tomonidan qo‗llaniladi. AFAKda tasniflash obyektlari – bu tovar ishlab 
chiqarish yoki xizmat ko‗rsatish uchun uzoq muddat davomida ko‗p 
marotaba yoki doimiy ishlatiladigan asosiy fondlardir. 
Asosiy fondlar moddiy va nomoddiy turlarga bo‗linadi (8.1.1-
rasm). Moddiy fondlarga binolar, inshootlar, mashina va uskunalar, turar 
1
O‗zbekiston Respublikasi Qonuni. ―O‗zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodеksi birinchi qismining tasdiqlanishi 
haqida‖ №163-1, 21 dеkabr 1995 y. 

Yüklə 5,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə