O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti k. Z. Xomitov


 Ko„chmas mulk qiymatini baholashning qonuniy-me‟yoriy



Yüklə 5,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/298
tarix16.06.2022
ölçüsü5,91 Mb.
#89585
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   298
Кучмас МКБ Дарслик pdf

 
7.8. Ko„chmas mulk qiymatini baholashning qonuniy-me‟yoriy
hujjatlari bazasini shakllantirish 
O‗zbekistonda mulk qiymatini baholashning tashkiliy-huquqiy 
asoslari amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar va davlat mulkini 
bosqichma-bosqich davlat tasarrufidan chiqarish jarayonlarining 
chuqurlashuviga muvofiq tarzda rivojlanmoqda. Hozirgi vaqtda bu 
asoslar qonun va qonun osti hujjatlari, mulk qiymatini baholash 
standartlarining milliy tizimi va boshqaruv organlarining boshqa tartibga 
soluvchi hujjatlari bilan namoyon etilgan. 


201 
O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasida bozor 
munosabatlarini mamlakatimiz iqtisodiyotining negizini xilma-xil 
shakllardagi mulk tashkil etishi mustahkamlab qo‗yildi. 
O‗zbekiston Respublikasida baholash faoliyatining vujudga kelishi 
va 
shakllanishi 
uning 
huquqiy-me‘yoriy 
asosini 
yaratish 
va 
takomillashtirish bilan bir vaqtda olib borilmoqda. Yaratilgan huquqiy 
asoslarda baholash faoliyatining tartibga solinishi alohida o‗rin tutadi. U 
―baholovchilar xizmatlarining sifatini oshirishga va ularning 
baholovchilarni kasbiy hamjamiyati (o‗zini-oʻzi tartibga solish) yoki 
davlat organlari (davlat tomonidan tartibga solish) tomonidan yoxud 
birgalikda belgilanadigan ma‘lum bir mezonlarga mos kelishiga 
yo‗naltirilgan chora-tadbirlar va tartiblar tizimini‖ o‗zida namoyon 
qiladi. 
Bunday tartibga solish quyidagilarni o‗z ichiga oladi:

baholashga nisbatan yondashuv va talablarni aniqlash, qaysiki 
ular, odatda baholash andozalarida ifodalanadi; 

baholovchining mustaqilligi bilan bog‗liq bo‗lgan uning axloqiy-
etik xususiyatlariga nisbatan talablarni aniqlash, qaysikim ular kasb 
etikasi kodekslaridan fodalanadi; 

baholovchi kasb mahorati darajasiga va amaliy ish tajribasiga 
nisbatan talablarni aniqlash, qaysikim ular kasbiy malakaga nisbatan 
qo‗yiladigan talablarda ifodalanadi. 
Mamlakatimizda Ko‗chmas mulk qiymatini baholash faoliyatini 
yo‗lga qo‗yish, uni tubdan joriy qilish va takomillashtirish maqsadida bir 
qator me‘yoriy hujjatlar: qonunlar, Prezident qarorlari, Vazirlar 
mahkamasi qarorlari, Davlat mulkini boshqarish qo‗mitasi qarorlari 
qabul qilindi. Jumladan baholash faoliyatining tubdan joriy qilish, uni 
yo‗lga qo‗yish maqsadida 1999-yil 19-avgustda ―Baholash faoliyati 
to‗g‗risida‖ qonun qabul qilindi. Bundan tashqari O‗zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 
2008-yil 
24-apreldagi 
―Baholovchi 
tashkilotlar faoliyatini yanada takomillashtirish va ko‗rsatilayotgan 
xizmatlar sifati uchun ularning mas‘uliyatini oshirish to‗g‗risida‖gi PQ-
843-son qarori, Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 8-maydagi 210-sonli 
―Baholash faoliyatini litsenziyalash to‗g‗risida‖gi qarori va shu qaror 


202 
asosida 
ishlab 
chiqilgan 
―Baholash faoliyatini litsenziyalash 
to‗g‗risida‖gi nizom, 1998-yil 21-yanvardagi 18-sonli ―Jismoniy 
shaxslarga mulk huquqi tegishli bo‗lgan bino va inshootlar bo‗yicha 
ro‗yxatga olish-baholash ishlarini amalga oshirish to‗g‗risida‖gi qarori, 
2009-yil 21-dekabrdagi ―Mol-mulkni baholash standartlarini ishlab 
chiqish, tasdiqlash, ularga o‗zgartirish va qo‗shimchalar kiritish tartibi 
to‗g‗risidagi nizomni tasdiqlash haqida‖gi qarori, 2008-yil 28-iyuldagi 
―Baholash to‗g‗risidagi hisobotlarning haqqoniyligini ekspertizadan 
o‗tkazish mexanizmini tasdiqlash haqida‖gi qarori, Davlat mulki, 2009- 
yil 22-apreldagi ―Intellektual mulk obyektlarini baholash tartibi 
to‗g‗risidagi nizomni tasdiqlash haqida‖gi qarori, 15 ta ―Mulkni 
baholash milliy standartlari‖, O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 
―Baholash xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari 
to‗g‗risida‖gi 2018-yil 1-iyundagi PQ-3764-sonli qarori, uning asosida 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi 
milliy agentligi tomonidan 2018-yilning 13-avgustida ―Baholovchilarga 
toifalar berish tartibi to‗g‗risidagi‖ nizom (O‗zbekiston Respublikasi 
Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining 2018-yil 
11-iyuldagi 
215-sonli 
―Baholovchilarga toifalar berish tartibi 
to‗g‗risidagi nizomni tasdiqlash haqida‖gi buyrug‗iga muvofiq) va 
boshqa bir qator me‘yoriy hujjatlar qabul qilingan. 
Bundan tashqari O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 
31-dekabrdagi 343-sonli qaroriga asosan davlat tashkilotlari va davlat 
unitar korxolari balansida bo‗lgan asosiy vositalarni, ya‘ni ko‗char 
mulklarni sotish tartibi belgilab berildi. Bu esa ko‗char mulklarni 
baholashga bo‗lgan talabni oshirdi. 
Mulk 
qiymatini 
baholashni 
tashkil 
etishda 
O‗zbekiston 
Respublikasining ―Baholash faoliyati to‗g‗risida‖gi qonuni alohida o‗rin 
tutadi, unda baholash faoliyati, baholash obyektlari, baholash obyekti 
qiymatining turlari va ularni qo‗llash sohalari tushunchalari bilan bog‗liq 
masalalarning keng doirasi qonun yo‗li bilan tartibga solish 
mexanizmlari izohlangan. Qonunda ―baholash obyektining bozor 
qiymati‖ 
(7-modda) 
va 
―baholash obyektining bozornikidan 
farqlanuvchi qiymati‖ (8-modda) tushunchalari muhim hisoblanadi. 


203 
Qonunda baholash standartlari aniq ifodalangan bo‗lib (9-modda), 
ular quyidagilarni belgilaydi: 

baholash tushunchalari va tamoyillarini; 

baholash faoliyatida qo‗llaniladigai atamalar va ta‘riflarni; 

qiymat turlariga qo‗yiladigan talablarni; 

boshlang‗ich axborotga qo‗yiladigan talablarni; 

baholashni o‗tkazish tartibini; 

baholash usullarini qo‗llanilish xususiyatlarini; 

baholash natijalarini rasmiylashtirishga qo‗yiladigan talablarni; 

boshqa talablarni. 
Qonunda baholashni o‗tkazish davlatga to‗la yoki qisman qarashli 
obyektlari biron-bir bitim tuzishga jalb etilgan taqdirda va shu jum- 
ladan: 

baholash 
obyektlarini 
davlat 
tasarrufidan 
chiqarish, 
xususiylashtirish, ishonchli boshqaruvga topshirish yoki ijaraga berish 
maqsadida ularning qiymati aniqlanayotganda; 

baholash 
obyektlaridan 
garov 
narsasi 
sifatida 
foydalanilayotganda; 

baholash obyektlari sotilayotganda yoki o‗zga shaxsga 
boshqacha tarzda o‗tkazilayotganda; 

baholash obyektlari bilan bog‗liq qarz majburiyatlaridan 
boshqaning foydasiga voz kechilayotganda; 

baholash obyektlari yuridik shaxslarning o‗z foydasiga ulush 
tariqasida berilayotganda majburiyligi belgilab qo‗yilgan
Bundan tashqari qonunga binoan baholashni o‗tkazish, baholash 
obyektining qiymati to‗g‗risida imzo chekkan taqdirda ham, shu 
jumladan: 

mulk natsionalizatsiya qilinayotganda; 

ipoteka krediti berilganda; 

taraflardan birining talabiga binoan mulk bo‗linayotganda; 

mulk mulkdorlardan davlat ehtiyojlari uchun sotib olinayotganda 
yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqacha tarzda olib 
qo‗yilayotganda; 


204 

soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlar to‗g‗ri to‗lanishi ustidan 
nazorat o‗tkazilayotganda baholash ishlarini o‗tkazish majburiyligi 
belgilangan. 
Qonunda baholovchining huquqlari, majburiyatlari, mustaqilligi, 
baholovchi tashkilotlarning tarkibiy tuzilishi, unga bo‗lgan talablar va 
baholash hisobotlari alohida o‗rin tutadi. Shu sababli, ushbu qonun 
2009-yilda qayta ko‗rib chiqilib bir qancha o‗zgartirishlar kiritildi.
Jumladan: 4-moddada baholovchi tashkilot, baholovchi va 
baholovchining yordamchisi to‗g‗risida alohida tushuncha va talablar 
berilgan. Bu bilan baholovchining bilim malakasi yuqori bo‗lishi, 
malaka sertifikatiga ega bo‗lishi, baholovchi tashkilot esa faoliyatini 
yuritish bo‗yicha litsenziyaga ega bo‗lishi bundan tashqari bu 
moddaning 3-qismida baholovchining yordamchisining huquqlari va 
majburiyatlari haqida belgilab qo‗yilgan. 
Qonunning 14 va 15-moddalarida baholovchi tashkilotning huquq 
majburiyatlari keltirilgan bo‗lib, bundan tashqari 15-moddasida 
baholovchi tashkilot tomonidan ko‗rsatiladigan qo‗shimcha professional 
xizmatlar ko‗rsatib o‗tilgan. Bular:

baholash to‗g‗risidagi hisobotlarning ishonchliligini ekspertiza 
qilish;

investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va tahlil qilish, biznes-
rejalar tuzish; 

baholash jarayonini avtomatlashtirish va baholash faoliyatiga 
axborot texnologiyalarini joriy etish; 

baholash faoliyati sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish va 
ularning natijalarini tarqatish. 
Baholovchi tashkilot qonun hujjatlariga 
muvofiq boshqa 
qo‗shimcha professional xizmatlar ham ko‗rsatishi mumkin. 
Baholash faoliyatini tartibga solish bo‗yicha qanchalik me‘yoriy 
hujjatlar ishlab chiqilmasin, mamlakatimizda bu faoliyat bo‗yicha hali- 
hanuz kamchilik mavjud. Xususan, ―... bir qator muammo va 
kamchiliklar professional baholash xizmatlari bozorini yanada 
rivojlantirishga hamda baholovchi tashkilotlarga bo‗lgan ishonchni 
oshirishga to‗sqinlik qilmoqda, jumladan: 


205 
- birinchidan, baholash faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish 
funksiyasini xususiylashtirish sohasidagi davlat boshqaruvi organi 
zimmasiga yuklash oqibatida baholash faoliyatini davlat tomonidan 
tartibga solish jarayonida yuzaga keladigan manfaatlar to‗qnashuvining 
mavjudligi; 
- ikkinchidan, baholovchi tashkilotlar kapitalining eng kam 
miqdoriga bo‗lgan yuqori talablarning mavjudligi professional 
mutaxassislarning baholash xizmatlari bozoriga kirishini cheklamoqda, 
buning oqibatida baholash ishlari sifati ularga, ayniqsa, biznesni 
baholash hamda bank va sug‗urta faoliyatida ortib borayotgan talablarga 
mos kelmasligi; 
- uchinchidan, baholovchilar malakasi va kasbiy mahoratining 
qoniqarsiz 
darajadaligi, 
shuningdek, 
turli 
obyektlar 
qiymatini 
baholashning 
alohida 
shartlarini 
hamda 
ularning 
yutuqlarini 
rag‗batlantirishni hisobga olmaydigan baholovchilarni tayyorlash va 
qayta tayyorlash tizimining samarasizligi; 
- to‗rtinchidan, baholashga yagona yondashuvni va bozor 
konyunkturasini hisobga olishni ta‘minlamaydigan, tez o‗zgarib 
borayotgan bozorning zamonaviy shartlariga javob bermaydigan, 
ularning xalqaro standartlar bilan yetarlicha uyg‗unlashmagan mulkni 
baholash milliy standartlarining mavjudligi; 
- beshinchidan, jamoat birlashmalarining baholash faoliyatini 
yanada rivojlantirish va takomillashtirish, baholash haqidagi hisobotlar 
sifatini oshirish bo‗yicha takliflarni ishlab chiqishda faolligining yetarli 
emasligi‖
1
kabilar mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotiga salbiy ta‘sir 
ko‗rsatib kelmoqda. Shu kamchiliklarni oldini olish maqsadida 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining ―Baholash xizmatlari bozorini 
yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi 2018-yil 1-iyundagi 
PQ-3764-sonli qarori qabul qilindi.
Unga ko‗ra, ―Baholash xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish, 
baholovchilarning professionallik darajasi va ko‗rsatilayotgan xizmatlar 
1
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining ―Baholash xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari 
to‗g‗risida‖gi 2018-yil 1-iyundagi PQ-3764-sonli qarori. 


206 
sifatini oshirish, mazkur sohada bajariladigan ishlarning xolisligi va 
sifati ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida: 
1. O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha 
boshqaruvi 
milliy 
agentligi, 
O‗zbekiston 
Respublikasi 
xususiylashtirilgan 
korxonalarga 
ko‗maklashish 
va 
raqobatni 
rivojlantirish davlat qo‗mitasi (keyingi o‗rinlarda Davlat raqobat 
qo‗mitasi deb yuritiladi), Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligining 
quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflari ma‘qullansin: 
a) baholash faoliyatini litsenziyalash va baholash tashkilotlari 
ustav kapitali (ustav jamg‗armasi)ning eng kam miqdoriga bo‗lgan 
talabni bekor qilish; 
b) baholovchi tashkilotlarni O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti 
huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Akkreditatsiya 
markazida (keyingi o‗rinlarda – Markaz) akkreditatsiya qilish tartib-
taomillarini joriy qilish; 
d) Davlat raqobat qo‗mitasining: 
- baholovchining malaka sertifikatini berish funksiyasini — 
Korporativ boshqaruv ilmiy-ta‘lim markaziga; 
- mulkni baholashning yangi standartlarini tasdiqlash, shuningdek, 
amaldagi mulkni baholash standartlariga o‗zgartirish, qo‗shimchalar 
kiritish va o‗z kuchini yo‗qotgan deb topish funksiyasini — O‗zbekiston 
Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligiga 
o‗tkazish. 
2. Davlat raqobat qo‗mitasi bir hafta muddatda ilgari berilgan 
baholovchi tashkilotlarning litsenziyalari va baholovchilarning malaka 
sertifikatlari bo‗yicha materiallarni Markazga bersin. 
3. 2018-yil 1-iyuldan boshlab Korporativ boshqaruv ilmiy-ta‘lim 
markazida baholovchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning 
malakasini oshirish bo‗yicha, imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan 
taqdirda belgilangan namunadagi sertifikatlar berilgan holda, maxsus 
kurslar tashkil etilsin. 
4. Belgilab qo‗yilsinki: 
- baholovchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning 
malakasini oshirish dasturlari Korporativ boshqaruv ilmiy-ta‘lim 


207 
markazi tomonidan baholovchilarning professional birlashmalari 
takliflarini inobatga olgan holda tasdiqlanadi; 
- baholovchi tashkilotlarning ilgari berilgan litsenziyalari amal 
qilish muddati 2019-yil 1-yanvardan tugatiladi; 
Korporativ boshqaruv ilmiy-ta‘lim markazida har yili malaka 
oshirish kurslarini o‗tagan taqdirda baholovchilarning ilgari berilgan 
malaka sertifikatlari amal qilish muddati tugaguniga qadar ularni qayta 
rasmiylashtirish talab etilmaydi. 
5. Belgilansinki, baholovchi tashkilotning javobgarligini sug‗urta 
qilish shartnomasi amal qilishi davrida sug‗urta hodisasi sodir bo‗lgan 
taqdirda sug‗urtalovchining sug‗urta qoplamasi to‗lovini amalga 
oshirishi yuzasidan majburiyati bo‗yicha sug‗urta puli: 
- ko‗char mulkni baholash uchun, qimmatli qog‗ozlar, ulushlar, 
intellektual mulk obyektlari va boshqa nomoddiy aktivlar bundan 
mustasno - eng kam ish haqining 2 000 baravaridan; 
- ko‗chmas mulkni baholash uchun, mulkiy kompleks sifatidagi 
korxona bundan mustasno – eng kam ish haqining 2 500 baravaridan; 
- biznesni (mulkiy kompleks sifatidagi korxonani, barcha turdagi 
moddiy va nomoddiy aktivlarni) baholash uchun – eng kam ish haqining 
3 000 baravaridan kam bo‗lmasligi kerak. 
6. Baholovchilarga toifa berishning sertifikatlangan baholovchilar, 
ikkinchi, birinchi va oliy toifali baholovchilarni o‗z ichiga oluvchi tizimi 
amaliyotga joriy etilsin hamda baholovchilarga quyidagi asosiy talablar 
o‗rnatilsin: 
- ikkinchi toifaga – toifa berilayotgan vaqtda baholovchi 
tashkilotda baholovchi sifatidagi bir yildan kam bo‗lmagan ish 
tajribasining, shuningdek, turli baholash obyektlarini baholash bo‗yicha 
kamida 15 ta mustaqil ravishda bajarilgan ishlarning mavjudligi; 
- birinchi toifaga – toifa berilayotgan vaqtda baholovchi 
tashkilotda baholovchi sifatidagi uch yildan kam bo‗lmagan ish 
tajribasining, shuningdek, turli baholash obyektlarini baholash bo‗yicha 
kamida 25 ta mustaqil ravishda bajarilgan ishlarning mavjudligi; 
- oliy toifa – toifa berilayotgan vaqtda baholovchi tashkilotda 
baholovchi sifatidagi besh yildan kam bo‗lmagan ish tajribasining, 


208 
shuningdek, turli baholash obyektlarini baholash bo‗yicha kamida 35 ta 
mustaqil ravishda bajarilgan ishlarning mavjudligi. 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi 
milliy agentligi bir oy muddatda Baholovchilarga toifalar berish tartibi 
to‗g‗risidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin. 
7. Belgilab qo‗yilsinki: 
- baholovchi tashkilot ustav kapitali (ustav jamg‗armasi)ning 
kamida 51 foizi mazkur baholovchi tashkilotning bitta yoki bir nechta 
shtatdagi baholovchisiga tegishli bo‗lishi lozim;
- 2019-yil 1-yanvaridan boshlab baholovchi tashkilotning rahbari 
faqat birinchi yoki oliy toifadagi baholovchi bo‗lishi mumkin; 
- baholovchi, agar u boshqa baholovchi tashkilot shtatida turgan 
bo‗lsa, baholovchi tashkilot tomonidan fuqarolik-huquqiy shartnoma 
asosida baholash ishlarini olib borishga jalb qilina olmaydi; 
- buyurtmachi yoki boshqa shaxslarning, agar bu baholash 
natijasining ishonchliligiga salbiy ta‘sir ko‗rsatishi mumkin bo‗lsa, 
baholovchining faoliyatiga aralashuviga, jumladan, baholash obyektini 
baholashda aniqlanishi yoki ta‘riflanishi lozim bo‗lgan masalalar 
doirasini cheklashga yo‗l qo‗yilmaydi; 
- baholovchi obyektiv baholashni olib borishga monelik qiladigan 
holatlar yuzaga kelganligi oqibatida baholashni o‗tkazishda ishtirok eta 
olmasligi haqida buyurtmachiga yoki mehnat shartnomasini tuzgan 
baholash tashkilotiga ma‘lumot berishi shart; 
- baholash obyektini baholashni o‗tkazganligi uchun baholovchiga 
to‗lanadigan haq miqdori baholash obyekti qiymatining yakuniy 
miqdoriga bog‗liq bo‗la olmaydi; 
- baholash haqida hisobotning haqqoniyligini ekspertiza qilish 
uchun faqat birinchi yoki oliy toifa baholovchilar jalb etilishi mumkin. 
8. Affillangan shaxs bo‗lgan baholovchi tashkilot yoki baholovchi 
tomonidan baholash haqida hisobotlar haqqoniyligini ekspertizadan 
o‗tkazish taqiqlansin, bunday shaxslar deb quyidagilar tan olinadi: 
- baholashni olib borgan baholovchi tashkilot mulkdori, muassisi 
(ishtirokchisi), kreditori, sug‗urtalovchisi, baholovchisi; 


209 
- buyurtmachining mulkdori, muassisi (ishtirokchisi, aksiyadori), 
kreditori, ishchisi; 
- baholash obyektiga nisbatan mulkiy manfaatga ega bo‗lgan yoki 
mazkur bandda ko‗rsatilgan shaxslar bilan yaqin qarindosh yoki quda-
anda bo‗lgan shaxs; 
- buyurtmachi yoki baholashni olib borgan baholovchi tashkilot 
kuzatuv kengashining a‘zosi, direktor yoki boshqaruv a‘zosi 
vakolatlarini amalga oshiradigan shaxs; 
- ustav jamg‗armasi (ustav kapitali)da baholashni olib borgan 
baholovchi yoki baholovchi tashkilot ulushi bo‗lgan yuridik shaxs; 
- qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa shaxslar. 
9. Belgilansinki, davlat mulkini, shuningdek, davlat tomonidan 
sotib olinadigan obyektlarni baholash uchun baholovchi tashkilotni 
tanlash davlat xaridlari to‗g‗risidagi qonunchilikka muvofiq amalga 
oshiriladi. 
Davlat raqobat qo‗mitasi Moliya vazirligi hamda O‗zbekiston 
Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi 
bilan birgalikda bir oy muddatda Davlat raqobat qo‗mitasi va uning 
hududiy organlari buyurtmalari asosida baholash obyektini baholashda 
baholovchi tashkilotlar xizmatlari qiymatini aniqlash va xizmatga haq 
to‗lash tartibini tanqidiy qayta ko‗rib chiqsin. 
10. 
Baholovchi 
tashkilotlarga 
ko‗rsatiladigan 
xizmatlar 
qiymatining 15 foizidan kam bo‗lmagan miqdordagi dastlabki to‗lovsiz 
xizmatlar ko‗rsatishga ruxsat berilsin. 
11. O‗zbekiston Respublikasi Baholovchi tashkilotlar uyushmasi 
hamda O‗zbekiston Respublikasi Baholovchilar jamiyatiga: 
- baholovchilar va baholovchi tashkilotlar faoliyatini uslubiy 
ta‘minlash bo‗yicha maslahatlar berishni amalga oshiradigan jamoat 
ekspert kengashini tuzish, shuningdek, ularning murojaatlari asosida 
baholash haqida hisobotlarni ko‗rib chiqish va ular bo‗yicha tavsiyalar 
berish; 
- elektron tarzda hamkorlik qilish, tahliliy sharhlardan umumiy 
foydalanish va axborot bilan almashinish yo‗li bilan barcha 


210 
baholovchilar va baholash tashkilotlari (ayniqsa, mintaqalarda), davlat 
idoralari bilan samarali o‗zaro hamkorligini tashkil qilish; 
- ko‗rsatilayotgan baholash xizmatlarining sifatini asosiy mezon 
sifatida nazarda tutgan holda baholovchilar va baholovchi tashkilotlar 
faoliyatining reyting baholash tizimini joriy etish; 
- baholovchilar va bozorning boshqa ishtirokchilarini ishonchli 
ma‘lumotlar bilan ishlashini ta‘minlaydigan bozor axborotini yig‗ish va 
tahlil qilish bo‗yicha yagona uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish;
- doimiy asosda seminarlar, o‗quv kurslari, davra suhbatlari, 
uchrashuvlar, anjumanlar o‗tkazish, davlat idoralariga kiritish uchun 
baholash faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirish bo‗yicha 
takliflar ishlab chiqish va ularni keng muhokama qilish tavsiya etilsin. 
12. Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi 
kurashish departamenti O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi 
Loyiha boshqaruvi milliy agentligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan 
birgalikda 2018-yil 1-avgustga qadar muddatda 2016-2018-yillarda 
davlat mulkini baholash bo‗yicha tuzilgan kontraktlarni hamda amalga 
oshirilgan baholash natijalarini tanqidiy o‗rgansin. 
13. O‗zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va o‗rta 
maxsus ta‘lim vazirligi har yili ixtisoslashtirilgan oliy ta‘lim 
muassasalariga qabul kvotalarini shakllantirishda baholash xizmatlari 
bozorining malakali kadrlarga bo‗lgan real ehtiyojini hisobga olsin. 
14. O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha 
boshqaruvi milliy agentligi Davlat raqobat qo‗mitasi, O‗zbekiston 
Respublikasi 
Baholovchi 
tashkilotlar 
uyushmasi, 
O‗zbekiston 
Respublikasi baholovchilari jamiyati va boshqa manfaatdor idoralar 
bilan birgalikda: 
- amaldagi mulkni baholash milliy standartlarini tanqidiy qayta 
ko‗rib chiqish, ularni zamonaviy talablarga muvofiqlashtirish va xalqaro 
standartlar bilan uyg‗unlashtirish, yetishmaydigan mulkni baholash 
standartlarini ishlab chiqish va joriy etish, shuningdek, eskirganlarining 
kuchini yo‗qotish choralarini ko‗rsin; 


211 
- bir oy muddatda baholash faoliyati sohasida kadrlarni tayyorlash, 
qayta tayyorlash va malakasini oshirishga oid davlat talablarini ishlab 
chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin; 
- bir oy muddatda Baholovchi tashkilotlar va baholovchilar 
to‗g‗risidagi yangilangan nizomni tasdiqlash, shuningdek, qonun 
hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‗zgartirish va 
qo‗shimchalar to‗g‗risida takliflar kiritsin; 
- idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning mazkur qarorga muvofiq 
qayta ko‗rib chiqilishini ta‘minlasin‖ kabi ko‗rsatmalar aytib o‗tilgan.

Yüklə 5,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə