O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti k. Z. Xomitov



Yüklə 5,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/298
tarix16.06.2022
ölçüsü5,91 Mb.
#89585
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   298
Кучмас МКБ Дарслик pdf

Moliyaviy xatar 

 
mablag‗larning uzoq muddatli ssudalar va 
qarzlar bo‗yicha to‗lovlar uchun yetishmasligi ehtimoli bilan bog‗liq 
xatar. Moliyaviy xatarning ortishi moliyaviy leverejning oshishi bilan 
tavsiflanadi.
 
Moliyaviy leverej 
– uzoq muddatli majburiyatlar hajmi va 
tarkibini o‗zgartirish yo‗li bilan korxona foydasiga ta‘sir ko‗rsatish 
zarurati 
tufayli 
aksiyadorlarga 
to‗lash uchun mablag‗larning 
yetishmasligi bilan bog‗liq xatar bilan shartlangan. 
Moliyaviy dastakning ikkita konsepsiyasi mavjud: 

moliyaviy dastak foiz va soliqlar to‗langunga qadar foydaning 
foizli o‗zgarishi tufayli yuzaga keladigan bir aksiyaga to‗g‗ri keladigan 
sof foydaning foizli o‗zgarishi sifatida hisoblab chiqiladi (moliyaviy 
dastak koeffitsiyenti); 


199 

moliyaviy dastak qarz mablag‗laridan foydalanish hisobidan 
olinadigan o‗z mablag‗larining rentabelligiga ko‗payish sifatida ko‗rib 
chiqiladi.
Moliyaviy dastak koeffitsiyenti 


Rentabellik ko„rsatkichlari. 
Ko‗rsatkichlarning mazkur guruhi 
mulk sohibi – korxona xo‗jalik faoliyatining samaradorligi haqida 
tasavvurga ega bo‗lish imkonini beradi. Rentabellikni tavsiflovchi 
ko‗rsatkichlarning ikkita guruhini ajratish mumkin: 

sotuvlar; 

aktivlarning bir qismi yoki aktivlar yig‗indisi. 
Sotuvlar rentabelligi – foydaning sotishdan netto – tushumga 
nisbati. Baholash maqsadlari va qiyoslanadigan korxonalar bo‗yicha 
ma‘lumotlarga qarab o‗zgaruvchan surʼatga ega bo‗lgan sotuvlar 
rentabelligini hisoblab chiqish mumkin. 
Mahsulot rentabelligi aylanmaning har bir so‗mida foizlar va 
soliqlar to‗langunga qadar foydaning salmog‗ini ko‗rsatadi. 
Mahsulot rentabelligi 


Tijorat marjasi


Yuqorida baholash vaqtida eng ko‗p uchraydigan moliyaviy 
koeffitsiyentlar guruhlari ko‗rib chiqildi. Ularni tanlab olishning asosiy 
mezoni: qiyoslanadigan korxonalar ko‗chmas mulklari bo‗yicha 
ma‘lumotlarning mavjudligi va hisob-kitobning yagona uslubiyati 
hisoblanadi. Hisoblab chiqilgan koeffitsiyentlar: 

o‗xshash korxona ko‗rsatkichlari bilan; 

tarmoq bo‗yicha o‗rtacha ko‗rsatkichlar bilan; 


200 

korxona rivojlanishidagi tendensiyalarni aniqlash maqsadida 
qator yillar ma‘lumotlari bilan taqqoslanadi. 
Yuqorida bayon etilganlarni umumlashtirish asosida ta‘kidlash 
lozimki, korxona haqidagi axborotga ishlov berish, korxonaning 
buxgalterlik hisobi va hisobotlari bo‗yicha hujjatlarni tuzatish va 
shakllarni o‗zgartirish korxona (biznes) qiymatini baholashning eng 
murakkab va mas‘uliyatli bosqichlaridan biri hisoblanadi. Hozirgi kunda 
korxonalarni (bizneni) baholashda ushbu ish hozircha to‗liq hajmda 
amalga 
oshirilmayapti. 
Bunga 
to‗sqinlik qiluvchi sabablardan 
quyidagilarni keltirish mumkin: 

zarur axborot-tahliliy bazaning mavjud emasligi; 

moddiy va nomoddiy aktivlar bozorining ishtirokchilari 
tomonidan baholash xizmatlarining ishonchliligini oshirishda ushbu 
ishning ahamiyatiga yetarlicha baho berilmasligi; 

baholash faoliyati bilan band bo‗lgan kadrlar malakasining 
yetarli darajada emasligi. 
Xalqaro talablardan kelib chiqqan holda, baholash ishlari axborot-
tahliliy bazasining shakllanishi, korxona ko‗chmas mulki qiymatini 
baholash tajribasining to‗planishiga qarab korxona ko‗chmas mulki 
haqidagi axborotga ishlov berishni to‗liq hajmda bajarish, korxonaning 
buxgalterlik hisobi va hisobotlari bo‗yicha hujjatlarni normallashtirish 
va shakllarini o‗zgartirish baholash xizmatlarini sifatli olib borishning 
majburiy shartiga aylanadi. 

Yüklə 5,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə