199
moliyaviy dastak qarz mablag‗laridan foydalanish hisobidan
olinadigan o‗z mablag‗larining rentabelligiga ko‗payish sifatida ko‗rib
chiqiladi.
Moliyaviy dastak koeffitsiyenti
=
=
Rentabellik ko„rsatkichlari.
Ko‗rsatkichlarning mazkur guruhi
mulk sohibi – korxona xo‗jalik faoliyatining
samaradorligi haqida
tasavvurga ega bo‗lish imkonini beradi. Rentabellikni tavsiflovchi
ko‗rsatkichlarning ikkita guruhini ajratish mumkin:
sotuvlar;
aktivlarning bir qismi yoki aktivlar yig‗indisi.
Sotuvlar rentabelligi – foydaning sotishdan netto – tushumga
nisbati. Baholash maqsadlari va qiyoslanadigan korxonalar bo‗yicha
ma‘lumotlarga qarab o‗zgaruvchan surʼatga ega bo‗lgan sotuvlar
rentabelligini hisoblab chiqish mumkin.
Mahsulot rentabelligi aylanmaning har bir so‗mida
foizlar va
soliqlar to‗langunga qadar foydaning salmog‗ini ko‗rsatadi.
Mahsulot rentabelligi
=
=
Tijorat marjasi
=
=
Yuqorida baholash vaqtida eng ko‗p uchraydigan moliyaviy
koeffitsiyentlar guruhlari ko‗rib chiqildi. Ularni tanlab olishning asosiy
mezoni: qiyoslanadigan korxonalar ko‗chmas mulklari bo‗yicha
ma‘lumotlarning mavjudligi va hisob-kitobning yagona uslubiyati
hisoblanadi. Hisoblab chiqilgan koeffitsiyentlar:
o‗xshash korxona ko‗rsatkichlari bilan;
tarmoq bo‗yicha o‗rtacha ko‗rsatkichlar bilan;
200
korxona rivojlanishidagi tendensiyalarni
aniqlash maqsadida
qator yillar ma‘lumotlari bilan taqqoslanadi.
Yuqorida bayon etilganlarni umumlashtirish asosida ta‘kidlash
lozimki, korxona haqidagi axborotga ishlov berish, korxonaning
buxgalterlik hisobi va hisobotlari bo‗yicha hujjatlarni tuzatish va
shakllarni o‗zgartirish korxona (biznes)
qiymatini baholashning eng
murakkab va mas‘uliyatli bosqichlaridan biri hisoblanadi. Hozirgi kunda
korxonalarni (bizneni) baholashda ushbu ish hozircha to‗liq hajmda
amalga
oshirilmayapti.
Bunga
to‗sqinlik qiluvchi sabablardan
quyidagilarni keltirish mumkin:
zarur axborot-tahliliy bazaning mavjud emasligi;
moddiy va nomoddiy aktivlar bozorining ishtirokchilari
tomonidan baholash xizmatlarining ishonchliligini
oshirishda ushbu
ishning ahamiyatiga yetarlicha baho berilmasligi;
baholash faoliyati bilan band bo‗lgan kadrlar malakasining
yetarli darajada emasligi.
Xalqaro talablardan kelib chiqqan holda, baholash ishlari axborot-
tahliliy bazasining shakllanishi, korxona ko‗chmas mulki qiymatini
baholash tajribasining to‗planishiga qarab korxona ko‗chmas
mulki
haqidagi axborotga ishlov berishni to‗liq hajmda bajarish, korxonaning
buxgalterlik hisobi va hisobotlari bo‗yicha hujjatlarni normallashtirish
va shakllarini o‗zgartirish baholash xizmatlarini
sifatli olib borishning
majburiy shartiga aylanadi.
Dostları ilə paylaş: