O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti k. Z. Xomitov


Ekspertizaning joylashuv jihatlari



Yüklə 5,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/298
tarix16.06.2022
ölçüsü5,91 Mb.
#89585
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   298
Кучмас МКБ Дарслик pdf

 
Ekspertizaning joylashuv jihatlari 
 
Obyekt 
Predmet 
O„lchov 
Natija 
Tеxnik ekspеrtiza
vazifalari 
Konstruksiyalar 
uchun takliflar
kеltirish 
Planirovkani 
oʻzgartirish 
mumkinligi 
va b.q. 
Huquqiy maqomni 
tasdiqlovchi 
hujjatlarni 
amalliligini 
oʻrnatilishi 


192 
Ko‗chmas 
mulk obyekti 
bo‗yicha 
shaharsozlik 
qoida va 
hujjatlari 
hamda u 
haqida 
marketing 
axboroti 
Inson va 
transport 
yo‗nalishi, 
transport kirish 
mumkinligi, 
talab 
Intensiv 
yo‗nalishiga 
yaqinligi, 
uchastkaning 
rekreatsion 
xususiyati 
KMO joylashuvi va 
uchastkaning 
foydalanilishi 
bo‗yicha 
omadlilik/omadsizlik 
Obyektga yetish 
vaqti, tovush darajasi, 
havoning tozalik 
darajasi va boshqa 
fazilatlari 
 
Iqtisodiy ekspertiza 
 
4. Iqtisodiy ekspertizaning mohiyati
shundan iboratki, KMOdan 
aniq va taxminiy (kutilayotgan) ko‗rsatkichlarni xarakterlab, 
retrospektiv va perspektiv hisob-kitob ko‗rsatkichlarini hisoblab tahlil 
qiladi va ular asosida ko‗chmas mulkdan taxminiy iqtisodiy 
samaradorligidan 
foydalanishda 
professional 
xulosa 
chiqaradi, 
shuningdek, vositalar qaytimi, ushbu obyektning egalik qilishga ketgan 
xarajatlarini hisobga oladi.
Iqtisodiy ekspertizaning asosiy jihatlari 
 
Obyekt
Predmet
O„lchov
Natija turi
Natija
Bino, inshoot, 
yer mol-mulk 
kompleksi va 
b.q. 
Foydalanish 
samarador-
ligi 
Ishlab chiqarish 
hajmi, 
qimmatliligi, 
kapital qaytimi 
Sifatli 
Samarali/ 
samarasiz 
Miqdoriy 
Narxning 
aniq (dolzarb) 
turi ma‘nosi 
Ekologik ekspertiza 
5. Ekologik ekspertiza
KMO bo‗yicha loyihaviy hujjatlarni 
o‗rganishdan iborat bo‗lib, real jarayon tadqiqoti, uning funksional 
faoliyati va bu asosda real va potensial xavf to‗g‗risida professional 
xulosalarning rasmiylashuvi, yani obyekt atrof-muhit uchun xavf 


193 
tug‗dirishi mumkin yoki xavf tug‗dirayotgani (ekspertizaning endogen 
yo‗nalishi) va mulkdorning o‗zi uchun (ekspertizaning ekzogen 
yo‗nalishi), ishlab chiqarish yoki xo‗jalik faoliyatidan chiqayotgan 
chiqindilar atmosferaga tarqalishi, suv omborlariga chiqindilar chiqishi, 
turli 
xil 
zarar 
narsalar 
chiqishi, 
ko‗rilayotgan 
obyekt 
ekspluatatsiyasining mosligi, shuningdek, boshqa turdagi chiqindilar, 
bunday xavfni kamaytirish uchun takliflar ishlab chiqilishi, obyektning 
faoliyati boshlanmasdan oldin ularni hal etilishi ko‗zda tutiladi.
Ko„chmas mulk ekologik ekspertizasining asosiy jihatlari 
 
Obyekt
Predmet
O„lchov
Natija 
turi
Natija
Bino, 
inshoot, yer 
mol-mulk 
kompleksi 
(ishlab 
chiqarish 
korxonasi) 
Obyektning 
funksional 
faoliyatidan 
kelib 
chiqadigan 
xavf 
Atrof-
muhit va 
insonga 
zarar 
keltirish 
darajasi 
Sifatli 
Xavf 
tug‗dirmaydiga
n/tug‗diradigan 
Miqdoriy 
Chiqindilar va 
shunga 
o‗xshash 
zararlarning 
mohiyati 
 
Ko„chmas mulk kadastrining mazmuni va tizimi
Turar-joy bino va inshootlarini davlat ro‗yxatidan o‗tkazish uchun 
texnik inventarizatsiya byurosi (BTI) har bir shahar va shaharcha, 
shaharlarda esa har bir tuman bo‗yicha reestr kitoblarini, noturar joy 
bino va inshootlari uchun esa davlat kadastr xizmatlari – tuman, shahar 
kadastr kitoblarini yuritadi. 
Maxfiylik rejimiga ega bino va inshootlar maxsus kadastr kitobida 
ro‗yxatdan o‗tadi. Uni yuritish xususiyatlari va bu obyektlarning 
ro‗yxatdan o‗tish ma‘lumotlaridan foydalanish shartlari qonun hujjatlari 
bilan belgilanadi. 
Davlat ro‗yxatidan o‗tilayotganda kadastr (reestr) kitobida bino va 
inshootlarga bo‗lgan egalik huquqi yoki boshqa mulkiy huquqlar (paydo 


194 
bo‗lishi, cheklanishi, bir shaxsdan ikkinchisiga o‗tishi va tugatilishi), 
hamda obyektni tavsiflovchi boshqa ma‘lumotlar qayd qilinadi. 
Kadastr va reestr kitobidagi qaydnomalar kadastr uchastkalari 
bo‗yicha olib boriladi. Har bir bino, inshoot uchun alohida kadastr 
raqami beriladi. 
Ro‗yxatdan o‗tish vaqtida noma‘lum bo‗lgan, bino, inshootning 
ro‗yxatdan o‗tganlik huquqini aniqlashga katta ta‘sir qiladigan 
sharoitlarni oydinlashtirishda huquqning ro‗yxatdan o‗tganligini bekor 
qilish sud tartibida amalga oshiriladi.
Kadastr va reestr kitoblariga, har bir fond uchun alohida, maxsus 
reestrlar yuritiladi. 
Bino va inshootlarni mulkdorlari hisobiga davlat ro‗yxatidan 
o‗tkazish ko‗chmas mulk kadastri xizmati yoki BTI da, haqiqiy, 
huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgan holda amalga oshiriladi. 
Bino va inshootlarga bo‗lgan huquqning paydo bo‗lishi, bir 
shaxsdan ikkinchisiga o‗tishi yoki boshqa mulkiy huquqlarni davlat 
ro‗yxatidan o‗tkazish uchun yuridik shaxslardan eng kam ish haqining 
ikkidan bir qismi miqdorida, jismoniy shaxslardan esa o‗ndan bir qismi 
miqdorida to‗lov undiriladi. Egalik huquqining yoki boshqa mulkiy 
huquqlar subyekti o‗zgarishini keltirib chiqarmaydigan, obyektning 
huquqiy holatini o‗zgarishi sharoitida ko‗rsatilgan miqdorning yarmi 
undiriladi. Davlat ro‗yxatidan o‗tish haqidagi guvohnoma blanki uchun 
alohida to‗lov amalga oshiriladi. 
Bundan tashqari, bino va inshootning birlamchi ro‗yxatdan o‗tish 
jarayonida mulkdorga 07.01.2014 yilda qabul qilingan №1 sonli O‗zR 
Vazirlar Mahkamasining ―Ko‗chmas mulkka bo‗lgan huquqlarni davlat 
ro‗yxatidan o‗tkazish tartibini takomillashtirish haqida‖gi qarori bilan 
tasdiqlangan shaklda bino va inshootning davlat ro‗yxatdan o‗tganligi 
haqidagi guvohnoma beriladi. 

Yüklə 5,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə