O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti k. Z. Xomitov


 Ko„chmas mulk ekspertizasi va qiymatini baholash hisobotlari



Yüklə 5,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/298
tarix16.06.2022
ölçüsü5,91 Mb.
#89585
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   298
Кучмас МКБ Дарслик pdf

7.6. Ko„chmas mulk ekspertizasi va qiymatini baholash hisobotlari 
bazasini shakllantirish
 
«Ekspertiza» deganda mukammal tekshiruv, tadqiqot, puxta 
izlanish tushunilib, u obyektning xususiyati, kamchiligi, nuqsonlari
ustunliklari va hislatlari, shuningdek, ularning kamchiliklarini bartaraf 
etish yo‗llari, xususiyatlarini yanada yaxshilash, mulkdorlarni qiziqtirish 
yo‗llarini ishlab chiqish va bular asosida professional natijalarni 
rasmiylashtirish kiradi.
Ekspertizaning vazifasi, yuqorida aytib o‗tilganidek, sotuvchi va 
xaridor o‗rtasidagi axborotni mukammal darajada bo‗lishini hamda 
ko‗chmas mulkni baholash jarayonining axboroti mukammalligini 
ta‘minlanishidan iborat. 
Ko‗chmas mulk obyektlari bo‗yicha ekspert (baholovchi) 
tomonidan quyidagi turdagi ekspertizalar o‗tkazilishi mumkin:

huquqiy ekspertiza;

texnik ekspertiza;


189 

joylashuv ekspertizasi; 

iqtisodiy ekspertiza;

ekologik ekspertiza.
1. Huquqiy ekspertizaning
xususiyatlaridan biri bu ko‗chmas 
mulk obyektlariga (KMO) egalik qilish hujjatlarini tekshirishdan iborat 
bo‗lib, obyektni sotib olishda hujjatlarning qonuniyligi, obyektning 
tozaligi aniqlanadi. 
Ma‘lumki, KMO bo‗lishi mumkin: merosga qolishi, sovg‗a 
qilinishi, xarid qilinishi, noqonuniy mulkka egalik hollarda amalga 
oshiriladi. 
Yuqorida 
aytib 
o‗tilgandek, 
o‗z 
vaqtida 
hujjatlarni 
rasmiylashtirilmaganlik va hujjat soxtalashgan bo‗lsa, bunday holatlarda
huquqiy maqomni tasdiqlovchi hujjatlar bo‗lmasligi mumkin. 
Huquqiy ekspertizaning birlamchi maqsadi – KMO bilan bog‗liq 
bo‗lgan huquqiy maqomni tasdiqlovchi hujjatlarga aniqlik kiritishdan 
iborat. 

Yüklə 5,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə