O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti k. Z. Xomitov


 Daromadli yondashuv va uning usullari



Yüklə 5,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə112/298
tarix16.06.2022
ölçüsü5,91 Mb.
#89585
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   298
Кучмас МКБ Дарслик pdf

 
2. Daromadli yondashuv va uning usullari. 
Ko‗chmas mulkni baholashning daromadli yondashuvi salohiyatli 
xaridor (sarmoyador) tomonidan kutilayotgan daromadlar shartiga ko‗ra 
obyekt qiymatini baholashga imkon beradi. 
Bu yondashuv daromad keltiruvchi ko‗chmas mulkni baholashda 
qo‗llaniladi. Ko‗chmas mulkka egalik qilishdan tushadigan daromad 
quyidagi ko‗rinishlarda bo‗lishi mumkin: 
-
joriy va kelgusi kirimlar (sh.j., davriy to‗lovlar); 
-
soliqlarning joriy va kelgusi iqtisodi; 
-
ko‗chmas mulkning kelgusida sotilishi va garov (ipoteka) 
vaqtidagi ko‗chmas mulk qiymatining o‗sishidan kelgan daromad; 
-
kelgusidagi sotuv, ayirboshlash, tuhfa qilishdagi hosil qilingan 
soliq jamg‗armalari; 
-
boshqa ehtimolli pul kirimlari va foydalar. 
Ushbu yondashuvda ko‗zda tutilishicha, baholash sanasidagi 
binoning narxi, uning egasi kelgusi yillar davomida binoni ijaraga 
topshirishdan yoki unda daromadli biznesni joylashtirishdan olishi 
mumkin bo‗lgan sof daromadlarning joriy qiymatidir. 


224 
Agar bino eng yaxshi va samarali usulda ishlatilsa, undan ijaraga 
topshirish uchun foydalanish maqsadga muvofiqdir. Obyektni qurish, 
ishlatish, qayta tiklash va sotilish ehtimoli uchun ketadigan vaqt hisobga 
olinib, ularning davomiyligidan (hisob-kitob doirasi) bozor davri 
mobaynida bo‗lajak daromadi aniqlanadi. Hisob-kitob doirasi bozor 
ahvoli hisobga olingan holda, 3-5 yil deb qabul qilinishi mumkin. Hisob-
kitob doirasi muomala faoliyatining sur‘ati, daromadlar va xarajatlar 
olinishining tezligini aniqlaydigan hisob-kitob qadami (oy, kvartal, yil) 
bilan o‗lchanadi. 
Daromadlar va xarajatlarni baholashda ham retrospektiv (ilgarigi), 
ham bashoratli (kelgusi) ma‘lumotlardan foydalanish mumkin. 
Bu yondashuvda bir necha usullar qo‗llanishi mumkin: 

Yüklə 5,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə