O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti k. Z. Xomitov


Balans qiymati usuli va tuzatilgan balans qiymati usuli



Yüklə 5,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə110/298
tarix16.06.2022
ölçüsü5,91 Mb.
#89585
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   298
Кучмас МКБ Дарслик pdf

Balans qiymati usuli va tuzatilgan balans qiymati usuli
.
Ko‗chmas mulk (korxona)ning qiymati u o‗tmishda qanday salohiyat 
to‗plaganiga bog‗liq. Bu salohiyatning eng muhim tavsifi uning aktivlari 
qiymatidir. Aktivlarni baholash negizida balans (yoki kitobiy) qiymat 
usuli yotadi. Xalqaro buxgalteriya hisobi tamoyillariga muvofiq
korxonaning balans qiymati korxonaning yemirilish natijasida olib 
tashlangan aktivlari bilan uning majburiyatlari orasidagi farqdan iborat. 
O„rindoshlik usuli. 
Aktivlarning joriy qiymatini baholash negizida o‗rindoshlik va 
tugatish qiymatlari usullari yotadi. O‗rindoshlik usuli quyidagi savolga 
javob olish imkonini beradi: shunday biznesni hozir boshlash va bozorda 
o‗xshash mavqega erishish uchun qancha mablag‗ zarur? Mazkur usul 
baholanadigan mulkning funksional, iqtisodiy va jismoniy yemirilishi 
uchun qilingan tuzatishlarni hisobga olgan holda uning o‗rindoshlik 
qiymatini belgilash orqali korxona mulkining iqtisodiy qiymatini 


222 
aniqlashni o‗z ichiga oladi. 
Tugatish qiymati usuli. 
Tugatish qiymati korxona tugatilganidan, aktivlar sotilganidan va 
qarzlar to‗langanidan keyin qancha mablag‗ qolishini ko‗rsatadi. 
Ma‘lumki, tugatish qiymati tuzatilgan balans qiymatidan tugatishga 
ketgan chiqimlar miqdoriga qaraganda kamdir. Bu komission olib 
sotishlarni, tovar zaxiralarini sotishga, debitorlik qarzini yig‗ishga, 
xodimlarni bo‗shatishga ketadigan xarajatlarni o‗z ichiga oladi. Bundan 
tashqari, tezkor sotuvlarda sotilish narxi odatda bozordagi normal 
narxdan kamroq bo‗ladi. 
Tugatish qiymati usuli joylashgan o‗rni, ixtisoslashganlik, 
likvidlik darajasi singari o‗ziga xos omillarni hisobga olgan holda 
korxona mulkini ro‗yxatga olishni va har bir aktivni baholashni 
mo‗ljallaydi. Bunda shulardan biri tugatish qiymatini oshirgan holda 
boshqalarini kamaytiradi. Keyin majburiyatlar va tugatish chiqimlarini 
ayiradilar. Tugatish qiymatidan biznes daromad keltirmaganida va 
rivojlanish istiqboliga ega bo‗lmaganida foydalaniladi. Shunday qilib, 
tugatish qiymati korxonaning bankrotlikka uchrashi ehtimoli katta 
bo‗lganida uning minimal sotilish narxini belgilaydi. 

Yüklə 5,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə