O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti k. Z. Xomitov


 Ko„chmas mulk turlari bo„yicha qiymatini



Yüklə 5,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə109/298
tarix16.06.2022
ölçüsü5,91 Mb.
#89585
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   298
Кучмас МКБ Дарслик pdf

8.2. Ko„chmas mulk turlari bo„yicha qiymatini
uch yondashuv asosida baholash 
 
Ko‗chmas mulk qiymatini baholashdagi bosh muammo – bu asos 
sifatida 
obyektning 
o‗tmishi va hozirgi ahvoli to‗g‗risidagi 
ma‘lumotlarni aniqlash va kelgusi holati maqbul bashoratlarini 
topishdan iborat. Baho berishda bu yondashuvlar bir-birini istisno 
qilmay, balki o‗zaro to‗ldiradi va ulardan har biri bir necha usullarni 
birlashtiradi. 
G‗arb amaliyotida obyektlarni baholashning ko‗plab usullari 
mavjud bo‗lib, ular ijobiy va salbiy sifatlarga ega. Masalan, avvalgi davr 
va joriy ma‘lumotlarga asoslangan butun-boshli usullar guruhini ajratib 
ko‗rsatish mumkin. 
Bu usullarni hisob-kitoblarni bajarish jarayoniga nisbatan o‗z 
yondashuvlari bo‗yicha tasniflash mumkin. Mutaxassislarda eng ko‗p 
tanilgan, shu tasnif bo‗yicha ko‗chmas mulkni baholash usullari uchta 
guruhga birlashgan: 1) xarajatli yondashuv; 2) daromadli yondashuv; 3) 
qiyosiy yondashuv. 
 
 


220 
1. Xarajatli yondashuv va uning usullari.
Xarajatli yondashuvga ko‗ra turli ko‗chmas mulkning bozor 
qiymati, erkin yer maydonining qiymat summasi va yaroqsizlikni 
hisobga olgan holda uni yaxshilash uchun olib borilgan qurilish 
ishlarining qiymati sifatida aniqlanadi
16
. Xarajat yondashuvida baho 
tamoyillarining izchil qo‗llanilishi quyidagi muhim xulosani chiqarishga 
olib keladi: ya‘ni ko‗chmas mulkni qurilish narxi (xarajatlar) va bozor 
narxi bir-biridan farqlidir. 
Nazariy jihatdan olganda turli ko‗chmas mulkning balanslangan va 
mukammal bozorda turli xildagi ko‗chmas mulk obyektini yaratishga 
ketgan bozor xarajatlari, sotuv bo‗yicha bozor axborotlari hamda 
ko‗chmas mulkdan kelgan daromad qiymatining bitta va bir xil 
ma‘nosiga mos kelishi lozim. Bu esa har bir doimiy talab va taklif 
kuchini muvofiqlashtirib turadi. 
Ikkinchi tomondan esa, agar tadbirkor sarmoyador bozor narxi 
bo‗yicha qurilish resurslarini sotib olish va keyinchalik qurib bitkazilgan 
obyektni ochiq bozorda sotish uchun mablag‗ qo‗ysa, unda xarajatlarni 
obyektning ochiq bozordagi narxi bilan qiyoslasa, to‗g‗ri bo‗ladi. 
Boshqacha aytganda, ochiq bozorda almashuv paytidagi narxni 
aniqlashda xarajat yondashuvi orqali belgilanadigan daraja – bo‗lg‗usi 
foydalanuvchining fikrini aks ettiruvchi nuqtayi nazar bo‗ladi. Ayniqsa 
bu yangi obyektlarga yoki kichik muddatga ekspluatatsiya qilinuvchi 
obyektlarga taalluqlidir. 
Savdo avj oladigan ko‗chmas mulk bozorida bozor narxini 
aniqlash uchun qiyosiy yondashuvning sotuvlarni taqqoslash usuliga 
yoki daromadli yondashuvning daromadni kapitallashtirish usuliga urg‗u 
beriladi. Bunday paytda xarajat yondashuvi qandaydir ikkinchi darajaga 
tushib qoladi. Biroq, ko‗pchilik hollarda xarajat yondashuvi orqali 
belgilangan narx bozor narxining oxirgi darajasi haqida xulosa chiqarish 
uchun zarur taqqoslovchi bo‗lib xizmat qiladi. Baholashning uch 
yondashuvi orqali olingan qiymatlarga olib kelgan sabab hamda 
tendensiyalarni aniqlash eng asosiy omildir. 
16
Toʻychiеv N.J., Nigmanova G.A. Mulkni baholash. Oʻquv qo‘llanma. - Toshkеnt: 2011. – 60 b.


221 
Shunday qilib, ko‗chmas mulkning bozor narxini aniqlashning 
xarajat yondashuvi – bu bir tomondan bozor narxini aniqlash tadbirining 
zaruriy bo‗lagi, ikkinchi tomondan – ko‗chmas mulkning bahosi 
to‗g‗risidagi tasavvurni anglash uchun yagona vosita sanaladi. 
Shu bilan birga, uzoq muddat xizmat qilayotgan obyektlarning 
to‗plangan yemirilish qiymatini va tadbirkorlar foydasini aniqlashning 
qiyinligi 
tufayli 
baholashda 
xarajat 
yondashuvi 
ma‘lum bir 
cheklanishlarga ega. Bundan tashqari, xarajat yondashuvi bilan baholash 
natijalari mulkga to‗liq egalik qilish huquqini aks ettiradi, shuning uchun 
mulkga qisman egalik qilish huquqlarini baholashda ularni o‗zaro 
muvofiqlashtirish kerak bo‗ladi. 
Ko‗chmas mulk qiymatini aniqlashga xarajat nuqtayi nazaridan 
yondashuv shunga asoslangan, bino qurilishi xarajatlari, uchastkani 
tayyorlash va yaxshilashga ketgan xarajatlar ko‗chmas mulk qiymatini 
belgilashda asosiy mo‗ljal hisoblanadi. Xarajatlar har doim ham 
obyektning bozor qiymatini aks ettiravermaydi. Foydalanish davrida 
binoni yaxshilash uchun bajarilgan ishlar obyekt qiymatini o‗zgartiradi 
va bu alohida hisobga olinishi lozim. 
Xarajat yondashuvining usullari quyidagilar: 

Yüklə 5,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə