O’zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 243,81 Kb.
səhifə4/7
tarix08.02.2022
ölçüsü243,81 Kb.
#83584
1   2   3   4   5   6   7
ESANOVA SHaxnoza. 302. KURS ISHI (5)

- Gapni bo’lmaslik, bir-birini tinglash, tinglay olish ko’nikmasi,navbat bilan

gapirish ko’nikmasi, qo’l ko’tarish qoidasiga amal qilish,sabr-toqatli bo’lish,

o’zaro hurmat.

D a rsni muammoli tarzda tashkil etish uchun birinchi galda talaba bahsmunozara

uyritishga, fikrlarini erkin bayon etishga, tanqidiy munosabat

bildirishga tayyor bo’lishi lozim. Buning uchun qo’yiladigan muammolarga

bog’liq bo’lgan tushunchalar uyzaga chiqariladi. So’ngra muammoga aniqlik

kiritilib, ma’lum hulosalar chiqariladi. Bu jarayon fikr mulohazalarda

ifodalanadi.

M u ammoni hal etish jarayonida talabaning faol ishtirokini ta’minlash

maqsadida darsni shartli ravishda quyidagi uch fazaga ajratish mumkin:

· chaqiruv fazasi, anglash fazasi, fikrlash fazasi.

Chaqiruv fazasi darsning birinchi bosqichi bo’lib, talabalardagi mavjud bilimlar

aniqlanadi va talabaning diqqati muammoga jalb etiladi. Chaqiruv fazasini tashkil

etish uchun quyidagi shakldagi savollardan unumli foydalanish mumkin:

· bu haqda qanday ma’lumotga egasiz? bu xususida nimani bilishni



xohlaysiz?

A nglash fazasida qo’yilgan muammoni anglab yetishi va hal etish nazarda

tutiladi. Bunda turli interfaol usullardan foydalanish yaxshi samara beradi.

Jumladan mikroguruhlar tuzish, munozara tashkil etish va quyidagi tartibda

savollar qo’yish mumkin:

Siz uchun yangi ma’lumotlar bormi? Ushbu masala uyzasidan sizning fikringiz

qanday? Sizda qaysi jihat katta taassurot qoldirdi? Buning ahamiyati nimada deb

o’ylaysiz? Qanday natija beradi deb o’ylaysiz?

F ikrlash fazasida muammoning yechimi chiqarilib, mulohazalar bildiriladi.

Talaba o’zi xulosa chiqaradi. Talabalarni fikrlash fazasida diqqatini jalb etish

uchun quyidagi savollar bilan murojaat qilinishi samarali sanaladi:

Bu haqda qanday o’ylaysiz? Qanday yangi fikrlar keldi? Fikringizni asoslay

olasizmi? Biz ichki psixologik to’siqlari kuchli bo’lgan melanxoliklarda

kuzatuvlar olib borib, quyidagi natijalarga erishdik:

300 ta talabaning 44 foizi melanxoliklar bo’lib,ularning 8 foizi a’lo, 47foizi

o’rta, qolganlari qoniqarli o’zlashtirgani holda, 56 foizi talaba o’rtadan uyqori

intellekt darajasiga ega bo’lgan.Darslar interfaol usullar va noan’anaviy tarzda

tashkil etilganda 15 foizi a’lo, 69 foizi yaxshi darajada o’zlashtirishga, aqliy

qobiliyatlar-intellekt dinamikasi esa 84 foiziga o’sishiga erishilgan.

X ulosa o’rnida shuni aytish joizki interfaol usullarni ta’lim jarayonida

muvaffaqiyatli qo’llay olgan har bir o’qituvchi quyidagi imkoniyatlarga ega

bo’ladi:


· o’quvchilarning fikrlash qobiliyatini faollashtiradi;

· o’qituvchi ta’limning maqsadiga erishishi kafolatlanadi;

· o’quvchilar, baxs, munozara, muhokamaga yo’naltiriladi;

· o’quvchilar erkin fikrlashga o’rgatiladi;

· o’quvchilarda o’z fikrini ifoda eta olish ko’nikmasi shakllanadi;

· turli fikrlar, g’oyalar bilan tanishib, eng muhimini tanlashga o’rganadilar;

· ongli va ijodiy faoliyatini ta’minlaydi;

· o’qituvchi vaqtdan unumli foydalanadi;

· tanqidiy tafakkurni rivojlantirish imkoni yaratiladi;

· o’quv faoliyatiga bo’lgan ijobiy motivlarni shakllantiradi.

H ozirgi vaqtda laboratoriya bo’lmagani holda tadqiqot va kuzatuvlar olib

borilmoqda. Shuning uchun pedagogik-psixologik ilmiy laboratoriya tashkil etish,

shart-sharoit yaratilishi maqsadga muvofiqdir.

Dars jarayonida innovatsion metodlarni qo’llash texnologiyasi.

Hozirgi o’quvchilarni aqliy kamolotining rivojlanib borayotganligi, ularning

ilm o’rganishga chanqoqligi, yangiliklarga nisbatan cheksiz qiziqishi va ta’lim

mazmuniga talabchanligi, o’qituvchining o’z ustida ishlashini, malakasini oshirib

borishini va ongini yanada rivojlantirishini, ta’lim tizimidagi barcha yangiliklardan

boxabar bo’lib borishini talab qiladi. So’nggi yillarda ta’lim tizimiga shiddat bilan

kirib kelayotgan yangi pedagogik texnologiyalar, innovatsiyalar, yangi-yangi

pedagogik-psixologik tushunchalar, interfaol metodlarni ta’lim beruvchi

tomonidan o’zlashtirilib va qo’llanib borilishi, ta’lim jarayonini tubdan o’zgartirib

uybordi desak xato bo’lmaydi. Zamonaviy o’qituvchi dars jarayonida o’z

o’quvchi-talabalarini fanga ijodkorlik nuqtai nazari bilan qarashlarini tashkil

qilishi, ularda izlanuvchanlik xususiyatlarini shakllantirishi va albatta, yangi

pedagogik texnologiya usullaridan foydalangan holda darsni tashkil etishi kerak

bo’ladi. Buning uchun esa u yangicha ta’lim usullarini yaxshi bilishi kerak.

Zamonaviy pedagogik texnologiyalar ta’lim jarayonining barcha komponentlari;

ta’lim qonun-qoidalari, mazmuni, metodlari, vositalar va shakllarining o’quvchi

va o’qituvchi aqliy salohiyatini kuchaytirishga yunaltirilgan aniq maqsadlar

qo’yilishi hamda ularning to’la bajarilishiga kafolatli olib boradigan, o’ta

mukammal ishlab chiqilgan texnologik tizimdir.

I n terfaol metodlar (interaktiv metodlar) - o’zaro fikr almashishga, o’zaro

fikrlarni to’ldirishga, goh noverbal, goho verbal ta’sir o’tkazishga qaratilgan

harakatlar majmuasidir. Interfaol metodlar o’zaro ta’sir asosida qurilgan

intellektual harakatlar shunchaki ta’sir, turtki vazifasini bajarish bilan cheklanib

qolmasdan, balki hamkorlik suby’ektlarini ijodiy izlanishga yo’naltirish,

noma’lum holatni ochishga, kashf etishga ko’mak beruvchi nazariy-aqliy

mulohazalarda ifodalanishi mumkin. Ta’lim mazmunini o’zlashtirishda

talabalarning bilim saviyasi, o’zlashtirish darajasi, ta’lim manbai, didaktik

vazifalariga qarab, munosib ravishda quyidagi interfaol metodlar qo’llaniladi:

- o’qitishning ko’rgazmali metodi;

- mustaqil ishlar metodi;

- muammoli evristik modellashtirish metodi;

- ilmiy-tadqiqot metodlari;

- o’qitishning muammoli-izlanish va reproduktiv metodi;

- o’qitishning induktiv va deduktiv metodi;

- o’qitishning nazorat va o’zini o’zi nazorat qilish metodi.

Metodlarni qo’llanilish shakliga ko’ra guruhlanishi quyidagi ko’rinishga ega:

Birinchi guruh metodlari: o’quv axborotlarini eshitish orqali qabul qilish

metodlari (og’zaki metodlar: hikoya, ma’ruza, suhbat va boshqalar).

Ikkinchi guruh metodlari: o’quv axborotlarini ko’rgazmali uzatish va ko’rish

orqali qabul qilish metodlari (ko’rgazmali metod, tasviriy namoyish qilish va

boshqalar).

Uchinchi guruh metodlari: o’quv axborotlarini amaliy mehnat harakatlari

orqali berish (amaliy metodlar, mashqlar, laboratoriya ishlari, dastur tuzish,

pedagogik masalalarni yechish, mehnat harakatlari va boshqalar).

In te rfaol metodlar asosida tuzilgan dars tizimlarida turli metodlardan

foydalaniladi. Bunda talabalarga kitoblar, daftar va boshqa vositalardan

foydalanish taqiqlanmaydi, aksincha bunday usullarni qo’llash rag’batlantiriladi.

Innovatsion metodlar quyidagicha tasnif etilmoqda;

nyangi bilim egallashga yo’naltirilgan metodlar;

nolgan bilimlarni amalda tatbiq etishga qaratilgan metodlar;

nmustahamlash, to’ldirish va nazorat o’rnatuvchi metodlar; Amaliy harakat natijasi sifatida aks etadigan ta’lim jarayonini loyihalash

muayyan qonuniyatlarga asoslanadi. Ular quyidagilardir:

1) ta’lim jarayonini loyihalash samaradorligi barcha tarkibiy qismlar

(texnologik jarayon, texnologik jarayonni boshqarish, vosita, axborot, ijtimoiyiqtisoiy

ta’minot)ning loyihada maqsadga muvofiq yoritilishi bilan

ta’minlanadi;

2) ta’limning texnologik vositalari talabalarning individual xususiyatlariga

bog’liq holda tanlanadi;

3) loyihalash strategiyalari pedagogning individual uslubiga muvofiq

tanlanadi;

4) loyihalash sifati teskari aloqa (pedagog va talaba o’rtasidagi) ko’lami,

loyihalash mazmuni hamda barcha omillar samaradorligiga bog’liq.

O’quv jarayonlarini loyihalashtirishda ta’lim mazmunini, ta’lim maqsadi,

kutilayotgan natijani to’g’ri belgilash, ta’lim metodlari, shakllari va vositalarini

to’g’ri tanlash, talabalarning bilim, ko’nikma va malakalarini baholashni aniq

mezonlari oldindan ishlab chiqish, mashg’ulotga ajratilgan vaqt ichida ularni

to’g’ri amalga oshirish va bir-biri bilan uyg’unlashuviga e’tiborni qaratish

maqsadga muvofiq sanaladi.

O’quv jarayonida quyidagi turdagi modellar qo’llaniladi:


Yüklə 243,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə