O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy va O`rta Maxsus Ta`lim Vazirligi


-ma‘ruza Maxsus(pedagogika) fanlarni o’qitish jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanish



Yüklə 3,18 Mb.
səhifə33/131
tarix07.03.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#102046
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   131
махсус фан.укит.мет. тайёр МАЖМУА

8-ma‘ruza
Maxsus(pedagogika) fanlarni o’qitish jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanish
Reja:

  1. Texnik vositalardan dars jarayonida foydalanish ahamiyati.




  1. Texnik vositalardan o‘quv jarayonida foydalanishning afzalligi va kamchiliklari




  1. Darsda videoproektordan foydalanishning ijobiy tomonlari




  1. Multimedia nima va nima sababdan hozirda undan keng foydalaniladi?



Tayanch iboralar:m ahsus fanlar, o‘qitish jarayoni, axborot texnologiyalari,ahamiyat,ma‘ruza, seminar, amaliy mashg‘ulotlar, foydalanish.
Axborot texnologiyalari rivojlangan hozirgi davrda dars o‘tishda qanday ta'lim vositalaridan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, texnik vositalarni qo‘llab dars o‘tish o‘quvchi-talabalarning fanni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini orttirishga, berilayotgan axborotlarni chuqur o‘zlashtirishga katta yordam beradi.
Maxsus vositalar, ma'lum bir masalani, mavzuni yoritishga qaratilgan maket, videofilm, kasseta, disk, disket kabilarni o‘z ichiga oladi.

Axborotni uzatish, tasvirlash nuqtayi nazaridan texnik vositalarni tasvirlovchi (kodoskop, proektor, diaprotsessor), tovushli (magnitofon, radio, audio kabilar), audio-video kompleksi, video-magnitofon, kompyuter kabilaiga bo‘lish mumkin.


Ta'lim jarayonini amalga oshirishda yordam beruvchi vositalar ta'lim vositalari deb ataladi.


Ta'lim vositalari real va texnik vositalar hamda chop etilgan o‘quv materiallarini o‘z ichiga oladi. Uning tarkibi quyidagicha bo‘ladi.


Real ta'lim vositalari, odatda, farmatsiya yo‘nalish bo‘yicha ta'lim olish jarayonida kam ishlatiladi, lekin texnik va chop etilgan o‘quv materiallari juda keng qo‘llaniladi.


Ta'lim vositalari bir-birini to‘ldiradi va dars jarayonida uyg‘unlashadi. Ta'lim vositalari talabalarning darsni tushunishi, mustaqil ishlashi, o‘quv jarayoniga faol qatnashishiga ko‘maklashadi.

Kodoskop, proektor shaffof plyonkadagi tasvir (slaydlar)ni ekranga tushirish, aks ettirish uchun qo‘llaniladigan jihoz hisoblanadi. U foydalanish uchun qulay, moslashuvchan vosita bo‘lib, bir marta tayyorlangan plyonkadan ko‘p marta foydalanish mumkin. Doska bo‘lmaganda zarur bo‘lgan narsalarni flomaster yordamida to‘ppa-to‘g‘ri yozib ko‘rsatiladi.


O‘qituvchi qaysi vositadan qachon foydalanishi, qanday vositani qo‘llashini darsning maqsadi, mazmunidan kelib chiqqan holda oldindan belgilab olishi kerak.


Dars o‘tishda keng qo‘llaniladigan nisbatan oddiy, bir auditoriyadan ikkinchisiga olib o‘tish oson texnik vosita kodoskop va proektor hisoblanadi. Hozirgi paytda kodoskopga nisbatan proektor ko‘proq ishlatiladi. Ulardan foydalanishdan avval uning bexato ishlashini, tozaligini, xonada rozetka bor-yo‘qligini tekshirish lozim.

Slaydlar taqdimot qilinishidan oldin tartib bilan mantiqiy ketma-ketlikda tayyorlab qo‘ygan ma'qul.


O‘qituvchi taqdimot jarayonida ekranga qarab emas, balki ta'lim oluvchilarga qarab, nutq tezligiga e'tibor bergan holda gapirishi lozim, ya'ni «ko‘z aloqasi»ni saqlab turishi kerak.


Boshqa vositalar kabi proektoming ham o‘ziga xos afzalliklari va kamchiliklari mavjud.





Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə