O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy va O`rta Maxsus Ta`lim Vazirligi


Kodoskop va proektor bilan ishlashning afzalliklari



Yüklə 3,18 Mb.
səhifə34/131
tarix07.03.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#102046
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   131
махсус фан.укит.мет. тайёр МАЖМУА

Kodoskop va proektor bilan ishlashning afzalliklari:






  • plyonkalar dars boshlanishiga qadar tayyor bo‘lishi mumkin;




  • turli tarzda foydalanishni tashkil qilish mumkin,

* slaydlarni qo‘lda, fotonusxa, kompyuter yordamida tayyor-


lash va ulardan bir necha marta qaytadan foydalanish mumkin;





  • kerak bo‘lmagan qismini yopib qo‘yish mumkin;

  • rangli tasvirni qo‘llash mumkin;




  • foydalanish oson, qulay joyga ko‘chirish mumkin.

Hozirgi kunda o‘quv jarayonida, taqdimot qilishda videoproektordan tobora keng foydalanilmoqda. Undan foydalanish uchim kompyuter qurilmalari zarur. Oldindan tayyorlangan o‘quv materiallari va boshqalar videoproektor orqali namoyish qilinadi. U eng yuqori darajada taqdimot imkonini beradi. Namoyish etiladigan materiallarni turli kompyuter dasturlari: Word, Excel, Power Point, Corel Draw va boshqalarda taqdim etuvchining o‘zi tayyoriashi yoki professional darajada tayyorlangan elektron darsliklardan foydalanish mumkin. Bunda katta hajmdagi axborotni disket, kompakt disk, fleshka yordamida ko‘chirish, bir marta tayyorlab, keragicha foydalanish mumkin.


Eng muhim afzalliklaridan tayyorlangan materiallarni kamchiliklarini tezda tuzatish, zarur o‘zgartirishlar kiritish, takomillashtirib borish imkoni borligi, materiallarni kompyuter yordamida turli ko‘rinishda tayyorlash mumkinligi, rangli tasvirdan foydalanish, ularai «jonlantirish» va harakatlantirish imkoni mavjudligidir.


Videoproektor albatta boshqa vositalarga nisbatan qimmat, undan foydalanish uchun ko‘nikma talab etiladi.


Hozirgi paytda o‘quv materiallari, axborotlarni ekranda ko‘rsatish imkoni vujudga kelishi va rivojlanishi bilan o‘quv jarayonida erishilgan yutuqdan foydalanish keng yoyilib bormoqda. Zamonaviy axborot texnologiyasi kompyuter texnikasi va aloqa vositalari sohasidagi yutuqlarga tayanadi. Ularning gurkirab rivoj-lanishi turli axborotlardan samarali foydalanishga qaratilgan jamiyatning rivojlanishiga turtki bo‘ldi.


Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 13-fevraldagi majlisidagi ma'ruzasida ta'kidlab o‘tilganidek, «Bugungi kunda zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, ularni har bir mutaxassislik va sohalar bo‘yicha qo‘llash imkoniyatlarini izlash, mazkur texnologiyalarni yanada takomillashtirish jarayonlarida ishtirok etish, eng avvalo, bu boradagi bilimlarni

beruvchi, targ‘ib etuvchi pedagogik kadr va mutaxassislarni taqozo etadi».1





Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə