O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy va O`rta Maxsus Ta`lim Vazirligi



Yüklə 3,18 Mb.
səhifə35/131
tarix07.03.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#102046
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   131
махсус фан.укит.мет. тайёр МАЖМУА

Axborot texnologiyalari — bu odamlarning bilimlarini rivojlantiradigan, ularning texnika va ijtimoiy jarayonlarni boshqarish bo‘yicha imkoniyatlarini kengaytiradigan ma'lumotlarni tashkil etish, saqlash, ishlab chiqish, tiklash, uzatish usullari va texnik vositalaridir. Yana shuningdek, axborot texnologiyalari deganda, ma'lum bir maqsadga erishish uchun amalga oshiriladigan jarayonlar zanjiridan iborat yaratuvchi faoliyat tushuniladi.

Axborot texnologiyalari, birinchidan, axborotning sirkulatsiyasi va ishlov berish


majmui, ikkinchidan, bu jarayonlarning tasviridir.


Zamonaviy axborot texnologiyalami o‘quv jarayoniga tatbiq etilishi ta'limda yangicha o‘quv metodlarini keng ravishda qo‘llashga imkoniyat yaratib beradi. Maxsus ixtisoslashtirilgan auditoriyalar, chunonchi, kompyuter, televizor, videomagnitofon bilan ta'minlangan auditoriyalarda dars o‘tish borgan sari ommalashib bormoqda. Hatto uni alohida videometod sifatida talqin etilmoqda. Avniqsa, o‘quv jarayoniga kompyuterning kirib kelishi barcha didaktik funksiyalarni muvafaqqiyatli bajarish imkoniga ega videometodni keng qo‘llash imkonini beradi. Buning natijasida uni kompleks didaktik texnologiya deb ham atalmoqda. U:


* talabalarga o‘rganayotgan mavzusi, jarayon, faoliyat bo‘yicha to‘liq, ishonchli axborot berish;





  • o‘quv jarayonida ko‘rgazmalilikning rolini oshirish;




  • talaba,o‘quvchilarnixohish,talab,ehtiyojlari,qiziqishlarini

qondirish;


*o‘qituvchining talabalarning bilimini, ko‘nikmalarini sinash bilan bog‘liq texnik ishlardan ozod qilish, samarali aloqa o‘rnatish;


* talabalarni o‘zlashtirishi bo‘yicha obyektiv hisobot,

to‘la va uzluksiz uazoratni tashkil etish imkonini beradi.


Dars jarayonida axborot texnologiyadaridan foydalanishda asosiy o‘rinda multimedia turadi. Multimedia komponentlaridan foydalanishni ta'minlovchi dasturiy vositalarni yaratilishi kompyuter texnologiyalarining muhim yutuqlaridan biri bo‘ldi. Multimedianing vujudga kelishi amaliyotning talabi, nazariyaning rivojlanigi bilan yuz bergan bo‘lsada, keyingi o‘n yillikdagi keskin ravishda oldinga ketish eng avvalo texnikaning va tizimli vositalarning rivojlanishi bilan bog‘liq. Bu shaxsiy EHMlarning rivojlanishi; xotira hajmini keskin ortishi; tezlik va grafik imkoniyatlarning nihoyatda kengayishi; videotexnika, lazer disk, CD-ROM kabilarda erishilgan yutuqlar hamda ularni keng ommaviy ravishda tatbiq etilishi natijasidir. Ayniqsa, ma'lumotlarni tez va samarali kichraytirish(qisish) metodlarini ishlab chiqish nihoyatda katta rol o‘ynadi.


Zamonaviy multimedia-shaxsiy kompyuter to‘la «qurollangan» holda displey-televizor bilan birlashtirilgan stereofonik Hi-Fi uy kompleksini eslatadi.


Multimedia tasvirdi ma'lumotlar bilan ishlashga qodir bo‘lgan vosita hisoblanadi. U lotincha so‘zdan olingan bo‘lib, «ma'lumot tashuvchi vosita» degan ma'noni anglatadi.


Multimedia informatikaning dasturiy va texnikaviy vositalari asosida audio, video, matn, grafika, animatsiya (obyektlarning fazodagi, ekrandagi harakati) jadvallari asosida o‘quv materiallarini o‘quvchi, talabalarga yetkazib berishning mujassamlashgan holdagi ko‘rinishidir.


Multimedia rivojlanayotgan zamonaviy axborot texnologiyasidir. Uning ajralib turuvchi belgilariga quyidagilar kiradi: Axborotning xilma-xil turlari: an'anaviy: matn, jadvallar,


bezaklar, grafiklar, diagramma va boshqalar. Original turlar: nutq, musiqa, videofilmlardan parchalar, telekadrlar, animatsiya va boshqalarni bir dasturiy


mahg‘ulotda integratsiyalaydi. Bunday integratsiya turli qurilmalar yordamida amalga oshiriladi.


Shu bilan birga. uni qo‘llashning ayrim muammolari ham mavjud. Chunonchi, ta'lim uchun zarur bo‘lgan o‘quv materiallarini hamda boshqa zaruriy ko‘rsatmalarni kompyuter dasturlari tarzida ishlab chiqish;


Ishlab chiqilgan kompyuter dasturlari uchun multimedia elementlarini qo‘llash. POWER POINT dasturi multimedia tayyorlashda juda katta imkoniyatlarga


ega. Ulardan foydalanib, turli mavzularda multemidia tayyorlash va dars jarayonida qo‘llash keng yoyilib bormoqda. Natijada keyingi paytda alohida videometod sifatida pedagoglar tomonidan ajratib ko‘rsatilmoqda.


POWER POINT dasturida mavzuni o‘rganish yoki taqdimot materiallarini tayyorlash quyidagi kurslarni o‘z ichiga oladi:





  • maqsad qo‘yiladi, undan-kelib chiqib g‘oya shakllanadi;




  • g‘oyani asoslash uchun ma'lumotlar yig‘iladi va saralanadi;




  • yig‘ilgan ma'lumotlarni ifodalash uchun reja tuziladi;




  • bildirmoqchi bo‘lgan fikr matnda ifodalanadi;

• mavzu, o‘rganilayotgan mavzu, muammoga mos, axborotni


xotirada saqlanib qolishiga yordam beradigan dizayn tanlash;





  • muvofiq ravishda animatsiya tanlash.

Multimediadan o‘quv jarayonida foydtlanishning rivojlanishi turli-tuman multimedia mahsulotlarini, oxir-oqibatda elektron darsliklar paydo bo‘lishiga olib keldi. Ikkinchi tomondan, axborot texnologiyalarini rivojlanishi internet tarmoqlaridan keng foydalanishga yo'l ochdi. Shu bilan birga, multimedia vositalaridan keng foydalanishda ayrim obyektiv muammolar ham mavjud. Ulardan eng asosiysi, zarur kompyuter dasturlarining yetishmasligidir.

Qator mavzularni qamrab olgan, real hayotga yaqinlashtirilgan RUSE (AQSh ), MEKOM (Rossiya) va boshqa dasturlar mavjud. Ulardan foydalanib, kompyuterlarda ishlash, talabalar o‘rtasida konkurslar o‘tkazish mumkin. Lekin hali bizda ana shu dasturlarga o‘xshash farmasevtikani o‘rganadigan, qo‘llangan chora-tadbirlarning natijasini qanday bo‘lishi mumkinligini taxmin qilish imkonini beradigan dasturlar yaratilgani yo‘q.


Undan tashqari, hozircha bizda farmasevtika fanlardan dars o‘tishda qo‘llash mumkin bo‘lgan o‘quv videofimlari juda kam. Lekin ularni talabalar bilan birgalikda yaratish mumkin. Keyingi paytda masofadan o‘qitishning borgan sari yoyilib borishi, darslik, qo‘llanmalarning elektron versiyalarini yaratilishi, o‘qitish jarayonida kompyuterlardan yanada kengroq foydalanishga olib keladi.


Axborot texnologiyalarining, telekommunikatsiyalarni rivojlanishi o‘quv jarayonida telekonferensiyalarni kuzatish yoki bevosita muloqot qilish imkoniyatini ham vujudga keltiradi. Telekonferensiyalarni o‘tkazish uchun quyidagi apparaturalar: terminallar, televezion kameralar, grafik displeylar, katta namoyish ekranlaridan foydalaniladi. Shuningdek, telekonferensiyalar orqali dolzarb ma-salalar muhokamasini tezkorlik bilan tashkil etish, muhokama uchun istalgan rasmli materiallardan foydalanish, dolzarb masalalarni muhokama qilishda ishtirok etuvchi mutaxassislar doirasini kengaytirish, xalqaro ma'lumotlar banklaridagi istalgan axborotdan foydalanish kabi imkoniyatlar yuzaga keladi.



Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə