Ozbekiston respublikasi oliy va


Tashqi apparatning membrana usti tuzilmalari



Yüklə 3,97 Mb.
səhifə19/89
tarix05.10.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#125714
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   89
sitologiya majmua

4.Tashqi apparatning membrana usti tuzilmalari. Bunga plazmatik membrana ustida joylashgan tuzilmalar kiradi. Bulardan biri glikokaliks bo'lib, hayvon hujayralarida yaxshi taraqqiy etgan, o'simlik hujayrasida kamroq uchraydi. Uning tarkibiga membrananing periferik oqsillari, glikolipidlar va glikoproteinlar kiradi. Glikokaliks tashqi muhit bilan aloqada bo'lgani uchun hujayra tashqi apparatning muhim resteptorlik vazifasini bajaradi. Glikokaliksning tuzilishi xar bir hujayra uchun muauyan bo'lib, takrorlanmaydi, shunga qarab hujayralar bir- birini tanib oladi. Ichak epiteliysi yuzasidagi mikrotukchalar orasida joylashgan glikokaliks hujayra usti hazm qilish jarayonida ishtirok etadi.
Hujayra tashqi apparatining membranaysti tuzilmalariga shuningdek prokariot va o'simlik hujayralaridagi hujayra devori kiradi. Bu tuzilmalarning mahsuloti hujayraning o'zida sintezlanib plazmatik membrana yuzasiga chiqariladi. Bularning tuzilish prinsipi temirbetonga o'xshaydi-elastik asosga karkas tolalar kirib turadi. Tarkibi polisaxaridlardan iborat. Hujayra devori faqat himoya vazifasini bajarib qolmau,turgor holatni saqlaydi.
Hayvon hujayrasi organizmdan ajratib olinib suvga solib qo'yilsa biroz vaqtdan so'ng hujayra shishib yoriladi, chunki plazmatik membrana orqali ichiga suv kiradi. Organizm ichida bu xodisa ro'y bermaydi, chunki u erda hujayralararo suyuqlikdagi tuzlar konsentrasiyasi hujayra ichidagi konsentrasiyasiga yaqin.
Chuchuk suv havzalarida erkin yashovchi bir hujayrali organizmlar ham lizislanmaydi (parchalanmaydi). Chunki doimiy ravishda hujayra nasosi - qisqaruvchi vakuol ishlaydi. Izotonik muhitda yashovchi dengiz sodda hayvonlarida qisqaruvchi vakuol yo'q .
Agarda suvga bakteriya yoki o'simlik hujayrasi joylashtirilsa, uning hujayra devori butun bo'lsa u lizislanmaydi. Agar maxsus fermentlar ta'sir ettirib hujayra devori eritilsa shu vaqtning o'zida hujayra shishib yoriladi. Demak, hujayra devori hujayra ichiga ortiqcha suv kirishidan saqlar ekan. Hujayra ichiga suv kirgan mahalda hujayra devori taranglashib turgor holat yuzaga keladi va ortiqcha suv kirishiga to' sqinlik qiladi.
O'simliklarning hujayra devori ikki komponentdan tuzilgan:

  1. Amorf gelsimon matriksi- polisaxaridlar bo'lmish gemisellyuloza va pektindan;

  2. Tolasimon komponent -eellyuloza tolalaridan iborat.

Matriksi 60% ni sellyuloza tolalari esa 30%ni tashkil etadi. Paxta tolasida sellyuloza 90% gacha bo'ladi. Undan tashqari hujayra devori tarkibida boshqa moddalar ham uchraydi: lignin- yog'ochlanishga olib keladi;, suberin - po'kak hosil qiladi; mum va kutin moddasi -himoya vazifasini bajaradi va suv bug'latishdan saqlaydi.

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə