Ozbekiston respublikasi oliy va


O'simlik vakuolasining hosil bo'lishi



Yüklə 3,97 Mb.
səhifə27/89
tarix05.10.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#125714
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   89
sitologiya majmua

O'simlik vakuolasining hosil bo'lishi. Vakuolalar ichi suyuqlik bilan to'lgan membranali xaltacha. Hayvon hujayralarida kichik: fagositoz, hazm qilish, qisqarish vakuolalari uchraydi. O'simlik hujayrasi sitoplazmasida muhim fiziologik ahamiyatga ega bo'lgan vakuolalar mavjud. Yosh hujayralarda mayda vakuolalar soni ko'p bo'lib hujayra o'sgan sari vakuolalar bir-biri bilan qo'shilib hujayraning 80% hajmini egallaydigan vakuolaga aylanadi. Vakuolani o'rab turuvchi memebrana tonoplast deyiladi, u plazmatik membranaga o'xshash tuzilgan. Vakuolalar endoplazmatik to'rdan ajraladigan pufakchalardan rivojlanadi. Kattalashib ular yadro va organoidlarni hujayraning chekka qismlariga surib yuboradi.

Vakuolaning ichi hujayra suyuqligi bilan to'lgan bo'lib tarkibi suvda erigan anorganik tuzlar, organik kislotalar, oqsillardan iborat.

    1. O'simlik vakuolasi quyidagi muhim vazifalari. U quyidagi vazifalarni bajaradi:

1. Suv konsentrlangan hujayra shirasi ichiga osmos yo'li bilan tonoplast orqali o'tadi. Natijada sitoplazma hujayra devoriga yaqinlashib turgor holat yuzaga keladi. Suvning osmotik ravishda kirishi hujayralarning o'sishi vaqtida cho'zilishiga yordam beradi va mustahkamlik bag'ishlaydi.

      1. Ba'zan vakuolalar tarkibida antosian pigmentlari uchraydi. Ularning ichida antosianlar bo'lib gullar mevalar rangini belgilaydi.

      2. Ba'zan vakuolalar tarkibida gidrolitik fermentlar bo'lib, bu holda vakuolalar lizosomalardek faoliyat ko'rsatadi: hujayra nobud bo'lgandan keyin tonoplast tarangligini yo'qotib fermentlar sitoplazmaga chiqib hujayrani avtolizlaydi (o'z -o'zinieritadi).

      3. Vakuolalarda hujayra metabolizmining chiqindi moddalari saqlanishi mumkin: oksalat kalsiy kristallari, alkoloidlar va tanin moddasi. Tanin moddasi o' simlikni o' simlikxo'r hayvonlardan himoya qiladi.

      4. Vakuolalar zahira oziqa moddalari to'planadigan joy ham hisoblanadi. Qand moddasi suvda erigan holda to'planadi, polisaxaridlardan inulin bor. Urug' hujayralarida oqsil to'planadi. Oqsillar vakuolaning ichiga endopalazmatik to'r va Golji apparati orqali ularning membranasi vakuolaning membranasi bilan qo'shilganda kiradi. Oqsil - aleyron vakuolalarda albumin va globulin ko'rinishida to'planib vakuolalar suvsizlanishi natijasida qattiq aleyron donachalariga aylanadi. Urug'lar unib chiqqanda bu donachalar yana suvlanib vakuolalarga aylanadi. Bunday vakuolalarda fermentlar ta'sirida oqsillar parchalanadi, ya'ni vakuola lizosoma faolligini boshqaradi.

3. Vakuolyar tizim membranalarining bir-biriga aylanishi
Ko'rib chiqilgan sitoplazmaning vakuolyar tuzilmalari bir butunlikni tashkil etib uning elementlari bir-biriga o'tish xususiyatiga ega. Yadroning tashqi membranasi granulyar endopalazmatik to'r membranalariga o'tadi. Endopalazmatik to'r membranali elementlaridan tonoplast, sferosoma, silliq endopalazmatik to'r, peroksisoma membranalari hosil bo'ladi. Endopalazmatik to'r ikkala turining membranalari mayda vakuolalar ko'rinishida Golji apparatiga o'tadiva u yerda qalinlashadi.
Golji apparati membranalaridan sekretor vakuolalar va lizosoma membranalari hosil bo'ladi. Bularning ikkalasi ham plazmatik membranaga qo'shiladi. Demak, hujayra ichi membranalari bir butun tizimni tashkil etadi.
Lekin bu tizimda ikkita yarimtizimchani ajratish mumkin: birinchisi endopalazmatik to'r tizimi bo'lib uning elementlari to'g'ridan-to'g'ri plazmatik membrana bilan qo'shilmaydi. Bu qo'shilish ikkinchi tizim Golji apparati yordamida bo'lib vakuolalar oqimi yoki lizosomalar amalga oshiradi (12rasm).



7.1.-rasm. Hujayra ichi membranalarining bir-biriga o'tishi.


1-yadro membranasi; 2-yadro porasi; 3- donador endoplazmatik to'r; 4- silliq endoplazmatik to'r; 5- ribosomalar; 6- silliq endoplazmatik to'rda sintezlangan sekret mahsulotning chiqishi; 7- membranaga o'ralgan mahsulotning Golji apparati sisternalariga qo'shilishi; 8, 9, 10,11 - mahsulotli pufakchani Golji apparatining sis, medial va trans bo'limlariga o'tib plazmalemma tashqarisiga chiqarilishi.
4. Peroksisomalar va ularning funksiyasi.
Peroksisoma - eukariot hujayraning universal organoididir. Lizosomalar kabi K.De Dyuv tomonidan topilgan. Bir qavat membrana bilan o'ralgan bo'lib, membranalari suyuq mozaika tuzilishga ega. Ichida kristallsimon strukturalar - nukleoidi bo'ladi (yadroga aloqasi yo'q ). U fibrill va mikronaychalardan iborat bo'lib uratoksidaza fermentiga ega(11rasm). Lizosomalardan farq qilib faqat mavjud peroksisomaning bo'linishi orqali ko'payadi. SHuning uchun o'z peroksisomalarini yo'qotgan hujayra ularni qayta tiklay olmaydi.
Odam va hayvon jigar va buyrak hujayralarida uchraydi. Soni 70-100 tagacha. Endoplazmatik to'r membranalari bilan aloqada bo'lib taxmin qilinishicha endoplazmatik to'rning kengaygan sisternalaridan kelib chiqadi. O'simliklarda peroksisomalar mitoxondriya va plastidalar bilan bog'liqdir.



6.2.- rasm. Peroksisomaning elektron mikroskop ostidagi ko'rinishi.


1-membranasi; 2-kristallsimon strukturalar; 3- matriks.
Peroksisomalarning biokimyoviy vazifasi ulardagi oksidlanish reaksiyalarining fermentlari (katalaza) bo'lishi bilan bog'liq bo'lib moddalarning parchalanishi natijasida hosil bo'lgan vodorod peroksidini (H2O2) suv va kislorodgacha parchalaydi. Vodorod peroksidi hujayrada boradigan reaksiyalar natijasida hosil bo'lib, juda toksik zararlidir va hujayradan chiqarilishi kerak. Bu vazifani peroksisomalar tarkibidagi katalaza fermenti bajarib uni suv va kislorodga parchalaydi.
Umumhujayraviy vazifasi hujayraga oziq moddalar tarkibi bilan kiradigan uzun zanjirli yog' kislotalarini parchalashdan iborat. Jigar hujayralari peroksisomalarga boy bo'lib organizmga tushayotgan etil spirtining 50% bu erda asetildegid va sirka kislotasigacha parchalaydi. Alkogolni (arabcha- al-kuhl- ingichka kukun) uzoq muddat va katta dozalarda iste'mol qilish, jigar hujayralari tarkibida sirka kislotasi miqdorining ko'payishiga va undan yog' kislotalari sintezlanishiga olib keladi. Natijada, lipidlar miqdori ko'payib sirroz (yunoncha- sariq) kasali rivojlanadi.
O'simliklarda uchraydigan peroksisomalar 3 guruhni tashkil qiladi:

        1. Glioksisomalar-yog'larga boy urug'larda lipidlarning saxarozaga parchalanishida ishtirok etadi.

        2. Barglarda uchraydigan peroksisomalar mitoxondriya va plastidalar bilan bog'liq bo'lib nafas olishda ishtirok etadi.

3.Boshqa turdagi to'qimalarda uchraydigan differensiasiyalanmagan peroksisomalar.
5. Sferosomaning tuzilishi va vazifasi.
O'simlik hujayralarida uchraydigan membranali pufakchalar. Sferosomalar diametri 100-150 nm keladigan mayda pufakcha shaklidagi organoidlardir. Ularni 1880 yilda Ganstayn tomonidan ochildi va "mikrosoma" deb ataldi. Shakliga qarab, bu mikrosomani keyinchalik "sferosoma" deb ataldi.
Sferosomalar endoplazmatik to'rdan hosil bo'ladi. Bunda endoplazmatik to'r kanalchalari uchidan kichkina sharchalar uzilib chiqib, tez o'sa boshlaydi va diametri 1000-1500A ga yetadi. Bu bir qavat membrana bilan o'ralgan sharchalar prosferosomalar deb ataladi. Sferosomaning o'sishi va qayta qurilishida unda yog' to'planadi va yog' tomchisiga aylanadi.
Sferosoma tarkibida yog'dan tashqari oqsillar va lipaza fermenti bo'ladi. Lekin, turli o'simliklarning sferosoma fraksiyasida lipazadan tashqari proteaza, esteraza, nordon fosfataza, RNKaza va DNKaza fermentlari ham topilgan.
Barcha sferosomalar uchun universal ferment-lipazaning bo'lishi sferosomalar hujayrada yog' sintez qiladigan va o'zida to'playdigan organoid ekanligini ko'rsatadi. Sferosomada olein, linol, linolein, araxidon kislotalari kabi qator to'yinmagan yog' kislotalari sintez qilinadi. Bu organoidda yog' almashinishining fermentlaridan tashqari, boshqa fermentlarning ham bo'lishi, ularda yana qo'shimcha funksiyalar borligidan dalolat beradi.
MAVZU: HUJAYRANING TAYANCH HARAKATLANISH TIZIMI.
SENTRIOLA VA KIPRIKCHALARNING TUZILISHI VA VAZIFALARI.
RIBOSOMALAR. OQSIL BIOSINTEZI.
Reja:

          1. Hujayraning harakatlari haqida umumiy ma'lumotlar

          2. Hujayraning tayanch-harakat tizimi. Sitoskelet

          3. Sentriolaning tuzilishi va vazifalari.

          4. Ribosomalar. Oqsil biosintezi.


Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə