Ozbekiston respublikasi oliy va


Hujayraning harakatlari haqida umumiy ma'lumotlar



Yüklə 3,97 Mb.
səhifə28/89
tarix05.10.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#125714
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   89
sitologiya majmua

1. Hujayraning harakatlari haqida umumiy ma'lumotlar. Hujayra harakatlari hujayraning mexanik energiyasini namoyon qiladi. U hujayraning faolligini ko'rsatuvchi ob'ektiv ko'rsatkich hisoblanadi. To'qimalarda hujayralar harakatini kuzatish bilan biz uni xaqiqatdan ham tirik ekaniga ishonch hosil kilamiz.
Biologik harakatning shakllari va funksiyasi juda ham turli-tumandir. Yuqori hayvonlarning bo'shliqdagi harakati, shuningdek uning ichki organlari- ichak, bachadon, yurak, qon tomirlari harakatlari har xil muskullarning qisqarishi bilan yuzaga keladi. O'simliklar uchun tropizm va nastiya deb ataluvchi sekin harakatlar xarakterli. Lekin ba'zi o'simliklarda-mimoza va boshqalarda ancha tez reaksiyalar kuzatiladi. Sodda hayvonlar va yuqori hayvonlarning erkin yashovchi hujayralari amyoboid harakat qiladi yoki maxsus moslamalar - kipriklar va xivchinlar yordamida harakat qiladilar.
Biologik harakat reaksiyalari organizmlarning harakatidagina ishlatilmaydi, balki ular hujayraning ichidagi bo'ladigan jarayonlarda ham muhim rol o'ynaydi. Hujayraning gialoplazmasi to'xtovsiz harakatda bo'ladi, u bilan birga mitoxondriyalar va boshqa hujayra ichidagi organoidlar harakat qiladi.
Hujayraning funksional holatiga qarab mitoxondriyalar qisqaradi yokibo'shashadi. Hujayralarning bo'linishida xromosomalar juda murakkab harakat qiladi. Ribosomalar oqsillar biosintezida informatsion RNK bo'ylab harakat qiladi; sintezlangan ipsimon oqsil molekulasi matrisadan chiqadi va murakkab harakat qiladi. Informatsion RNK DNK molekulasi bo'ylab harakat qiladi, ikki zanjirli DNK reduplikatsiya vaqtida yoyilib ketadi va boshqalar.
Protoplazmaning oqishi - sikloz.
Bu harakatni yirik vakuola atrofida yupqa sitoplazmatik parda hosil qiladigan o'simlik hujayralarida (elodeya) kuzatish ancha qulay. Sitoplazmaning periferik qismlarida to'xtovsiz harakat kuzatiladi va xloroplastlarni hamda hujayradagi granulalarni hosil bo'lgan joydan boshqa qismlarga siljitadi. Analogik harakatlarni yuqori hayvonlarning to'qimlari kulturasida ko'proq kuzatiladi. Bu harakatlarni mikrokinematografiya metodi yordamida o' rganiladi.
Hujayra ichidagi harakatlarga yana mitotik harakatni ham kiritiladi. Bu harakat hujayra markazi va xromosomalarni siljishi bilan xarakterlanadi. Sitoplazmaning barcha harakatlarini sikloz deb ataladi.
Ba'zi hujayralar ixtisoslashgan strukturalar-kipriklar va xivchinlarga ega bo'lib, ular hujayralarni yoki ularning atrofidagi suyuqlikni harakatga keltiradi. Shu narsa isbotlandiki, qandaydir harakat apparati, albatta qandaydir hujayraichi tayanch, sinch yoki skelet tuzilmalari bilan bog'liq bo'lar ekan. Shuning uchun hujayraning bunday tuzilmalarini harakat-tayanch sistema deb atash mumkin.
Hujayraning haqiqiy harakat komponentlariga turli mikrofilamentlar va mikronaychalarga to'plangan oqsillarni, hujayraichi tayanch yoki skelet strukturalariga esa mikrofibrillar va mikronaychalarni kiritish mumkin.
Barcha harakat apparatlarining ishini yaxshi tushunish uchun birinchi navbatda muskullarning qisqarishini o'rganish zarur.
2. Hujayraning tayanch-harakat tizimi. Sitoskelet

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə