Ozbekiston respublikasi oliy va


Yadroning o'rganilishi va vazifalari



Yüklə 3,97 Mb.
səhifə36/89
tarix05.10.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#125714
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   89
sitologiya majmua

1. Yadroning o'rganilishi va vazifalari. Yadro apparati hujayraning universal subtizimi bo'lib, ba'zi hujayralarda uchramaydi. Prokariotlarda yadro rolini nukleoid bajaradi. U halqasimon DNKdan iborat bo'lib, gialoplazmadan chegaralanmasdan mezosomaga birikib turadi.
Eukariot hujayralarda yadro nukleus (lotincha) yoki karion (yunoncha) bo'lib, Robert Broun tomonidan 183lyilda o'simlik hujayralarida va Teodor Shvann tomonidan 1838 yilda hayvon hujayralarida topilgan.
Yadro sitoplazma bilan doimiy o'zaro munosabatda bo'lib, u bilan birga hayotiy jarayonlarda ishtirok etadi. Yadrosiz hujayralarning asosiy hayotiy faoliyati to'xtaydi. Yadrodan mahrum bo'lgan amyoba oziqlanishi mumkin, ammo uni hazm qilolmay tezda nobud bo'ladi.
Yadrosiz hujayralarning bo'linishi to'xtaydi. Masalan, bir hujayrali suv o'ti asetabulyariyako'ndalang kesilganda, yadrosiz soyabon qismi halok bo'ladi.
Yadro juda murakkab faoliyatlarni bajaradi; yadro hujayraning eng zarur qismi bo'lib, barcha hayotiy jarayonlarni boshqaradi; yadro irsiy belgilarning nasldan- naslga berilishida va hujayrada oqsilni moddalar sintezlanishida asosiy rol o'unaydi.
Yadro va uning tarkibiy qismlari hujayraning interfaza holatida o'rganiladi. Yadro umumiy tuzilishga ega bo'lsa ham - ular kattaligi, shakli hamda ichki tuzilmalarining rivojlanishi, ko'rinishiga ko'ra farqlanadi. Ko'pincha hujayralarning yadrosi yumaloq, tuxumsimon shakllarda bo'ladi. Yadroning shakli hujayraning shakliga mos bo'ladi, faqat ba'zi hujayralarda noto'g'ri shaklda ham bo'lishi mumkin. Sharsimon, kubsimon, ko'p qirrali hujayralarda yadro yumaloq shaklga ega. Prizmatik, silindrsimon hujayralarda yadro uzun ellipssimon, yassi hujayrada esa duksimon bo'ladi. Noto'g'ri shakldagi yadrolarga ba'zi bir leykositlarning yadrosi misol bo'ladi.
Yadro hujayrada asosan bitta (bir yadroli hujayrada) yoki ikkita (ikki yadroli hujayrada) bo'ladi. Masalan, infuzoriya tufelkasida ikkita yadro, ya'ni katta yadro (makronukleus) va kichik yadro (mikronukleus) bo'ladi. Ko'p yadroli hujayralar yoki simplastlar ham mavjuddir. Masalan, karnaychi degan infuzoriyaning yadrosi tasbehsimon, qizil ko'mikdagi hujayralarda uzuksimon, leykositlarda kolbasimon segmentlangan bo'ladi.
Yadroning o'lchami, kattaligi turlicha bo'lib, 4 mkm dan (spermatozoid) 40 mkm gacha (tuxum hujayra ) bo'ladi. Yadro o'lchami sitoplazma o'lchamiga ko'pincha to'g'ri proporsional. Yadro va sitoplazmaning hajm nisbati yadro- plazma nisbati deb ataladi.
Yadroning hujayrada joylashishi har xil bo'lib, hujayraning faoliyati va shakliga bog'liq bo'ladi.
Differsiasiyalashmagan (maxsus vazifani bajarishga o'tmagan) hujayralarda yadro geometrik markazda joylashadi.
Hayvon va odamlarning bez hujayralarida yadro hujayralarning bazal qismida joylashib, apikal qismi secret mahsuloti bilan band bo'ladi.
O'simlik hujayralarida yadro yosh hujayralarning markazida joylashib, differensiasiyalashgan va qari hujayralarda chekka qismlarga ko'chadi, chunki hujayraning markazini hujayra shirasi bilan to'lgan vakuola egallaydi.
Yadroning tuzilishi hujayra hayotining turli davrlarida kechadigan metabolik jarayonlar bilan bog'liqdir. Hujayra ontogenezi davomida yadro tuzilishi o'zgarib turadi, ayniqsa bu narsa hujayra bo'linishga tayyorganlik ko'rayotganda va turli tashqi ta' sirlar natijasida yuzaga keladi.
O'simlik hujayrasi yadrosi sitoplazmaga nisbatan ancha quyuq bo'ladi. Umuman yadro ichi konsistensiyasi (tarkibi) balzam, gliseringa yaqin bo'ladi. Lekin ba'zi o'simlik yadrolari shunday zich konsistensiyaga egaki, ularni bo'laklarga kesish mumkin, ba'zilarida esa yarimsuyuq holda bo'ladi.
Yadro shaklini o'zgartirish xususiyatiga ega. Ba'zan yadrolar shaklini o'zgartirib ipsimon shaklga o'tadi. Aynan shu shaklda achitqi zamburug'i hujayrasidagi yadro kurtaklanish yo'li bilan hosil bo'lgan yangi hujayraga ko'chadi.
2. Yadro va uning tarkibiy qismlari. Yadro membrana, yadro shirasi (karioplazma), DNK (genetik material) va yadrochadan tarkib topgan.
Yadro ikki guruh umumiy vazifalarni bajaradi: 1.genetik material - DNKni - o'zgarmasligini saqlash. 2. Genetik materialni keyingi avlodlarga uzatilishini amalgaoshirish vaoqsil sintezini boshqarish. Yadroda DNK replikasiyasi amalga oshib yangi hosil bo'lgan hujayralarga genetik material teng taqsimlanadi. Meyoz natijasida DNKning yangi rekombinasiyalari vujudga keladi.

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə