Ozbekiston respublikasi oliy va



Yüklə 3,97 Mb.
səhifə44/89
tarix05.10.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#125714
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   89
sitologiya majmua

Ikkilamchi belbog\Ular odatda xromosomalarning uchki (telomer) qismlarga yaqin joyda joylashadi va yadrochalarning hosil bo'lishida ishtirok etadi. SHuning uchun ular yadrocha hosil qiluvchi markaz yoki nukleolyar zona deyiladi(22rasm).
Ikkilamchi belbog'da yadrochadagi r-RNK sintezini va uning etilishini boshqaruvchi genlar joylashgan bo'ladi.
Ayrim xromosomalarda ikkilamchi belbog'i xromosoma telomerasiga yaqin joylashgan bo'ladi. Bu erda DNK zanjirining o'rami ancha uzun bo'lganligi uchun telomera xromosomadan ancha uzoqda joylashib, yo'ldosh hosil qiladi. Yo'ldoshli xromosomalar SAT xromosomalar deyiladi. Sine Acido Thumonucleico- ya'ni nuklein kislotasiz degani, lekin tadqiqotlar natijasida ma'lum bo'lganki, bu haqiqatdan uiroq chunki yo'ldoshni xromosoma tanasiga biriktirib turuvchi ip tarkibida DNK topilgan. Buni 1912 yilda Rossiyalik olim S.G.Navashin aniqlagan. Lekin shunga qaramay SAT xromosoma degan nomi haligacha ishlatiladi.

12.1.-rasm. Xromosomalarning tuzilishi. A - Xromosoma turlari: a-akrosentrik, b-submetasentrik, c-metasentrik; B. V. Xromosomaning ichki

Telomera - xromosomaning oxirgi qismi bo'lib, xromosomalarning mustaqilligini va butunligini ta'minlaydi.
1





tuzilishi; 1-sentromera; 2-DNKning spiralsimon o'ralgan ipi; 3-xromatidalar; 4-
yo'ldoshcha; 5-ikkilamchi belbog'
Xromosomaning uzilgan qismlari bir-biri bilan osonlikcha birlashishi mumkin. Lekin telomera qismlari bir-biri bilan hech qachon birlashmaydi. Telomera DNKning kichik takrorlanib keluvchi ketma-ketliklari bo'lib, taxmin qilinishicha o'zida gen saqlamaydi. Telomerlar "o'lim markerlari"-ular xromosomaning uchida bo'lganligi uchun asta-sekin emirilib xromosomani mutasiyalardan saqlaydi. Har bir bo'linishdan keyin telomer uzunligi qisqarib boradi, himoyasiz qolgan xromosomalar o'zaro yopishib, genetik informasiya aralashib ketadi va hujayra nobud bo'ladi. Rak hujayralari o'zlarini o'limdan himoya qilishni o'rganganlar. Ularda maxsus mexanizm mavjud bo'lib, telomeralari emirilmaydi.
Matriks xromosoma tanasini o'rab oladi, tarkibi RNK dan iborat. Mitoz davomida matriks metafazadan boshlab shakllanadi. Telofaza oxirida matriks xromosomalar atrofida granulalar ko'rinishida to'planadi. Demak, matriks mitotik xromosomalarning granulyar va fibrillyar tuzilmasi. Matriks mahsulotlari interfazada sintezlanadi.
Xromosomaning uzunligi bo'yicha uning irsiy jihatdan faolligi bir xil emas, xromosomalarni maxsus buyoqlar bilan bo'yalganda, uning ayrim qismlari to'q bo'yalib, boshqa qismlari esa och bo'yaladi, ya'ni geteroxromatin va euxromatin hosil qiladi.
Geteroxromatin qismida xromosomalar qattiq spirallashgani uchun to'q bo'yaladi, bu erda asosan nofaol genlar joylashgan.
Euxromatin qismida esa faol genlar joylashadi va bu erda xromosomalar spirallashishi bo'shroq bo'ladi. SHuning uchun och bo'yaladi. Geteroxromatin uchastkalari telomerlar, sentromeralar, yadrocha markazi atrofida uchraydi.
Fakultativ va strukturaviy geteroxromatin ajratiladi. Fakultativ geteroxromatin vaqtinchalik kondensasiya holatiga o'tadi, bunda uning yuzasida sintez jarayonlari to'xtaydi. Lekin bu holat vaqtinchalik bo'lib, funksional faolligi tiklanganda yana euxromtinga aylanadi.
Strukturaviy geteroxromatin bunday holatga o'tmaydi. Unda hech qanday sintez jarayonlari bormaydi. Geteroxromatinning ba'zi bo'laklari yadro ichki membranasida joylashadi. Uning bu aloqasi shunchalik mustahkamki sentrifugalash natijasida ham uzilmaydi. Bog'lanishlar yadro poralari joyida yo'q.
Xromosomalarning uzunligi 0,2-5,0mkm, eni 0,2-3,0mkm bo'lishi mumkin. Ayrim hasharot va amfibiyalarning xromosomalari yirik, zamburug' va suvo'tlarining xromosomalari esa mayda bo'ladi. Odam xromosomalarining kattaligi 1-10 mkm ga teng.
Bir hujayradagi barcha xromosomalar yig'indisi xromosoma to'plami deyiladi. Ikki xil to'plam farqlanadi - gaploid- " n" va diploid- "2n".

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə