Ozbekiston respublikasi oliy va



Yüklə 3,97 Mb.
səhifə46/89
tarix05.10.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#125714
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   89
sitologiya majmua

4. DNK kompaktizasiyasi. Hujayra bo'linishidan oldin eng muhim jarayon DNK replikasiyasi sodir bo'ladi. DNK- biologik polimer bo'lib, uning monomeri dezoksiribonukleotidlar. Nukleotidlar uchta komponentdan tashkil topgan: azot asoslari (purin yoki pirimidin), pentoza va fosfat guruhi. Azot asoslari 4taA va G (purin),T va S (pirimidin). J.Uoson va F.Kriklar 1953 yilda DNK molekulasining qo'sh spiral modelini yaratganlar, ungaasosan DNK 2 ta zanjirdan iborat bo'lib, bu zanjirlardagi azot asolari bir-biri bilan vodorod bog'lari orqali birikadilar. BundaA- T, G-S ga mosdir. DNK replikasiyasi vaqtida vodorod bog'lari uzilib har bir spiral bo'lagi o'zining etishmaydigan qismini komplementar (qo'shimcha) sintezlaydi.
DNKning oqsillar bilan xromatin tarkibidagi o'zaro munosabatidan uning kompaktizasiyasi (taxlanishi) amalga oshadi. DNP (dezoksiribonukleoprotein) molekulasi xromatin tuzilishidagi eng kichik birlik. Uning yuksak darajadagi taxlanishini mitozda ya'ni xromosoma maksimal darajada kondensasiyalanib kompakt yig'ilganida ko'rish mumkin.
Xromosomalar tarkibidagi DNP fibrillarni birinchi marta 1957 yilda X.Ris topgan bo'lib, ulargaelementar xromosoma fibrillari deb nom beradi.
Odamning bittaxromosomasidagi DNK ning uzunligi o'rtacha4 sm. Metafazaxromosomasining uzunligi 4 mkmni tashkil etadi. Demak, odamning metafazaxromosomasidagi DNK molekulasi 10 000marta qisqarib, taxlanib joylashadi.
DNK tarkibidagi gistonlar guruhlar hosil qilib joylashadi. Har bir guruh 8 ta gistondan iborat bo'lib, bu tuzilma nukleosoma nomini olgan. Nukleosomaning kattaligi 10 nm bo'lib, uning ustida DNK molekulasi o'raladi. Har bir nukleosomaatrofida 140 nukleotidlar juftligidan iborat DNK molekulasi o'ralib joylashadi. Natijada nukleosomani hosil bo'lishida DNK uzunligi 7 marta qisqaradi. Nukleosomalar orasidagi DNK bo'lagida H1 oqsili joylashadi. DNKning bu qismi linker DNK deyiladi. Linker DNKning uzunligi 10-60 tagacha nukleotidlardan iborat. SHunday qilib, fibrill tuzilmasi ipga tizilgan munchoqlarni (marjonni) eslatadi.
H1 gistoni nukleosomalarni keyingi bosqichda kondensasiyalanishida muhim ahamiyatga ega. Bu bosqich xromatin DNK sining keyingi tuzilish darajasidir. Bunda nukleosomalar 6 tagacha bo'lib birlashib 25 nm diametrga ega bo'lgan nukleomeralarni hosil qiladi. A.Klug modeligaasosan nukleomeraning bitta qadamiga (10nm) 6 ta nukleosoma to'g'ri kelsa, DNKning uzunligini 40 marta qisqarishigaolib keladi.
Mitoz bo'linishda DNK replikasiyasi (2 hissaoshishi) natijasida har bir xromomsoma ikkitaxromatindan iborat bo'ladi. Har bir xromatida ikkita nukleoproteid iplaridan-xromonemalardan- tuzilgan, demak xromosoma tanasida bu iplar to'rtta. Xromosomalar tarkibidagi bu tuzilmani birinchi marta 1880 yilda Baraneskiy (Polsha) topgan bo'lib, 1992 yilda Veydovskiy ularni xromonema deb nomlaydi. Xromonemalarning zichlashib spirallari tugunchalar hosil qilib joylashishi natijasidaxromomeralar hosil bo'ladi.
DNK ning tuzilish darajalari quyidagi bosqichlardan iborat:

  1. Nukleosoma - DNK spiralining giston oqsillari ustida o'ralishi.

  2. Nukleomera - 6-8 ta nukleosomaning globula shaklida birlashishi. Bir nechta nukleomerlarning o'zaro yaqinlashishidan DNP (dezoksiribonukleoprotein) lar hosil bo'ladi.

  3. Xromonema. DNP fibrillalarining nogiston oqsillari yordamida rozetkasimon tuzilmalarni hosil qilishi.

  4. Xromomera. Xromonemalarning spiralsimon yig'ilishidan hosil bo'lgan xromosoma iplari.

Xromosomalar bo'linayotgan hayvon hujayralarida 1882 yilda Flemming va o'simlik hujayralarida Strasburger tomonidan aniqlangan. Xromosoma nomini 1888 yilda ularningbo'yalish xususiyatiga qarabValdeerbergan.
MAVZU: XROMASOMA MUTASIYALARI. POLIPLOIDIYA VA ANEUPLOIDIYA HODISALARI.
Reja:

    1. Xromosoma mutatsiyalarining xillari.

    2. Genom mutatsiyalari-poliploidiya.

    3. Avtopoliploidiya va allopoliploidiya.

    4. Gaploidiya va geteroploidiya.


Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə