Ozbekiston respublikasi oliy va


Xromosomalarning soni va kariotip



Yüklə 3,97 Mb.
səhifə42/89
tarix05.10.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#125714
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   89
sitologiya majmua

Xromosomalarning soni va kariotip. Ko'pchilik organizmlar ikkita gametalarning bir-biri bilan qo'shilishi-birlashishi natijasida rivojlanadilar. Erkaklik va urg'ochilik gametalarida xromosomalar soni teng, gaploid sonda bo'ladi. Shuning uchun organizmlarning tana hujayralarining xromosomalari soni undan ikki marta ko'p diploid sonda bo'ladi (somatik sonda). Har bir gaploid to'plam xromosomalar n bilan, diploidi esa- 2 n bilan belgilanadi.

Diploid nabor shakli va kattaligi jihatidan bir xil xromosomalardan iborat bo'ladi. Bunday xromosomalar gomologik xromosomalar deb atalib, lotin alifbosining bir xil harflari AA yoki boshqa harflar bilan belgilanadi.
Xromosomalar sonining doimiyligi va ularning morfologik individualligi, individga, turga, ba'zan avlodga mansub bo'lgan xromosoma nabori to'plamini spetsifikligini ta'minlaydi. Har ikkala jins uchun umumiy bo'lgan xromosomalar autosomalar deyiladi.
Xromosoma kompleksining o'xshatish mumkin bo'lgan belgilar yig'indisi kariotip deb ataladi. Kariotipning sxematik belgisi idiogrammadir. Kariotiplarning har xil bo'lishi individ yoki turlarning irsiyat jihatidan turliligini ko'rsatadi. Xromosomalar soni shu o'simlik va hayvon turlarining doimiy sistematik belgisi bo'lib, undan organizmlarning taksonomik holatini aniqlash uchun foydalaniladi. Xromosamalar sonining o'zgarishi bilan turlar ham o'zgarib ketadi. O'simlik va hayvon turlarida xromosomalar soni har xil. Ularning soni diploid hujayralarda ikkitadan 1600 tagacha bo'lgan holatlari kuzatilgan. Masalan, murakkabguldoshlar oilasiga mansub bo'lgan gaplopapus o'simligida 2n=4 va nematodalardan Ascaris megalocephalada 2n =2 va ayrim hasharotlarda bir necha 100 taga yetadi. Ayrim radiolariyalarda xromosomalar soni 1000-1600 tagacha, paportnikning ayrim turlarida- 500 ta, tut daraxtida 308 ta, daryo qisqichbaqasida 196 ta xromosomalar bo'ladi .


        1. Yüklə 3,97 Mb.

          Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə