Ozbekiston respublikasi oliy va


Xromosomalarning morfologiyasi



Yüklə 3,97 Mb.
səhifə43/89
tarix05.10.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#125714
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   89
sitologiya majmua

Xromosomalarning morfologiyasi. Xromosomalar morfolgiyasini o'rganishning eng qulay vaqti bo'linishning metafaza davri, chunki bu davrda xromosoma maksimal spirallashgan bo'lib, yaxshi ko'rinadi. Lekin aniqlanishicha, xromosomalarning kondensasiyasi telofazagacha amalga oshadi. Bu ularni uzun DNK molekulasi hujayralar orasida to'siq hosil bo'layotganda shikastlanishdan saqlar ekan.

Xromosoma tanasini ikkiga birlamchi belbog'i-sentromera- ajratadi. Uning joylashishiga qarab: 1. Metasentrik-teng elkali 2. Submetasentrik - noteng elkali va 3. akrosentrik - bitta elkasi juda kalta bo'lgan xromosomalarni ajratiladi(22rasm).
Sentromera yoki kinetoxor- xromosomaning muhim tarkibiy qismi bo'lib, 1937 yilda K.Darlington tomonidan shunday nomlangan. Bu erda tubulin polimerizasiyalanib bo'linish duki mikronaychalari hosil bo'ladi va xromosomalarni hujayrani qutblariga tortadi. Sentromerada DNK zanjirining o'rami cho'ziqroq bo'lganligi uchun bu joy xromosomaning boshqa joylarga qaraganda och bo'yaladi. Sentromerada uchta zona farqlanadi: o'rta kinetoxor uchastkasiga xromosomalar birikadi, ikkita chekka qismi xromatidlarni biriktiradi.
Odatda xromosomalarda bitta sentromera bo'ladi-monosentrik , lekin disentrik(di- ikki) va polisentrik(poli-ko'p) xromosomalar ham uchraydi.

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə