Ozbekiston respublikasi oliy va


DNK ning tuzilishi va vazifalari



Yüklə 3,97 Mb.
səhifə39/89
tarix05.10.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#125714
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   89
sitologiya majmua

3. DNK ning tuzilishi va vazifalari. Xromatin tarkibida DNK bilan giston oqsillari (DNP) dan tashqari RNK ham uchraydi. DNK: oqsil: RNKning nisbati 1:1,3:0,2.
Xromosomalar tarkibidagi DNK qo'sh spiral zanjirdan iborat.
DNK zanjirining uzunligi hamma hujayralarda turlicha: ichak tayoqchasi bakteriya xromosomasidagi DNKning uzunligi 1,2 mm, drozofila pashasida2 sm. Ba'zi amfibiyalarda DNKning miqdori odamning genetik konstitusiyasi ancha murakkab bo'lishiga qaramay odamnikidan bir necha marta ko'p bo'ladi. Bu holni bir xil genlar bir necha bor takrorlanib kelishi bilan tushuntirish mumkin. Odamning genetik materiali DNKning 24 ta har xil molekulalaridan iborat bo'lib, ularning umumiy uzunligi 1 metrga yaqin (3 mlrd. yaqin juft nukleotidlar).
Eukariot hujayralarning biokimyoviy tahlili natijasida ularning DNK sida nukleotidlar juftligi ketma-ketligining takrorlanib kelish chastotasiga qarab uchta fraksiyagaajratilgan:

    1. Noyob takrorlanuvchi nukleotidlar ketma-ketligi ( bir yoki bir necha marta.)

    2. O'rta takrorlanuvchi (100-500marotaba)

    3. Ko'p marta takrorlanuvchi (1000-10 000marotaba)

DNKning noyob takrorlanishga ega uchastkalarida turli oqsillarni sintezi haqidagi informasiya saqlanadi.
O'rta takrorlanuvchi uchastkalarda RNKning turlari sintezi haqidagi informasiya kodlangan bo'ladi.
Ko'p marta takrorlanuvchi uchastkalar A-T, G-S bog'largaboy bo'lib, zichligi jihatidan ham farq qiladi.U satellit DNK uchastkasi deyiladi. Satellit DNK ning vazifasi DNK ni taxlanishida, gomologik xromosomalar konyugasiyasida ishtirok etadi. Bular RNK traskripsiyasida ishtirok etmaydi.

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə