Ozbekiston respublikasi oliy va



Yüklə 3,97 Mb.
səhifə37/89
tarix05.10.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#125714
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   89
sitologiya majmua

Yadro membranasi. Yadro qobig'i Zavarzin va Xarazova (1982)larning fikriga ko'ra yadroning yuza apparati tarkibiga kiradi. Bu apparat uchta asosiy komponentlardan: yadro qobig'i, periferik zich plastinka va po'ra kompleksidan tuzilgan.
Yadro membranasi yoki kariolemma (lemma-qobiq) ikkita suyuq mozaikali tashqi va ichki membranalardan iborat bo'lib, ular orasida perinuklear bo'shliq joylashadi.Tashqi membrananing ba'zi joylari donador endoplazmatik to'rga o'tib uning yuzasida ribosomalar joylashadi. Yadro membranasi o'tkazuvchanlik xossasiga ega bo'lib u orqali ionlar, kichik molekulalar: aminokislota va nukleotidlar o'tadi. DNKaza kabi oqsillar yadrogaerkin o'tadi. Shu tarzda yadrodan tashqariga ham moddalar chiqariladi. Shuningdek yadro qobig'i orqali moddalar o'tishining yana bir yo'li membrana yuzasida o'simtapaydo bo'lib, u yadro membranasi bilan o'ralib vakuol ko'rinishida sitoplazmaga chiqadi. Tashqi va ichki membranalar ba'zi joylarida birikib bu erlarda yadro poralari joylashadi.
Yadro poralari birgalikda poralar kompleksini tashkil etadi. Yadro poralari geterogen oqsil tuzilmasiga ega. Tashqi va ichki membranalarda poralar joyida 8 tadan oqsil globulalari joylashadi. Pora kompleksining markazidamarkaziy globula joylashib u chekka globulalar bilan fibrill tolalari orqali birikadi. Markaziy globulada kanal bo'lib, u orqali gialoplazmaga sintezlangan iRNK chiqadi. Poralar kompleksi tarkibida RNKaza fermenti topilgan bo'lib, bu erda iRNKning etilishi kuzatiladi. Shuningdek yadro porasi faqat iRNKning emas boshqa molekulalarning ham yadrodan gialoplazmaga chiqarilishida va teskari jarayonda ishtirok etadi.
i





11.2.- rasm. YAdro porasi. A - Yadro yuzasidagi ko'rinishi. B - Ko'ndalang kesmasi. 1-markaziy globula; 2-periferik globula;3- bog'lovchi fibril tolalari; 4- sitoplazmadagi tolalar; 5- zich plastinka; 6- perinuklear bo'shliq .
Lamina (lot. lamina-"plastinka") yoki pereferik zich plastinka
kariolemmaning ichki membranasi ostida joylashib skelet oqsillardan tuzilgan. U yadro shaklini belgilab berib poralar kompleksi bilan aloqada bo'ladi.
Maxsus moddalar ta'sirida yadro membranasi eritib yuborilsa, yadro o'z shaklini saqlab qoladi, bunda asosiy vazifani skelet sifatida zich plastinka bajaradi. Yadro poralari ham o'zgarmau o'z vazifasini bajaradi.
Hujayraning hayot faoliyati davomida uning funksional holati o'zgarishi bilan poralar kompleksi holati ham o'zgarishi kuzatiladi. Yadroapparati qanchalik faol bo'lsa uning yuzasidagi poralar soni shuncha ko'p bo'ladi. Faollikning pasayishi bilan yadro poralari soni kamayadi. Ular sonining ortishi mitozdan keyingi rekonstruksiya (qayta qurilish) davrida va DNK sintezi davrida kuzatiladi. O'rtacha ularning yadrodagi soni 12 mingtaga boradi.
Yadro qobig'i mitoz boshlangandaerib ketib bo'linish oxirida tiklanadi. Profazaoxirida yadro qobig'i kalta sisternalargaaylanib kichiklashib mayda pufakchalar ko'rinishidaavvalgi yadroning joyi atrofida suzib yuradi. Anafazaning oxiridaxromosomalarning harakati to'xtagandan keyin pufakchalar xromosoma uchlari bilan aloqada bo'lib, ular atrofida to'planib avval uzun sisternalarni hosil qiladilar, so'ng bu sisternalar birlashib membranani hosil qiladi.
Yadroning tashqi apparati sitoplazmadan karioplazmani yoki yadro shirasini -yadroning suyuq qismini ajratib turadi. Unda yadroapparatining ishi uchun kerakli ionlar vaorganik birikmalar erigan holda joylashadi. Karioplazmada yadro matriksi va genetik material joylashadi.
Yadro matriksi laminaga birikkan fibrillyar oqsillarning to'ri. Unda maxsus oqsillar joylashgan zonasi bo'lib, ulardan yadrocha matriksi rivojlanadi. Yadro matriksining vazifasi DNK va RNK sintezida genetik material faolligini boshqarish. Matriks hujayrada yadrochani hosil qilishda ishtirok etadi.

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə