Ozbekiston respublikasi oliy va


Mitoxondriyalarning ultrastrukturasi va vazifalari



Yüklə 3,97 Mb.
səhifə34/89
tarix05.10.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#125714
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   89
sitologiya majmua

2. Mitoxondriyalarning ultrastrukturasi va vazifalari. Mitoxondriyalar ikki qavat membrana bilan chegaralangan bo'lib, tashqi membrana uni gialoplazmadan ajratib turib o'z-o'zida birikish hosil qiladi, ichki membranasi mitoxondriya ichki matriksi yoki mitoplazmasini ajratadi, membranalararo bo'shliq 10-20 nm tashkil qiladi. Ichki membrana mitoxondriya matriksi tomonga ichki burmalarni kristalarni (crista-lot."taroqcha") hosil qiladi(13rasm). Kristalar mitoxondriya uzunligiga ko'ndalang yoki perpendikulyar ravishda joylashishi mumkin. Kristalarning shoxlanish va egilish hosil qilish turiga qarab: plastinkasimon, perforasiyali, naysimon va to'lqinsimon turlari farqlanadi.
Kristalar ichki membrana maydonini kattalashtiradi (13rasm). Tashqi va ichki membranalarida mayda donachalar bo'lib, tashqi membranada silindr shaklida, ichki membranada- qo'ziqorin shaklidagi - oksiosomalar yoki ATF- somalardir.
Mitoxondriyalar matriksi gomogen tuzilishga ega bo'lib unda 2-3nm kattalikdagi ipsimon DNK molekulasi va 15-20nm kattalikdagi ribosomalar va turli kiritmalar uchraydi.
Kristalarning soni va rivojlanish darajasi hujayraning funksional holatiga bog'liq. O'simliklar mitoxondriyalarida kristalar soni kam bo'ladi, lekin o'simliklarning sekretor hujayralarida ularning soni hayvonlarnikidek ko'p bo'ladi. Mitoxondriyalar adaptasiya hosil qilish xususiyatiga ega. Masalan, kalamushlarni gipodinamiya (kam harakatlanish) sharoitiga joylashtirganda, mitoxondriyalardagi kristalar va ko'ndalang targ'il muskul tolasidagi mitoxondriyalar soni keskin kamaya borganligi kuzatiladi. Lekin, hayvonlar aktiv harakatga keltirilganda (suzdirilganda), mitoxondriyalar o'z sonini va holatini tezda tiklaganlar.



Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə