Ozbekiston respublikasi oliy va


Plastidalarning yaratilish tarixi



Yüklə 3,97 Mb.
səhifə32/89
tarix05.10.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#125714
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   89
sitologiya majmua

Plastidalarning yaratilish tarixi. Plastidalarni 1676 yilda A. Levenguk birinchi o'rganadi, 1882 yilda A.Shimper davom ettiradi, ultrastrukturasini A. Frey-Visling 1982 yilda aniqlaydi. Fotosintez jarayoni amalga oshuvchi eukariot organizmlar hujayrasida uchraydi. Yuksak o'simliklarda plastidalarning 3 turi: xloroplast, xromoplast va leykoplastlar uchrab bir - biriga aylanib turish xossasiga egadir.

SHakli mitoxondriyalarga o'xshash bo'lib kengligi 2-3 mkm ni uzunligi 5­10 mkm ni tashkil etadi. Yashil suvo'tlarda uzunligi 50 mkmgacha bo'lgan gigant xloroplast (xromatofor) uchraydi. Hujayradagi o'rtacha soni 10-30 tagacha.

    1. Plastidalarning tuzilishi. Xloroplastlar ikki qavat membrana bilan chegaralangan bo'lib, membranalar qalinligi 7nm. Ichki membrana plastida matriksiga ya'ni stromasiga botib kiradi.Ular uzun stroma - lamellalarini va disksimon vakuolalar- tilakoidlarni hosil qiladi(14rasm). Lamellalar bir tekislikda joylashadilar. Tilakoidlar xuddi tangalarni taxlab qo'uganga o'xshash ustunchalarni hosil qiladilar. Bu ustunchalar granalar deyilib, ulardagi tilakoidlarning soni bir nechtadan 50tagacha, granalarning soni 40-60 tagacha. Granadagi tilakoidlar bir-biriga zich joylashganligi uchun tashqi membranalarining qavatlari qo'shilib ketadi. Tilakoidlar lipid va oqsil qavatidan iborat bo'lib, ular orasida xlorofill pigmenti, lipid qavati orasida esa karotinoid pigmentlari joylashadi. SHuningdek, granalar tarkibiga lammelalar ham kiradi. Bularning ham tilakoidlar bilan birikkan joylarida zich qatl am yuzaga keladi. Shu tariqa lammelalar granalarni biriktirish vazifasini bajaradi.

Xloroplast stromasida DNK molekulasi, ribosomalar va kraxmal donachalari uchraydi. Xloroplastlarda xlorofill pigmenti bo'lib, u yordamida o'simliklar yorug'lik nurini yutib uni kimyoviy energiyaga aylantiradi.
Yashil suvo'tlarning xloroplastlari ichki membranasi burmalarni hosil qiladi, lekin granalari yo'q. Xromatofor tarkibida pirenodlar uchraydi. Ularda sintezlangan kraxmal to'planadi. Fotosintezlovchi bakteriyalarda membranasi ichki burmalarni hosil qilib bular xam xromatofor deyiladi va o'zida bakterioxlorofill pigmentini tutadi.



9.1.-rasm. Xloroplastning tuzilishi.


1-tashki membrana; 2-memranalararo bo'shlik; 3-ichki membrana; 4-tilakoidlar;
5-granalar; 6-kraxmal; 7-DNK; 8-ribosomalar; 9-stroma.
Plastidalarning hosil bo'lishi va kelib chiqishi haqida fanda ancha ma'lumotlar yig'ilgan. YAshil suvo'tlari spirogira va xlamidomonadalarda xromatofori uzayib ikkiga bo'linish orqali ko'payadi.
Yuksak o'simliklarda ham xloroplastlarning o'zidan ko'payishi kuzatiladi, lekin kam hollarda. Xloroplastlar sonining ortishi va boshqa xildagi plastidalarning hosil bo'lishi asosida proplastidalar yotishi aniqlangan.
Proplastida ^ leykoplast ^ xloroplast ^ xromoplast
Proplastidalar mayda ikki membranali puf akchalar. Ichki membranasi mayda burmalarni yoki mayda pufakchalarni hosil qilishi mumkin. Proplastidalar hujayralari bo'linayotgan to'qimalarda (meristema hujayralari, o'sish konusi, poya, barglarda) uchraydi.
Yorug'lik etarli bo'lgan sharoitda proplastidalardan xloroplastlar rivojlanadi. Bunda ularning ichki membranasining bir qismida avval uzun xaltachalar- lamellalar hosil bo'ladi. Boshqalari esa tilakoid kameralarini hosil qilib tilakoidlar ustuncha bo'lib taxlanishi natijasida granalar hosil bo'ladi(15rasm).
Qorong'ida proplastidalarning rivojlanishi o'zgacha. Avval plastidaning hajmi ortib ichki membranasi lamellalarni emas, mayda bir joyga to'planadigan pufakchalarni hosil qiladi. Hujayralarga yorug'lik tushganda pufakchalardan tezda lamellalar va tilakoidlar rivojlanadi.


9.2.-rasm. Xloroplast ontogenezi

Leykoplastlar (leykos-"rangsiz", plastos-"shakl") xloroplastlardan lamilyar tizimining sust rivojlanganligi bilan farq qiladi va bu jihatdan proplastidalarga o'xshaydi. Lekin yorug'likda bular ham tilakoidlar sistemasi rivojlanib yashil rangga kiradi. Xloroplastlarda assimilyasiya jarayonida hosil bo'lgan tranzit (vaqtinchalik) kraxmal to'plansa, leykoplastlarda zahira kraxmali hosil buladi.


Masalan, urug' endospermi, tugunaklarda kraxmalning to'planishi amiloplastlarning rivojlanishiga olib keladi.
Plastidaning yana bir turi karotinoid (carota-"sabzi", eidos-"shakllanish") pigmentlariga ega bo'lgan xromoplastlar- xloroplastlardan va kam hollarda leykoplastlardan (sabzi ildizi) hosil bo'ladi.

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə