Ozbekiston respublikasi oliy va



Yüklə 3,97 Mb.
səhifə35/89
tarix05.10.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#125714
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   89
sitologiya majmua

matriks kristalar / bo'shliq tashqi


Mitoxondriyalarning tashqi va ichki membranari tarkibi va fizik xususiyatlari bilan farq qiladi. Osmotik bosimning ortishi yoki kamayishidan ichki membrana burishib yig' ilib qoladi, lekin keyinchalik to' g'irlanishi mumkin. Tashqi membrana cho'zila olmasligi tufauli uziladi. Tashqi membranada lipidlar bilipid qatlamni hosil qilsa, ichki membranada faqat bir qism lipidlar bilipid hosil qilishda ishtirok etadi. Tashqi membrana endoplazmatik to'r membranalari bilan o'xshash bo'ladi. Ichki membrana va mitoxondriya matriksi oksidlanish va fosforlanish fermentlariga boy bo'ladi.
8.1.-rasm. Mitoxondriyaning tuzilishi
Mitoxondriya vazifalari
Mitoxondriyalarni asosiy vazifasi organik substratlarning oksidlanishi va ADF ning fosforlanishi orqali ATF sintezlash. Bu jarayonlar uchun boshlang'ich substrat bo'lib uglevodlar, yog' kislotalar va aminokislotalar xizmat qiladi. Uglevodlar oksidlanishining boshlang'ich etaplari gialoplazmada kislorod ishtirokisiz o'tganligi uchun anaerob oksidlanish yoki glikoliz deyiladi. Glikolizning asosiy substrati glyukozadir. Tirik hujayrada glyukozaning oksidlanishi bosqichma- bosqich borib, bu jarayonni bir qancha oksidlanish fermentlari amalga oshiradi va uning natijasida ATF molekulasidagi makroergik bog'lar hosil bo'ladi. Birinchi bosqichda glyukoza triozagacha parchalanadi, bunda 2 molekula ATF sarflanib 4 molekula ATF sintezlanadi. Anaerobli parchalanish past energiya chiqimiga qaramay ko'pgina tirik organizmlarning asosiy energiya manbai hisoblanadi. Masalan, mikroorganizmlar, ichak parazitlari, shish hujayralari va mitoxondriyalari bo'lmaydigan sutemizuvchilarning eritrositlarida asosiy energiya manbai bo'lib glikoliz xizmat qiladi.
Keyingi bosqichda hosil bo'lgan triozalar asosan pirouzum kislota mitoxondriyalarning o'zida sodir bo'ladigan oksidlanishda ishtirok etadilar. Bunda hamma kimyoviy bog'lar uzilib CO2 ajralib O2 sarflanadi, ajralgan energiya mitoxondriyalarda ATF ko'rinishida to'planadi.
Trikarbon kislotalar yoki Krebs siklida glikoliz mahsulotlarining to'liq oksidlanishi va undan keyin fosforli oksidlanish siklida oksidlanish natijasida ajralgan energiya maksimal ravishda ATF sintezi uchun sarflanadi.
3. Mitoxondriyalarning hosil bo'lishi
Fanda mitoxondriyalar hosil bo'lishining 3 xil farazi mavjud :

  1. Mitoxondriyalar hujayrada gialoplazmadagi ultramikroskopik tuzilmalardan hosil bo'ladi.

  2. Hujayraning boshqa membranali tuzilmalaridan hosil bo'ladi.

  3. Mavjud mitoxondriyalarning bo'linish yo'li orqali hosil bo'ladi.

Birinchi faraz o'z rivojini topmagani sababi shuki, mitoxondriya tarkibiga
kiruvchi ko'pgina fermentlar sitoplazmada uchramaydi. Ikkinchi faraz hujayrada hamma membranali strukturalar o'zaro bir - biri bilan bog'liqligiga asoslangan bo'lib, uning negizida universal elementar membrana gipotezasi yotadi. Lekin bu taxminlar ham biokimyoviy va morfologik dalillarga ega emas .
Uchinchi - mitoxondriyalar mavjud mitoxondriyaning bo'linishi orqali ko'payadi, degan g'oyani birinchi marta 1893 yilda Altman o'rtaga tashlagan. Uzun mitoxondriyalarning bir hujayrali suvo'tlarda fragmentasiyasini (maydalanishini) kuzatgan.
Jigar hujayralarida mitoxondriyalarning o'rtasidan uzayib, ingichkalashib bo'linishi kuzatilgan.
Achitqi zamburug'larda anaerob sharoitda sitoplazmasida promitoxondrial tuzilmalar bo'lib, aerob muhitda ularnig morfologiyasi o'zgarib mitoxondriya sifatida rivojlanadi. Promitoxondriyaning kelib chiqishi sitoplazmadagi mavjud mitoxondriya bilan bog'liq.
Mitoxondriyalar oqsili sintezi tizimiga DNK, unda sintezlanadigan mitoxondrial RNK va ribosomalarga ega. Mitoxondriyalarning DNKsi siklik shaklga ega bo'lib, bakteriyalarning DNK siga o'xshaydi va yadro DNK sidan nukleotidlarning ketma-ketligi bilan keskin farq qiladi. RNK ning hamma turi uchraydi.
Mitoxondriyaning bunday avtonom sistemaga ega bo'lishi uning kelib chiqishining endosimbiotik nazariyasining yaratilishiga olib kelgan. Unga asosan mitoxondriyalar bakteriyalar tipidagi organizm bo'lib, eukariotlar bilan simbioz hosil qilgandirlar. Bu g'oyani Altman o'zining bioblastlar nazariyasida ilgari suradi. Taxmin qilinishicha, evolyusiya jarayoni mobaynida anaerob oksidlanish jarayonlari evaziga yashovchi ho'jauin hujayra ichiga oksidlanish fosforlanish fermentlariga ega prokariot simbiont kiritilgan. Uning natijasida mitoxondriyalar genetik materialining bir qismini yo'qotib, avtonomlik xususiyatiga ega bo'lib qolganlar (L.Margulis).
Lekin mitoxondriyaning avtonomligi nisbiy hisoblanadi, chunki undagi ko'pgina oqsillarinig sintezi yadro tomonidan genetic nazorat (kontrol) qilinadi.
MAVZU: HUJAYRA YADROSI Reja:

    1. Yadroning o'rganilishi va vazifalari.

    2. Yadro va uning tarkibiy qismlari.

    3. DNK ning tuzilishi va vazifalari.

    4. Yadro shirasi - karioplazmaning kimyoviy tuzilishi.


Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə