Ozbekiston respublikasi oliy va



Yüklə 3,97 Mb.
səhifə38/89
tarix05.10.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#125714
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   89
sitologiya majmua

Yadrocha. Yadrocha - nukleoid yadroda bir yoki bir nechta bo'ladi. RNK gaboy bo'lganligi uchun hamma bo'yoqlar bilan bo'yaladi va shuning uchun hamma fiksasiyalangan preparatlarda ko'rinadi.
Yadrocha mustaqil tuzilma yoki organoid emas. U xromosomaning mahsuli bo'lib, interfazada faoliyat ko'rsatadi.
Hujayraoqsillarining sintezi davrida yadrocha ribosomalar va rRNKni hosil qiluvchi markaz bo'lib xizmat qiladi. Yadrochalar oqsilga 80-85%, RNKga 5-10% va DNKga 1-5% boy bo'lib, bu moddalar sintezlanadigan joy hisoblanadi. Yadrochalar hujayradagi RNK sintezlanadigan markaz bo'lib, shuningdek, nukleoproteidlarni ham hosil qiladi.
Yadrochalarni hosil qilishda xromosomalarning ikkilamchi belbog'lari ishtirok etadi. Amerikalik olima Mak Klintok (1902-1992) xromosomalarning bu uchastkalarini yadrocha hosil qiluvchi markaz deb atagan. Hujayradagi yadrochalarning soni yadrocha hosil qiluvchi markaz bilan bog'liq.
YAdrocha tuzilishida ipsimon va to'rsimon qismlari farqlanadi. Ipsimon qismi- nukleolonema va to'rsimon diffuz qismi -amorf modda deb ataladi.
Yadrochani sinchiklab o'rganish mobaynida uning tarkibi zich granulalar va ingichka fibrill tolalardan iboratligi aniqlandi.
Fibrillyar komponenti markazda yig'ilib, granulalar ular atrofida joylashadi. Atrofdagi granulalar-nukleolonemani-markazdagi fibrillalar- amorf qismni tashkil etadi. Lekin ko'p hollarda tolasimon tuzilmaamorf moddasiga qo'shilib yadrocha butunlay bir xil tuzilmaga ega bo'ladi.
Yadrochaning ultrastrukturasi RNK sintezi bilan bog'liq holda o'zgarib turadi: rRNK ning yuqori darajadagi sintezi davrida yadrochada ko'p miqdorda granulalarni ko'rish mumkin, sintez to'xtaganda granulalar soni kamayib yadrochalar zich fibrillyar tanachalarga aylanadi.
Yadrocha profazada "yo'qolib" (erib) o'rta telofazadapaydo bo'ladi. Kechki profazada yadrocha hajmi kichrayib, granulalar soni kamayib, fibrillyar komponenti mayda bo'laklargaajralib xromosomalar atrofidagi zonani to'ldirib turadi va mitotik xromosomalarning matriksi asosini tashkil etadi. Bu fibrillyar- granulyar tuzilma hosil bo'lgan qiz hujayralarga o'tadi. Erta telofazada fibrillyar tuzilmalar asta-sekin to'plana boshlaydi. RNK sintezi tiklanishi bilan granulalar hosil bo'lib yadrocha tiklanadi.
Yadroning bu tuzilmasi o'z nomini asosiy bo'yoqlarda yaxshi bo'yalgani uchun olgan (Flemming,1880). Xromatin eukariot hujayralari genetik materiali saqlanadigan joylashgan bo'lib, DNKning giston oqsillari bilan birikmasidir.
Bu tuzilmaning hujayrada 2 xil funksional holati mavjud:

  1. Interfaza xromatini - iplari yoyilgan (dekondensasiyalashgan) faol holati. Unda DNK replikasiyasi va traskripsiya jarayonlari boradi.

  2. Mitotik xromosomalar - iplari zich (kondensasiyalashgan) tinch holati, unda hech qanday sintez jarayonlari bormaydi. Bularning vazifasi faqatgina o'zidagi genetik informasiyani yangi hosil bo'lgan hujayralarga taqsimlashdan iborat.






11.3.- rasm. A. Mitotik xromosoma. .B. Interfazaxromatini. l.Xromatidlar;
2.Sentromera; 3. Xromomera;4. Telomerlar
Yadroning asosiy komponentlari oqsil, nuklein kislotalar, lipidlar, fermentlar va mineral tuzlardir.
Yadro tarkibiga oddiy va murakkab oqsillar kiradi. Oddiy oqsillardan giston va globulinlar uchraydi. Murakkab oqsillar tarkibi aminoguruhdan tashqari qo'shimcha yana nuklein kislotalar, uglevod guruhi uchraydi (nukleoproteidlar, glikoproteidlar). Lipidlar tomchilar ko'rinishida yoki proteidlar bilan qo'shilib lipoproteidlar ko'rinishida uchraydi. Oqsillar miqdori o'zgarib turadi. Ular yadro quruq og'irligining 10-20% ni tashkil qiladi. Oqsil sintezining faol davri interfazadir.
Nuklein kislotatalarning ikki xili: DNK va RNK uchraydi.
Yadroning asosiy kimyoviy komponenti DNK bo'lib, u xromosomalar tarkibiga kiradi. DNK avloddan-avlodga genetik axborotni uzatadi; oqsil sintezini kodlaydi. Hujayra yadrosidan DNKni birinchi marta 1869 yilda F. Misher ajratib olgan. Bu modda tarkibidaazot va fosfor borligini aniqlagan va unga nuklein deb nom bergan. 1914 yilda Fyolgen DNKga rangli reaksiyani ko'rsatib bergan. O'n yildan so'ng Fyolgen o'z reaksiyasigaasoslanib, DNKning xromosomalarda joylashganligini ko'rsatgan.
DNK dan tashqari hujayra yadrosida uch xil: informasion, ribosomal va transport RNKlar bor. Yadroda har xil fermentlar ATF-aza, glikolitik fermentlar bor, lekin oksidlanish fermentlari uchramaydi.
Yadroda kalsiy, magniy, natriy, fosfor, temir, rux, mis, kobalt va boshqaelementlar ham topilgan.

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə