Ozbekiston respublikasi oliy va



Yüklə 3,97 Mb.
səhifə45/89
tarix05.10.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#125714
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   89
sitologiya majmua

Kariotip. Turning bir somatik hujayrasidagi xromosomalari soni, ularning katta-kichikligi, tuzilishi, har bir xromosomada sentromerani joylashishi hammasi birgalikda tur kariotipini hosil qiladi. O'zaro yaqin turlar ham kariotipi bo'yicha farq qiladi.
Kariotip har bir tur uchun doimiy bo'lib, shu turning asosiy belgilaridan biri hisoblanadi. Kariotipda autosomalar va jinsiyxromosomalar alohida ko'rsatiladi. Masalan, odamning somatik hujayralarida kariotip 46 (2n) xromosomalar to'plamida bo'lib, autosomalari 44, jinsiy xromosomalari ayolda-XX va erkakda- XU ko'rinishda bo'ladi.
Juda yaqin turlar ham xromosomalar to'plami bilan farq qiladi. Bu farq bir xromosoma soni yoki o'lchami, shakli ko'rinishida namoyon bo'lishi mumkin. SHuning uchun kariotip taksonomik( sistematikada ishlatiladigan) belgi hisoblanadi.
Xromosomalar taxlil amaliyotida yana bir usul qo'llaniladi. Bu xromosomalarning differensial bo'yalish usuli. Xromosomalar fluoroxrom bo'yog'i bilan bo'yalganda mikroskop ostida ularyuzasida yo'l-yo'lchiziqlar paydo bo'ladi. Bu chiziqlar har bir xromosoma uchun muauyan bo'lib takrorlanmasdir, xuddi odamning barmoq izlari singari. Tashqi tuzilishi jihatidan bir xil bo'lib ko'ringan xromosomalar differensial bo'yalgandan keyin bir-biridan butunlay farq qiladi. Bu usul odam xromosomalarini sinchiklab o'rganishga yordam berdi. Sitologik tahlilning bu usuli odam xromosomalari xaritalarini tuza boshlashga, ya'ni genlarning joylashgan joyini aniqlashga asos soldi. Odam xromosomalari ularning katta kichikligiga qarab 7 ta guruhga ajraladi. Tashqi tuzilishi jihatidan 1- 2chi juft xromosomalari yirik, 13chi juft xromosoma- akrosentrik, 19-20-lari- mayda ekanligini ko'rish mumkin. Lekin, differensial bo'yash usuli yordamida xatto bitta guruhga kiruvchi xromosomalar orasida hamfarqborligima'lumbo'ldi.

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə