Ozbekiston respublikasi oliy va


l.Xromosoma mutatsiyalarining xillari



Yüklə 3,97 Mb.
səhifə47/89
tarix05.10.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#125714
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   89
sitologiya majmua

l.Xromosoma mutatsiyalarining xillari. Genetika fanining keyingi rivojlanishi shuni ko'rsatdiki, X.De Frizning mutatsion nazariyasi umuman to'g'ri asoslangan bo'lsa ham, lekin uning ayrim tomonlari evolyusion nazariyaga qarama-qarshi edi. Uning fikricha har qanday yangi mutatsiya yangi tur hosil bo'lishining boshlanishi hisoblanadi. Bu bilan De Friz tabiatda yangi turlarning paydo bo'lishida evolyusiyaning bosh omili - tabiiy tanlanishning rolini inkor etadi. Qanday bo'lganda ham uning sakrash yo'li bilan bo'ladigan irsiy o'zgarishlar haqidagi fikrlari keyinchalik tajriba dalillari bilan o'z tasdig'ini topdi."Mutatsiya" tushunchasini belgilashning naqadar qiyinligini uning klassifikatsiyasi yaxshi ko'rsatib beradi. Bunday klassifikatsiyaning bir nechta prinsiplari mavjud.

      1. Genom o'zgarishining xarakteri bo 'yicha:

        1. Gen yoki nuqtaviy mutatsiyalar- genlarning o'zgarishi.

        2. Xromosoma mutatsiyalari yoki xromosomalar qayta tuzilishlari - xromosoma strukturasining o'zgarishi.

        3. Genom mutatsiyalari- xromosomalar sonining o'zgarishi.

        4. Sitoplazmatik mutatsiyalar- sitoplazmada joylashgan genlarda yuz beradigan o'zgarishlar.

      2. Geterozigotada namoyon bo 'lishi bo 'yicha:

        1. Dominant mutatsiyalar.

        2. Retsessiv mutatsiyalar.

V. Normadan chetga chiqish (yovvoyi tipga nisbatan):

          1. To'g'ri mutatsiyalar.

          2. Reversiyalar (teskari mutatsiyalar).

G. Mutatsiyalarni keltirib chiqaruvchi sabablarga bog'liq holda:

            1. Spontan (tabiiy) mutatsiyalar.

            2. Indutsirlangan mutatsiyalar.

Yuqorida qayd etilgan mutatsiyalar klassifikatsiyasining to'rtta (A,B,V,G) usuli etarli darajada qat'iy xarakterga ega bo'lib universal ahamiyatga ega. Bundan tashqari mutatsiyalar klassifikatsiyasiga xususiy yondoshishlar ham mavjud.

              1. Hujayrada joylashishi bo 'yicha:

                1. Yadroli.

                2. Sitoplazmatik (bunda yadroga aloqador bo'lmagan genlar mutatsiyasi

nazarda tutiladi).

              1. Irsiylanish imkoniyatiga nisbatan:

                1. Generativ - jinsiy hujayralarda yuz beradigan.

                2. Somatik - somatik hujayralarda yuz beradigan.

Nihoyat o'zgarayotgan belgiga bog'liq holda mutatsiyalarni klassi- fikatsiyalash kuzatiladi. Bunga letal, morfologik, biokimyoviy, organizm organlariga shikast etkazuvchi omillarga nisbatan chidamlilik mutatsiyalari
Genetik materialning yanada yirikroq o'zgarishlari xromosoma mutatsiyalari bilan bog'liq. Bunday mutatsiyalar xromosomalar qayta tuzilishlari yoki xromosoma aberratsiyalari deb ham ataladi. Xromosoma aberratsiyalari kariotip doirasida ya'ni xromosomalar soni o'zgarmagan holatda xromosomalar strukturalarini o'zgarishga olib keladilar. Bunday qayta tuzilishlarga bitta xromosoma yoxud gomologik bo'lmagan xromosomalarning qismlari jalb etilgan bo'ladi. Bu mezonga muvofiq xromosomalar ichidagi va xromosomalararo aberratsiyalar farqlantiriladi.
Xromosomalar ichida ketadigan mutatsiyalar- quyidagi mutatsiya tiplariga bo'linadi:

  • defishensi va deletsiya - xromosomalarda ma'lum qismining etish- masligi;

  • duplikatsiya - xromosomalar ma'lum qismining ikki martaga ortib yoki ko'payib qolishi;

  • inversiya - xromosomalarda ma'lum qismining uzilib, 1800 daraja aylanib, yana o'z o'rniga joylashishi;

  • insersiya - xromosomaning bir yoki bir necha genlarni o'z ichiga olgan kichik bir qismining o'zgarishi.

Quyida ana shu mutatsiya tiplarini ko'rib chiqamiz.

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə