Ozbekiston respublikasi oliy va



Yüklə 3,97 Mb.
səhifə49/89
tarix05.10.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#125714
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   89
sitologiya majmua

Duplikatsiya. Xromosomalarda turli omillar ta'sirida ayrim qism-lar ko'payib qolishi mumkin. Xromsomalar ichida ma'lum qismning aynan o'ziga o'xshash holda ko'payishi yoki ma'lum qismning takrorlanishi duplikatsiya deyiladi. Xromosomalarda genlar AVS tartibda joylashgan deb faraz qilsak, u holda birorta genning masalan V genining duplikatsiyasini, quyidagicha AVVS ko'rsatish mumkin. Xromosomalarda ma'lum lokuslarning ko'payishi ikki marta emas balki bir necha marta bo'lishi mumkin. Masalan, uch marta ko'paysa, AVVVS holati hosil bo'ladi.Ko'pchilik hollarda xromosomalarning ikki, uch va undan ko'proq genlar joylashgan qismlari AVS AVS yoki AVS, AVS, AVS va hokazo tarzda ko'payib qolishi mumkin. Duplikatsiyalar xromosomalar miqdorining genomdagi oshishi hisobiga ham vujudga kelishi mumkin. Buning natijasida xromosomalar miqdori qaysi xromosoma hisobiga oshgan bo'lsa, shu birikish guruhida joylashgan genlar duplikatsiyalangan hisoblanadi. SHuni ta'kidlash kerakki, barcha tipdagi mutatsiyalar fenotipik o'zga-rishlarga olib kelishi mumkin.
Inversiya. Ayrim xromosomalarda ma'lum qismlar ikki tomonidan uzilib, 1800 ga aylangan holda yana o'z o'rniga qaytadan o'rnashib qolishi mumkin. Bunday mutatsiyalarni inversiya deb ataladi. Inversiya natijasida xromosomalarda genotip o'zgarmasa ham lekin ularda genlarning joylashish tartibi o'zgaradi. Masalan, AVSD tartibda joylashgan bo'lsa, inversiya natijasida ularning joylanish tartibi ASVD holatiga kelishi mumkin.
Insersiyalar. Xromosomalar ichida ma'lum bir kichik qismining o'rin almashinishlari sodir bo'lishi mumkin. Bunday o'zgarishlarni insersiyalar deb atash qabul qilingan. Insersiya natijasida birorta gen bitta xromosoma ichida bir joydan boshqa joyga ko'chib o'tishi mumkin. Bunday holda shu genning xususiyati saqlanishi yoki o'zgarishi mumkin. Bu gen qanday genlar bilan birikish guruhida joylashishiga bog'liq bo'ladi. Insersiya tipidagi mutatsiyalar genlarning birikish guruhidagi joylashish tartibini o'zgartirish bilan birga gomologik xromosomalar o'rtasida ketadigan genlar rekombinatsiyasini pasaytirishi mumkin.

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə